Djulibekov Nurmat Karshibekovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kon-metallurgiya sanoati korxonalarini soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish», 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit» (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Iqt1302.
Ilmiy rahbar: Ashurova Nasiba Batirovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.20/13.05.2020.I.23.01.
Rasmiy opponentlar: Xaydarov Nizomiddin Xamraevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mirzaev Fayzulla Ibadullaevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kon-metallurgiya sanoati korxonalarini soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kon-metallurgiya sanoati korxonalari uchun er qa’ridan foydalangan-lik uchun soliq stavkasini oltin, palladiy, kumush va mis bo‘yicha 15 foiz miqdorida pasaytirishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
kon-metallurgiya sanoati korxonalarida foyda solig‘ini hisoblashda amaldagi tabaqalashgan stavkasining yuqori darajasini xalqaro amaliyotga mos ravishda bosqichma-bosqich pasaytirish va 2023 yildan yagona soliq stavkasini joriy qilish zarurligi asoslab berilgan;
asosiy fondlarni xarid qilishga sarflangan summaning foydadan hisoblangan soliq summasidan chegirib qolinadigan qismini 5 foizdan 10 foizgacha oshirish, energiya tejamkor hisoblangan yuridik shaxslarning asosiy vositalarini foydlanishga topshirilgandan so‘ng 3 yil mobaynida mol-mulk solig‘idan ozod qilish hamda ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari uchun amortizatsiya qilinadigan aktivlarni olishga oid xarajatlar miqdorini to‘lanishi lozim bo‘lgan foyda solig‘i summasidan kamaytirish bo‘yicha o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish zarurligi asoslangan;
kon-metallurgiya sanoati korxonalarida er qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning amaldagi stavkasini 2025 yilgacha olti foizgacha pasaytirish taklifi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kon-metallurgiya sanoati korxonalarini soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kon-metallurgiya sanoati korxonalari uchun er qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkasini oltin, palladiy, kumush va mis bo‘yicha 15 foiz miqdorida pasaytirish bo‘yicha ishlab chiqqan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 dekabrdagi
PQ-4938-son «O‘zbekiston Respublikasining «2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida»gi qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Davlat soliq qo‘mitasining 2021 yil 12 noyabrdagi 19/3-69231-son ma’lumotnomasi). Natijada 2021 yilda «Navoiy KMK» DK bo‘yicha 2 545,2 mlrd.so‘m va «Olmaliq KMK» AJ bo‘yicha 441,4 mlrd.so‘m miqdoridagi mablag‘lar kombinatlar ixtiyorida qoldirilishiga xizmat qilgan;
kon-metallurgiya sanoati korxonalari foydasini soliqqa tortish bo‘yicha foyda solig‘i tabaqalashgan stavkasining yuqori darajasini pasaytirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining «2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to‘g‘risida»gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4555-son qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2021 yil 12 noyabrdagi 19/3-69231-son dalolatnomasi). Natijada 2020 yilda «Navoiy KMK» DK bo‘yicha 2 472,5 milliard so‘m va «Olmaliq KMK» AJ bo‘yicha 1 011,4 milliard so‘m mablag‘lar kombinatlar ixtiyorida qoldirilishiga erishilgan;
er qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkasini xalqaro amaliyotga moslashtirish maqsadida uni bosqichma-bosqich pasaytirish taklifi 2022 yil 1 yanvardan boshlab er qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkalarini kamaytirish takliflari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6 oktyabrdagi PF-6319-son «Geologiya-qidiruv ishlarini yanada rag‘batlantirish va er qa’ridan foydalanuvchilarga soliq solish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonini ishlab chiqishda foydalanilgan (Davlat soliq qo‘mitasining 2021 yil 12 noyabrdagi 19/3-69231-son dalolatnomasi). Natijada kon-metallurgiya sanoati korxonalarida byudjetni rejalashtirish va prognozlashtirish metodologiyasini ishlab chiqish jarayonida prognozlarni real iqtisodiy holatga moslashtirishga xizmat qilgan;
kon-metallurgiya sanoati korxonalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 308-moddasiga asosiy fondlarni xarid qilishga sarflangan summaning foydadan hisoblangan soliq summasidan chegirib qolinadigan qismini 5 foizdan 10 foizgacha oshirish, 312-moddasiga energiya tejamkor hisoblangan yuridik shaxslarning asosiy vositalarini foydlanishga topshirilgandan so‘ng 3 yil mobaynida mol-mulk solig‘idan ozod qilish hamda 414-moddasiga ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari uchun amortizatsiya qilinadigan aktivlarni olishga oid xarajatlar miqdorini to‘lanishi lozim bo‘lgan foyda solig‘i summasidan kamaytirish bo‘yicha o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi takliflari Soliq kodeksi 308, 312 va 414-moddalarining tegishli bandlarini o‘zgartish bo‘yicha qaror loyihasiga kiritilgan (Davlat soliq qo‘mitasining 2021 yil 12 noyabrdagi 19/3-69231-son dalolatnomasi). Ushbu o‘zgarishlar davlat byudjetiga tushumlarni prognozlashtirish hamda soliq solish parametrlarini belgilashda muhim manba sifatida foydalanilib, natijada 2022 yildan kon-metallurgiya sanoati korxonalarida ishlab chiqarishni kengaytirish, ishlab chiqarish jarayoniga ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari natijalarini joriy qilish imkoniyatlarini yaratgan.