Baxadirxanov Muxammedshokir Muxammedkabirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kattalardagi o‘tkir virusli ensefalitlar klinik-labarator tashxisi va davolash usullarini kulaylashtirilishi», 14.00.40 - Shoshilinch tibbiyot (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Tib 1059.
Ilmiy rahbar: Sharipova Visolatxon Xamzaevna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi.
IK faoliyat ko‘satayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, DSc.04/30.12. 2019.Tib.63.01.
Rasmiy opponentlar: Sobirov Djuraboy Ma’rifboevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Tulabaeva Gavxar Mirakbarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Etiologik omilga bog‘liq xolda virusli ensefalitlarning o‘tkir davrida bemorlarni tashxislash va davolash natijalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqot ilmiy yangiligi:
bosh miya yallig‘lanishlarda shoshilinch statsionarda xavf guruhlari immun tanqisligi va opportonunistik virusli infeksiyalar kabi qo‘shimcha omillarni aniqlashning dastlabki taktikasini o‘tkir virusli ensefalitlarning og‘ir turlarida yosh va xushi darajasi mezonlari bo‘yicha amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
kasallikning asoratli kechishida o‘tkir virusli ensefalitlarning ikkilamchi bosh miya shishish havfi yuqoriligi sababli salbiy oqibatlar ehtimolini laboratoriya uslubiyoti yordamida erta aniqlash intensiv davolash taktikasini tanlashga ta’sir etishi asoslangan;
o‘tkir virusli ensefalitlarning immun tanqisligi bilan bog‘liq shakllarida bemorning qon tomirlarining endoteliy qatlami zaralanishi sababli gematoensefalik to‘siqni buzulishi va bosh miya oksigenatsiyasi darajasining o‘zgarishiga tanlangan erta antiretrovirus davolash taktikasining ta’siri aniqlangan;
o‘tkir virusli ensefalit immun tanqisligi sindromi bilan assotsiirlanganda qondagi D-dimeri miqdori 5,9 foizdan ortiq, orqa miya suyuqligidagi oqsil miqdori 1,6 g/l va laktat miqdori 5,2 foizdan oshganida retrovirusga qarshi terapiyani qo‘llanishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kattalarda o‘tkir virusli ensefalitlarni klinik-laborator tashxislash va davolash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
kattalarda o‘tkir virusli ensefalitlarni klinik-laborator tashxislash va davolash usullarini samaradorligini oshirish bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Kattalarda mingoensefalitlarni o‘tkir davrida tashxislash va etiopatogenetik davolash usullarni takomillashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 6 oktyabrdagi 8n-d/322-son ma’lumotnomasi). Katta yoshli bemorlarda o‘tkir virusli ensefalitlarnining turini erta aniqlash va samarali davolash taktikasini ko‘llash natijasida erta o‘lim ko‘rsatgichini 33,9% dan 16,7% gacha tushurishni imkonini berdi;
kattalarda o‘tkir virusli ensefalitlarni klinik-laborator tashxislash va davolashni takomillashtirishga qaratilgan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro va Jizzax viloyatlari filiallarining klinik amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 14 dekabrdagi 08/09/19740-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi kattalarda o‘tkir virusli ensefalitlarni klinik-laborator tashxislashni takomillashtirish va davolashga antiretrovirus terapiyasini erta ko‘shish natijasida asoratlarning rivojlanishi omillarni (miyacha simptomatikasi va retinopatiyani) 93,8% dan 60% gacha kamaytirish va bemorlarning xayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.