Muqimov Sherali Axmadali o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashda ichki investision potensialdan foydalanish mexanizmlarini takomillashtirish”, 23.00.05 – “Milliy xavfsizlikning tizimli tahlili va istiqbolini belgilash muammolari” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Iqt1959.  
Ilmiy maslahatchi: Yusupov Umid Sobirjanovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabi.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: O‘zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabi, PhD.30.11.2021.Ss/I.89.02. 
Rasmiy opponentlar: Zoxidov Azamatjon A’zamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Yuldashev Mutolib Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent moliya instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash nuqtai nazaridan ichki investision potensialdan foydalanish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
iqtisodiy xavfsizlik holatining barqarorligini ta’minlash uchun asosiy kapitalga kiritilgan investisiyalar tarkibida ichki investisiyalarning ulushini 65% va undan ortiq miqdorda saqlab turish taklif etilgan;
ichki investision potensialdan foydalanish darajasining iqtisodiy xavfsizlikka ta’sirini baholash bo‘yicha chegaraviy qiymatlarni aniqlash asosida 2026 yilga qadar ichki investisiyalarni jalb qilishning optimal qiymatlari taklif etilgan; 
milliy iqtisodiyotning monetarizatsiya darajasini oshirish uchun iqtisodiyotga ajratilgan bank kreditlari o‘sish sur’atlarining yalpi ichki mahsulot nominal hajmi o‘sishi sur’atlari bilan muvofiqligini ta’minlash taklif etilgan; 
tadbirkorlik sub’ektlarining investisiya resurslariga bo‘lgan talabini qisqa va o‘rta muddatda qondirishda Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan bank kreditlari bo‘yicha foiz to‘lovlarini qisman qoplab berish hamda kredit uchun kafillik taqdim etish muhim o‘rin tutishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashda ichki investision potensialdan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
iqtisodiy xavfsizlik holatining barqarorligini ta’minlash uchun asosiy kapitalga kiritilgan investisiyalar tarkibida ichki investisiyalarning ulushini 65% va undan ortiq miqdorda saqlab turish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabi tomonidan axborot-tahliliy ma’lumotnoma tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabining 2021 yil 8 oktyabrdagi 29/6917-son ma’lumotnomasi). Natijalar milliy iqtisodiyotning investision xavfsizligi bo‘yicha miqdoriy ko‘rsatkichlarni belgilash, mahalliy investorlarni rag‘batlantirish bo‘yicha tashkiliy-iqtisodiy chora-tadbirlarni ishlab chiqishga muayyan darajada xizmat qilgan;  
ichki investision potensialdan foydalanish darajasining iqtisodiy xavfsizlikka ta’sirini baholash bo‘yicha chegaraviy qiymatlar asosida ishlab chiqilgan 2026 yilga qadar ichki investisiyalarni jalb qilishning optimal qiymatlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi «2022-2026 yillarga mo‘ljallagan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida» gi PF-60-sonli Farmonini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabining 2021 yil 8 oktyabrdagi 29/6917-son ma’lumotnomasi). Natijada ichki investisiyalarni jalb qilish hajmining eng kam miqdori (50 mlrd AQSh doll.) belgilab olingan; 
milliy iqtisodiyotning monetarizatsiya darajasini kredit qo‘yilmalari orqali oshirish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 fevraldagi PF-6155-sonli farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturining 38-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabining 2021 yil 8 oktyabrdagi 29/6917-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekistonda tadbirkorlik sub’ektlarining investision faolligi ortib, monetizatsiya darajasining 18 dan 20% ga etishiga zamin yaratilgan; 
tadbirkorlik sub’ektlarining investision resurslariga bo‘lgan talabini qisqa va o‘rta muddatda qondirishda Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan bank kreditlari bo‘yicha foiz to‘lovlarini qisman qoplab berish hamda kredit uchun kafillik taqdim etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 21 apreldagi “Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining 2021 yil 18 oktyabrdagi 11/2-3144-son ma’lumotnomasi). Foiz va kafillik mexanizmlarining joriy qilinishi ichki investision resurslarning harakatga kelishiga, aholi va tadbirkorlarning iqtisodiy faolligi ortishiga o‘z hissasini qo‘shmoqda.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish