Berdiev Alisher Aliqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Er qatlamlari holatini optik-tolali o‘lchov tizimlari asosida monitoring qilish usullarini ishlab chiqish», 05.04.02 – Radiotexnika, radionavigatsiya, radiolokatsiya va televidenie tizimlari va qurilmalari. Mobil`, tola-optik aloqa tizimlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T2433.
Ilmiy rahbar: Raximov Baxtiyor Nematovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.02.
Rasmiy opponentlar: Davronbekov Dilmurod Abdujalilovich, texnika fanlari doktori, professor; Tulyaganov Baxodirjon Ismailovich, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi, yetakchi ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: optik-tolali o‘lchov tizimlari asosida tog‘ jinslarining ko‘chki jarayonlarini monitoring qilish usullari, algoritmlari va apparat-dasturiy vositalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tog‘ jinslaridagi ko‘chki xavfini monitoring qilish tizimida optik-tolali o‘lchov tizimlarini qo‘llash hamda ularning turli parametrlarini nazorat qilishni avtomatlashtirish hisobiga ko‘chki holatlarini monitoring qilish usuli takomillashtirilgan;
havfli ekzogen geologik sharoitlarning o‘zgarishida ko‘chki faolligi hududini aniqlash va ularning rivojlanishini bashoratlash tizimining samaradorligini oshiruvchi hamda tizim parametrlarini masofadan o‘zgartirish imkoniyatini beruvchi qurilma algoritmi ishlab chiqilgan;
favqulodda vaziyatlarda ogohlantirish va harakat qilish davlat tizimining funksionalligi oshiradigan optik tolali o‘lchov tizimlar yorug‘lik intensivligini modulyasiyalovchi spektrometrik datchiklarning deformatsion xususiyatlari asosida tog‘ jinslari holatini monitoring qiluvchi tizimdagi radiotexnik elementlar va modullarning o‘zaro bog‘lanishi va integratsiyasini tashkil etish tamoyili ishlab chiqilgan;
geologik sharoitlarning o‘zgarishida ko‘chki faolligini hududini aniqlash xatoligini optik-tolali o‘lchov tizimlari va tuproq namligi datchiklari asosida kamaytirgan holda tizim samaradorligini oshiruvchi tog‘ jinslari holatini monitoring qilish qurilmasining apparat-dasturiy ta’minoti ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Optik-tolali o‘lchov tizimlari asosida tog‘ jinslari holatini monitoring qilish tizimini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
optik-tolali o‘lchov datchiklari asosida tog‘ jinslari ko‘chki jarayonlarini monitoring qilish axborot-o‘lchov tizimining radiotexnik elementlari va modullarining o‘zaro bog‘lanishi, ta’siri va integratsiyasini tashkil etish bo‘yicha ishlab chiqilgan usullari va algoritmlari O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining «15361-harbiy qism» Maxsus avariya-tiklash boshqarmasida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2021 yil 17 noyabrdagi 33-8/8220-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ko‘chki faolligini aniqlash vaqtini 5-7 martaga qisqartirish va tizim samaradorligini 10-20 % ga oshirish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan dasturiy-apparat vositasi va ko‘p kanalli axborot-o‘lchov tizimining sinxron ma’lumotlarini qayta ishlovchi monitoring majmuasi O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi institutida joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2021 yil 17 noyabrdagi 33-8/8220-sonli ma’lumotnomasi). Dasturiy-apparat vositasini joriy etish orqali favqulodda vaziyatlarda ogohlantirish va harakat qilish davlat tizimining funksionalligi kengaytirilgan, kuzatilayotgan parametrlar nazoratini avtomatlashtirish ta’minlangan;
Tog‘ jinslari holatini optik-tolali o‘lchov tizimlari asosida monitoring qilish qurilmasi «UNICON.UZ» DUK.da joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2021 yil 17 noyabrdagi 33-8/8220-sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini aholi punktlarining borish qiyin bo‘lgan va tog‘li hududlarida O‘z DSt 3523:2021 davlat standartiga muvofiq magistral optik-tolali kabellarni yotqizishda, montaj qilish va optik-tolali aloqa liniyalarini qurishda, er qatlamlarida ko‘chkilar sodir bo‘lish ehtimolini monitoring qilishda va asosiy parametrlarni aniqlashda qo‘llash mumkin. Natijada tizim samaradoligini 1,1-1,2 martaga oshirilgan va ob’ektni n ta kuzatuv nuqtasiga ega 2 km.gacha bo‘lgan perimetrda monitoring qilish mumkin bo‘lgan.