Sattarov Erkinbayning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirish tizimining ijtimoiy-psixologik takomillashuvi”, 19.00.05 - Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya, 19.00.03 -  Inson kasbiy faoliyati psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/R36 (B2020.3.DSc/R36).
Ilmiy maslahatchi: Ismagilova Fayruza Salixdjanovna, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Umarali Do‘stqobilovich, psixologiya fanlari doktori, dotsent; Haitov Oybek Eshboevich, psixologiya fanlari doktori, dotsent; Toshev Boboqul Norqobilovich, yuridik  fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi prokuratura sohasi rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirish tizimining metodologik-uslubiy hamda tashkiliy-psixologik va ijtimoiy-psixologik jihatdan takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan  iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
prokuratura organi rahbari faoliyati muvaffaqiyatli bo‘lishini ta’minlashda “professional”, “liderlik” kompetensiyalari va “shaxs sifatlari” bilan birgalikda ekstremal vaziyatda operativ qaror qabul qilish va mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga tayyorlikni o‘z ichiga oluvchi “ekstremal” kompetensiya yetakchi kompetensiyalardan biri ekanligi asoslantirilib, unga ko‘ra prokuratura kadrlar zaxirasiga nomzodning ushbu kompetensiyalarini rivojlantiruvchi modeli takomillashtirilgan;
prokuratura tizimi bo‘lg‘usi rahbarlarida shaxslararo munosabatlarni to‘g‘ri tashkil etish kompetensiyalarini shakllantirish kadrlar zaxirasiga kasbiy tanlov, nomzodlarni kasbiy psixologik tayyorlash bilan birga ularga psixologik hamrohlik qilishni kompleks tashkil etish orqali ijtimoiy-psixologik jihatdan takomillashtirilgan; 
prokuratura tizimi kadrlar zaxirasi ishtirokchilarining kasbiy rivojlanishini inson rivojlanishining yashirin imkoniyatlarini izlashdan, uning shaxsiy imkoniyatlariga tayangan holda tashqi olam bilan aloqalarini qayta tiklash uchun psixologik sharoitlar yaratishdan iborat bo‘lgan “psixologik hamrohlik qilib borish” bo‘lg‘usi rahbarlarning ijtimoiy-psixologik kompetentligini shakllantirishda yetakchi omillardan ekanligi va psixologik hamrohlik qilib borishda mentoring (ustozlik) yetakchi bo‘g‘in ekanligi asoslantirilgan; 
kadrlar zaxirasini professional o‘qitish va ularga psixologik hamrohlik qilish bosqichlarida interaktiv metodlarni manzilli qo‘llashga ko‘ra bo‘lg‘usi rahbarlarni ijtimoiy-psixologik rivojlantirish samaradorligiga erishish asoslantirilgan hamda kadrlar zaxirasini ijtimoiy-psixologik kompetentligini rivojlantirishda pedagoglarda shakllangan milliy ta’limiy imkoniyatlar bilan jahon ilg‘or ta’lim texnologiyalarini integratsiya qilinishi kadrlar zaxirasi uchun kasbiy-psixologik ta’limni tashkil qilishda samarali ekanligi asoslantirilgan;
davlat xizmatining iqtidorli xodimlarini ijtimoiy-psixologik jihatdan rivojlantirish jarayonida boshqaruv va kadrlar bilan ishlash bo‘yicha chet el amaliyotini qo‘llashning muvaffaqiyatliligini benchmarking ishonchli baholaydigan texnologiya deb, hamda ushbu amaliyotlarni mamlakat ichi xususiyatlariga moslashtirib tatbiq etish imkonini beradigan texnologiya deb, mualliflik ta’rifi berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirish tizimining ijtimoiy psixologik takomillashuvi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
benchmarking davlat xizmati iqtidorli xodimlarini rivojlantirishda   boshqaruv va kadrlar bo‘yicha chet el amaliyotini qo‘llash muvaffaqiyatli bo‘lishi ehtimolini ishonchli baholash imkonini beruvchi texnologiya deb, hamda bu amaliyotlarni mamlakat ichi kontekstiga moslashtirib tatbiq etish imkonini beradigan texnologiya deb berilgan mualliflik ilmiy izohlanishiga oid ma’lumotlar psixologlarni qayta tayyorlash kursi o‘quv rejasining Biznes psixologiyasi bo‘yicha tanlov fanlar moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 maydagi PM-19a-son ma’lumotnomasi). Mazkur natijalarning o‘quv jarayoniga joriy qilinishi tinglovchilarning boshqaruv psixologiyasi sohasidagi yangi yondashuvlardan xabardor bo‘lishiga xizmat qilgan;
benchmarking texnologiyasiga asoslangan holda takomillashtirilgan prokuratura kadrlar zaxirasiga nomzodning kompetensiyalari Modeli  prokuratura rahbar kadrlar zaxirasiga tanlov amaliyotiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021 yil 12 iyundagi 6/5-43207/21-son dalolatnomasi). Bu modelning joriy etilishi kadrlar zaxirasi bilan ishlash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi; 
kadrlar zaxirasini shakllantirishning ijtimoiy psixologik jihatdan takomillashtirilgan yangi tizimi prokuratura kadrlar bilan ishlash sohasiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021 yil 12 iyundagi 6/5-43207/21-son dalolatnomasi). Bu tizimning joriy etilishi prokuraturada kadrlar zaxirasi bilan ishlash xizmatida rahbarlik zaxirasiga olishda nomzodlarning ijtimoiy psixologik xususiyatlarini hisobga olish va ularni rivojlantirishga erishilishiga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi kadrlar zaxirasi ishtirokchilarining professional rivojlanishi jarayoniga odam rivojlanishining yashirin imkoniyatlarini izlashda, uning shaxsiy imkoniyatlariga tayangan holda tashqi olam bilan aloqalarini  qayta tiklash uchun psixologik sharoitlar yaratishda ifodalanuvchi psixologik hamrohlik qilib borishda ustozlik asosiy o‘ringa chiqishiga oid ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi kadrlar boshqarmasi ishi jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021 yil 12 iyundagi 6/5-43207/21-son dalolatnomasi). Mazkur tizimning joriy etilishi prokuratura tizimida kadrlar zaxirasi bilan ishlashda ustozlik an’analarini zamonaviy ko‘rinishda kadrlar bilan ishlash faoliyatiga tatbiq etish imkonini bergan;
kadrlar zaxirasini professional o‘qitish va psixologik hamrohlik  bosqichlarida interaktiv metodlarni manzilli qo‘llash orqali bo‘lg‘usi rahbarlarni ijtimoiy-psixologik rivojlantirish imkoniyatlari belgilanganligi va ta’lim metodlarini  qo‘llashda milliy imkoniyatlar bilan jahon ilg‘or ta’lim texnologiyalarini integratsiya qilish kadrlar zaxirasini shakllantirishda samarali ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura Akademiyasida kadrlar zaxirasini o‘qitishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021 yil 12 iyundagi 6/5-43207/21-son dalolatnomasi). Natijada kadrlar zaxirasiga nomzodlarni tayyorlash ta’limi tizimiga ilg‘or zamonaviy ta’lim metodlarini kiritish orqali nomzodlarda ijtimoiy psixologik kompetentlikni rivojlantirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish