Narzullaev Shohrux Nurali o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sochiluvchan materiallarning namligini monitoring qiluvchi intellektual qurilma», 05.03.01 – Asboblar. O‘lchash va nazorat qilish usullari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1612
Ilmiy rahbar: Uljaev Erkin, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.02.
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Shuxrat Manapovich, texnika fanlari doktori, professor; Sattarov Xurshid Abdishukurovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sochiluvchan materiallarning namligini monitoring qiluvchi intellektual o‘lchash qurilmasi va uning algoritmlarini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sochiluvchan materiallarning namligini monitoring qilish va o‘lchash uchun sun’iy neyron tarmoqlar asosida intellektual qurilmaning matematik modeli ishlab chiqilgan;
murakkab polyarizatsion dielektrikning ekvivalent sxemasi asosida dielektrik yo‘qotish tangens burchagining ko‘p qatlamli dielektrik singdiruvchanlikka bog‘liqligini hisobga olgan holda sig‘imli o‘zgartkich uchun matematik munosabat qurilgan;
eng kichik kvadratlar usuli asosida sochiluvchan materiallar namligini monitoring qiluvchi intellektual qurilmaning o‘lchash xatoliklarini kamaytirishga olib keluvchi graduirovkalash va ishlash algoritmlari ishlab chiqilgan;
o‘lchash qurilmalarining ishlash prinsipi va o‘lchash metodologiyasi asosida sochiluvchan materiallarning namligini monitoring qiluvchi intellektual qurilmaning statik va dinamik xarakteristikalarini tadqiq etishni soddalashtirish imkoniyatini beruvchi sxema va usul ishlab chiqilgan;
sochiluvchan materiallarning namligini monitoring qilish uchun silindrsimon sig‘im o‘zgartkichlar asosida mavjud analoglaridan: o‘lchash aniqligi, o‘lchash vaqtining tezligi, mobilligi, energiya va resurs tejamkorligi bilan farq qiladigan intellektual o‘lchash qurilmasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sochiluvchan materiallarning namligini o‘lchash va monitoring qilish uchun intellektual qurilmani tadqiq qilish va ishlab chiqish natijalari asosida:
sochiluvchan materiallarning namligini monitoring qilish va o‘lchash uchun sun’iy neyron tarmoqlar asosida intellektual qurilma «G’alla-Alteg» AJda joriy etilgan («O‘zdonmahsulot» AKning 2022 yil 23 fevraldagi 11-2-3/33-230 - son ma’lumotnomasi). Natijada, yaratilgan qurilma qabul qilinayotgan va uzatilayotgan donni o‘lchashga tayyorlash, quritishdan oldin va keyin ularni tarozida tortish, maxsus xonalardan foydalanish va bilvosita o‘lchash natijalarini hisoblash ishlaridan ozod qilish imkonini bergan;
murakkab polyarizatsion dielektrikning ekvivalent sxemasi asosida dielektrik yo‘qotish tangens burchagining ko‘p qatlamli dielektrik singdiruvchanlikka bog‘liqligini hisobga olgan holda qurilgan sig‘imli o‘zgartkich uchun matematik munosabati «G’alla-Alteg» AJda joriy etilgan («O‘zdonmahsulot» AKning 2022 yil 23 fevraldagi 11-2-3/33-230 - son ma’lumotnomasi). Natijada, don namligini o‘lchash qurilmasining aniqligini oshirish (xatolik ±0,3-0,4%) imkonini bergan;
o‘lchash qurilmalarining ishlash prinsipi va o‘lchash metodologiyasi asosida sochiluvchan materiallarning namligini monitoring qilish uchun intellektual qurilmaning statik va dinamik xarakteristikalarini tadqiq etishni soddalashtirish imkoniyatini beruvchi sxema va usul «G’alla-Alteg» AJda joriy qilingan («O‘zdonmahsulot» AKning 2022 yil 23 fevraldagi 11-2-3/33-230 - son ma’lumotnomasi). Bu o‘lchash natijasini 10-20 sek. oraliqda olish imkonini bergan.