Madasheva Anajan Gazxanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gemfiliya A va V bemorlarda mushak tizimi patologiyasining klinik-funksional xususiyatlari va uning korreksiyasi yullari», 14.00.29 – Gematologiya va transfuziologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tib517.
.4.PhIlmiy rahbar: Maxmudova Aziza Djumanovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc 04/30.12.2019.Tib 30.02.
Rasmiy opponentlar: Sulaymanova Dilora Nagalovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mamatov Saginali Murzaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Andijon Davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: A va V gemofiliyasi bilan og‘rigan bemorlarda mushak tizimi patologiyalari kechishini tashhislash,davolash va bashoratlash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gemofiliya “A” va “B” bilan og‘rigan bemorlarda kasallik turiga, og‘irligiga, yoshiga va elektromiografiya ma’lumotlariga asoslanib mushak tizimi holatning xususiyatlari va asoratlarini uchrashi aniqlangan;
qo‘l-oyoq mushaklarini shikastlanishi va ularni asoratlar yakuniga ta’sir darajasi bilan qon zardobining biokimyoviy ko‘rsatkichlari (kreatinfosfokinaza va aspartataminotransferaza) orasidagi bog‘liqlik baholangan;
gemofiliya “A” va “B” bilan og‘rigan bemorlarda kasallikning klinik manzarasi, shuningdek, elektromiografiya ma’lumotlarini dinamikada baholash kompleks davoga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi va erta muddatlarda kasallikni bashoratlashi asoslangan;
stimullovchi elektroneyrografiya kursi mushak to‘qimasini tiklanish jarayonini tezlashtirishi va qo‘l-oyoqlarda mushaklar atrofiyasi rivojlanish regressiyasiga sabab bo‘lishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Gemofiliya bemorlarda mushak to‘qimasi patologiyasini tashxislash va davolashda elektroneyromiografiyani ahamiyati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Gemofiliyali bemorlarda mushaklar atrofiyasini aniqlash usullari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Gemofiliyali bemorlarda mushaklar atrofiyasini aniqlash usullari» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 26 iyuldagi № 8n-r /245 -sonli ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma gemofiliya bilan og‘rigan bemorlarda miopatiyani tashxislash va davolash samaradorligini oshirishga, shuningdek davolashga bo‘ladigan moliyaviy xarajatlarni kamaytirish imkonini bergan;
gemofiliya bilan og‘rigan bemorlarda mushak to‘qimasi patologiyasini tashxislash va davolashda elektroneyromiografiya ahamiyatini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli markazining hamda Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 1-klinikasi klinik amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 28 apreldagi 08-11508-sonli xulosasi). Olingan tadqiqot natijalarini amalga oshirish bu hayot sifatini yaxshilashga va vaqtincha mehnatga yaroqsizlik muddatlarini qisqartirishga, shuningdek kasalxonada bo‘lish muddatini kamaytirish va yiliga A va V gemofiliya bemorlarning umumiy sonidan 37%gacha davlat byudjet vositalaridan iqtisodiy foyda bilan davolash tannarhini pasaytirish imkonini bergan.