Begmatov Shoxrux Abduvaxob o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Method and devices of real-time processing of television signals based on adaptive interpolation» (Televidenie signallarini moslashuvchan interpolyasiya asosida real vaqtli qayta ishlash usuli va qurilmalari), 05.04.02 – Radiotexnika, radionavigatsiya, radiolokatsiya va televidenie tizimlari va qurilmalari. Mobil`, tola-optik aloqa tizimlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T2503. 
Ilmiy rahbar: Nosirov Xabibullo Xikmatullo o‘g‘li, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.02. 
Rasmiy opponentlar: Raximov Baxtiyor Nematovich, texnika fanlari doktori, professor; Isroilov Jamshid Dilshodovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: raqamli televizion tasvir signallarini moslashuvchan interpolyasiya usuli orqali real vaqtda qayta ishlash asosida ularni zichlashtirib uzatish, sun’iy intellekt yordamida tasvirdagi ob’ekt va insonlarni ajratib olish usullari va apparat-dasturiy ta’minotini hamda tasvirdagi insonlarni ajratib olish imkoniyatiga ega bo‘lgan qidiruv-qutqaruv kompleksini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
tiniqligi past bo‘lgan televizion tasvirlardagi insonlarni yo‘naltirilgan gradient gistogrammasi yordamida ajratib oluvchi usul ishlab chiqilgan;
televizion tasvirdagi yo‘qotishlarni kamaytirishga yordam beruvchi moslashuvchan interpolyasiya qiluvchi va qayta o‘qitiluvchi o‘n ikkiga etti o‘lchamdagi sun’iy neyron tarmog‘idan tashkil topgan nochiziqli qayta ishlash modeli ishlab chiqilgan;
real vaqtda televizion tasvirlarni o‘lchamlari bo‘yicha zichlashtirish orqali ularni uzatish polosasini toraytiruvchi mobil qurilma ishlab chiqilgan;
favqulodda vaziyatlarning qidiruv maqsadlarida qo‘llaniluvchi televizion tasvirlardagi insonlarni aniqlashning takomillashtirilgan usuli asosida qayta ishlovchi apparat-dasturiy kompleksi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Televizion tasvir o‘lchamlarini o‘zgartirish, tasvirni qayta tiklash va ulardagi insonlarni ajratib olish usullari hamda dasturiy vositalarini yaratish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
televizion tasvir o‘lchamlarini o‘zgartirish va uni qayta tiklash uchun sun’iy intellektga asoslangan moslashuvchan interpolyasiya usuli va dasturiy vositasi «UNICON.UZ» DUK ning axborot xizmatlari jarayonlariga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2021 yil 21 oktyabrdagi 33-8/7406-son ma’lumotnomasi). Natijada sun’iy intellektga asoslangan moslashuvchan interpolyasiya usulida tasvir sifati 5% ga yaxshilangan; 
sun’iy neyron tarmoq modeli asosida ishlab chiqilgan interpolyasiya usuli va dasturiy vositasi O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining axborot xizmatlari jarayonlariga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2021 yil 21 oktyabrdagi 33-8/7406-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan sun’iy neyron tarmoq (SNT) ga asoslangan moslashuvchan interpolyasiya usulida tasvirdagi xatolik darajasi 2,8% ga kamaytirilgan; 
tasvirlardan insonni aniqlash uchun ishlab chiqilgan usullar va dasturiy vositalar O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi institutining ishlab chiqarish, ta’lim va axborot xizmatlari jarayonlariga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2021 yil 21 oktyabrdagi 33-8/7406-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqarilgan sun’iy intellektga asoslangan odamni aniqlash usuli yordamida favqulodda vaziyatlarda odamni aniqlash masofasi 1,5 baravarga oshirilgan va odamni aniqlash ehtimoli 4 baravarga yaxshilangan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish