Valiev Sayfiddin Tojiddinovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tut ipak qurti seleksiyasida zotlarning adaptatsion potensialidan foydalanish va tutning turli mavsumlarga mos yangi navlarini yaratish”, 06.02.04 – Ipakchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.DSc/Qx200.
Ilmiy maslahatchilar: Nasirillaev Baxtiyar Ubaydullaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Ipakchilik ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, PhD.05/30.12.2019.Qx.13.02. (Bir martalik IK)
Rasmiy opponentlar: Gulamov Azamat Eshankulovich, texnika fanlari doktori, professor; Ismatullaeva Dilarom Adilovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Ro‘ziboev Nuraddin Raximovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tut ipak qurtining sanoat duragaylarini tashkil etuvchi zot va tizimlari seleksion populyasiyasidan, noqulay stress sharoitlarga moslanuvchanlik hususiyatlarini namoyon etgan genotip (oila)larni tanlash asosida yangi tizimlar olish hamda tutning turli mavsumlarga mos serhosil seleksion nomerlarini tanlash va yangi navlarini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor tut ipak qurtining yirik va o‘rta pillali zotlari hamda ipak tolasining texnologik ko‘rsatkichlari juda yuqori bo‘lgan yangi tizimlari populyasiyasida genotiplarni stress sharoitlarga moslanuvchanlik potensialining quyi chegarasi 72,5% ekanligi aniqlangan;
ozuqa etishmovchiligi (-50%), harorat o‘zgarishi (+16-30 °S) va hayotiy jarayonlar uchun qurt boqish maydonini keskin qisqartirish (50%) stress faktorlariga mavjud zot va tizimlar genotipining javob reaksiyasi 80,0 foizdan 103,0 foizgacha o‘zgarishi isbotlangan;
pilla vazni, shakli va kalibri turlicha bo‘lgan zotlar populyasiyasida, jumladan ingichka ipak beradigan tizimlarda provakatsion seleksiya o‘tkazish (harorat, ozuqa va qurt boqish maydoni taqchilligi), ularning irsiy xususiyatlarini 30,0 foizgacha pasaytirishi mumkinligi aniqlangan; 
seleksion belgilarning turg‘unlik darajasi va stress omillarga adaptatsiya xususiyatlari yuqori bo‘lgan oilalarni analitik seleksiya usulida aniqlash hamda rayonlashtirilgan zotlar tarkibida maxsuslashtirilgan tizimlar olish usuli va bekkross chatishtirish sxemasi ishlab chiqilgan;
noqulay stress sharoitlarda ham mahsuldorlik va hayotchanlik potensialini saqlab qolgan zotlar populyasiyasida qurtlar hayotchanligi 86,6-89,7 %, pilla vazni 2,10-2,18 g ga teng yangi chidamli tizimlar olingan;
zot va tizimlarning noqulay sharoitlarga adaptatsiya bo‘lishi bilan birga ipak tolasining umumiy uzunligi 200-300 metrga, metrik raqami 150-200 m/g ga qisqarishi mumkinligi aniqlangan;
tutning №1-11 (Jarariq 14 navi) hamda №2-11 (Marhamat 2017 navi) seleksion nomerlarini morfo-biologik ko‘rsatkichlari bo‘yicha seleksiya jarayonini 3-5 yilgacha qisqartirish mumkinligi isbotlangan;
1 gektar tutzordan 195,2-200,8 s barg hosildorligiga ega tutning 2 ta serhosil «Jarariq 14» va «Marhamat 2017» yangi navlari yaratilgan;
Tut ipak qurtining noqulay stress sharoitlarga chidamli genotiplarini aniqlash va tanlash hamda yangi tut navlarini yaratishda mualliflik sinovini o‘tkazish uchun seleksiya jarayonlarini 3 yildan 5 yilgacha tezlashtirish va qisqartirishning asoslangan usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tut ipak qurti seleksiyasida zotlarning adaptatsion potensialidan foydalanish va tutning turli mavsumlarga mos yangi navlarini yaratish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
«Tut ipak qurtining noqulay stress sharoitlarga chidamli genotiplarini aniqlash va tanlash uslubiyoti» qo‘llanmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanaotini rivojlantirish qo‘mitasining 2021 yil 22 sentyabrdagi №1-1/1040-son ma’lumotnomasi). Natijada turli stress omillarda ham yuqori pilla hosili olish imkonini beruvchi Liniya 205, Liniya 206 (uzunchoq pilla shaklli), Liniya 207 va Liniya 208 (dumaloq pilla shaklli) tizimlarining 20 qutisidan (o‘rtacha 1 quti hisobidan) standart zotlarga nisbatan qo‘shimcha 3,3 kg sara naslli pilla va 5,1 quti elita urug‘ olinib, iqtisodiy samaradorlik 2672069 so‘mni, sof foyda 935224 so‘mni va qiyoslovchiga nisbatan rentabellik darajasi 53,8 foizni tashkil etgan;
yangi yaratilgan tut ipak qurtining Liniya 205, Liniya 206 (uzunchoq pilla shaklli), Liniya 207 va Liniya 208 (dumaloq pilla shaklli) tizimlari  Farg‘ona viloyati «Farg‘ona pilla naslchilik» MChJ sida 5 quti miqdorda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanaotini rivojlantirish qo‘mitasining 2021 yil 22 sentyabrdagi №1-1/1040-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiyotni joriy etish natijasida mazkur tizimlardan standart zotlarga nisbatan qo‘shimcha 2,9 kg sara naslli pilla va 4,5 quti elita urug‘ olinib, iqtisodiy samaradorlik 2378793 so‘mni, sof foyda 951517 so‘mni va qiyoslovchiga nisbatan rentabellik darajasi 66,7 foizni tashkil etgan;
«Yangi tut navlarini yaratishda mualliflik sinovini o‘tkazish uchun seleksiya jarayonlarini tezlashtirish va qisqartirish uslubiyoti» qo‘llanmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. (O‘zbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanaotini rivojlantirish qo‘mitasining 2021 yil 22 sentyabrdagi №1-1/1040 –son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu usul asosida turli mavsumlarga mos hamda yuqori barg hosili olish imkonini beruvchi, yangi yaratilgan tutning Jarariq 14 (№1-11) navi Samarqand viloyati «Shaxnoza, Komila, Azizjon» fermer xo‘jaligida 0,40 ga maydonda joriy etilgan. Iqtisodiy samaradorlik 1310000 so‘mni, sof foyda 1115000 so‘mni va rentabellik darajasi 52,3 foizni tashkil etgan;
yangi yaratilgan tutning Marhamat 2017 (№2-11) navi Andijon viloyati «Ipak» fermer xo‘jaligida 0,60 gektar maydonda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanaotini rivojlantirish qo‘mitasining 2021 yil 22 sentyabrdagi №1-1/1040 –son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur navning iqtisodiy samaradorligi 2006600 so‘mni, sof foyda 1706600 so‘mni va rentabellik darajasi 52,2 foizni tashkil etgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish