Soxibnazarova Xonsuluv Abduvoxidovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Sut achituvchi bakteriyalarning bakteriotsinlari va ularni dermatologiyada qo‘llash imkoniyatlari», 03.00.04–Mikrobiologiya va virusologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/V431.
Ilmiy rahbar: Miralimova Shaxlo Mirdjamalovna, biologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mikrobiologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mikrobiologiya instituti, DSc.02/30.12.2019.V.38.01.
Rasmiy opponentlar: Mamatqulov Ibroxim Xamidovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abdul`myanova Liliya Ilyasovna, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti .
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bakteriotsin hosil qiluvchi sut achituvchi bakteriyalarni ajratish va ularning bakteriotsinlarining dermatologik infeksiya qo‘zg‘atuvchilariga qarshi tashqi qo‘llanadigan yangi antimikrob preparatlarni ishlab chiqishdagi samaradorligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘zbekistonda mahalliy sut achituvchi bakteriya shtammlarining teri infeksiyalarini qo‘zg‘atuvchilarga qarshi faolligi va bakteriotsin S. aureus mesillinga chidamli shtammlarini o‘sish zonasini to‘xtatishi aniqlangan;
pediotsinga o‘xshash bakteriotsinlarni tozalash sxemasi ishlab chiqilgan va gomogen peptidlar ajratib olingan va asoslangan;
mahalliy sut achituvchi bakteriyalari shtammlarining IIa guruhi bakteriotsinlarini (Pediotsinga o‘xshash bakteriotsinlar) ishlab chiqarish qobiliyati aniqlangan.
ilk bor antibiotiklarga chidamli stafilokoklarning antogonistik xususiyati sifatida maxalliy sut achituvchi bakteriyaining bakteriotsinlari dermatologiyada xayvon modelida atopik dermatitni davolashda qo‘llash imkoniyati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Bakteriotsin hosil qiluvchi sut achituvchi bakteriyalarni ajratish va ularning bakteriotsinlarini turli sohalarda qo‘llanilishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy dorivor o‘simliklardan ajratib olingan va probiotik xususiyatlari aniqlanib, Lactobacillus plantarum Mal va Lactobacillus plantarum K-2 shtammlaridan №S-NI-22 “O‘simlik va mikrob birikmalar asosida diabetga qarshi innovatsion biopreparat yaratish” amaliy loyihasida kalamush modelining qon tarkibida qand miqdorini pasaytirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2021 yil 4 martdagi 4/1255-651-son ma’lumotnomasi). Natijada, sut achituvchi bakteriyalari shtammlarining diabetga qarshi xususiyatlari aniqlangan va ular asosida diabetga qarshi gipoglikemik faol bo‘lgan probiotik preparat yaratish imkonini bergan;
mahalliy dorivor o‘simliklardan ajratib olingan sut achituvchi bakteriya shtammlari 16S pPHK nukleotidlar ketma-ketligi National Center for Biotechnology Information (NCBI) ma’lumotlar bazasida Lactobacillus plantarum Mal (MT758354.1), Lactobacillus plantarum P-1 (MT758355.1), Lactobacillus plantarum K-2 (MT758470.1), Lactobacillus plantarum TM-5 (MT758469.1) raqami bilan ro‘yxatga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2021 yil 4 mart 4/1255-650-son ma’lumotnomasi). Natijada, dunyo miqiyosida 16S pPHK genini nukleotidlar ketma-ketligidan filogenetik tahlil uchun foydalanish imkonini beradi.