Maxmudova Mohinur Ravshanbekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Turizm sohasini davlat tomonidan tartibga solish tizimini takomillashtirish», 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Iqt1631.
Ilmiy rahbar: Nasimov Dilmurod Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Norchaev Asatullo Norbo‘taevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Turdibekov Xasan Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi turizm sohasini davlat tomonidan tartibga solish tizimini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
eng yuqori turizm salohiyatga ega bo‘lgan fuqarolar yig‘inlari hududlarida 20 tadan kam bo‘lmagan oilaviy mehmon uylari yaratilgan va sayyohlar uchun kamida besh xil xizmat turi ko‘rsatilgan taqdirda ularga «Turizm mahallasi», «Turizm qishlog‘i» yoki «Turizm ovuli» maqomini berish taklif etilgan;
ichki turizmni tartibga solishda turoperatorlar, turagentlar va turizm sohasida mehmon uyi xizmatlari ko‘rsatuvchi sub’ektlar xarajatlarining 30 foizi miqdorida «Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi» hisobidan subsidiyalash taklif etilgan;
turizm sohasini tartibga solish va ichki turizmni kengaytirishda otaonalar, qarindoshlar, qariyalar va ustozlar bilan birgalikda sayohat qilishni nazarda tutuvchi «oilaviy sayohat ta’tili» tizimini joriy etishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
«Turizm mahallasi», turizmni jamg‘arma tomonidan subsidiyalash va «oilaviy sayohat ta’tili» tizimi acocida turizmni davlat tomonidan tartibga solishning 2030 yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rcatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda turizm sohasini davlat tomonidan tartibga solish tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
eng yuqori turizm salohiyatga ega bo‘lgan fuqarolar yig‘inlari hududlarida 20 tadan kam bo‘lmagan oilaviy mehmon uylari yaratilgan va sayyohlar uchun kamida besh xil xizmat turi ko‘rsatilgan taqdirda ularga «Turizm mahallasi», «Turizm qishlog‘i» yoki «Turizm ovuli» maqomini berish taklifi O‘zbekicton Recpublikaci Prezidentining 2019 yil 13 avgustdagi PF-5781-con «O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonida akc etgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 22 noyabrdagi 03-17-02/10784-son ma’lumotnomasi). Natijada respublikada 17 ta «Turizm mahallasi», 23 ta «Turizm qishlog‘i» yoki 19 ta «Turizm ovuli» tashkil etilgan;
ichki turizmni tartibga solishda turoperatorlar, turagentlar va turizm sohasida mehmon uyi xizmatlari ko‘rsatuvchi sub’ektlar xarajatlarining 30 foizi miqdorida «Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi» hisobidan subsidiyalash taklifi O‘zbekicton Recpublikaci Prezidentining 2021 yil 9 fevraldagi PF-6165-con «O‘zbekicton Recpublikacida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish choratadbirlari to‘g‘ricida»gi farmonida akc etgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 22 noyabrdagi 03-17-02/10784-son ma’lumotnomasi). Natijada turoperatorlar, turagentlar va turizm sohasida mehmon uyi xizmatlari ko‘rsatuvchi sub’ektlarga «Turizm sohasini qo‘llabquvvatlash jamg‘armasi» hisobidan 5,7 mlrd. so‘m subsidiya ajratilgan;
turizm sohasini tartibga solish va ichki turizmni kengaytirishda otaonalar, qarindoshlar, qariyalar va ustozlar bilan birgalikda sayohat qilishni nazarda tutuvchi «oilaviy sayohat ta’tili» tizimini joriy etish taklifi O‘zbekicton Recpublikaci Prezidentining 2021 yil 9 fevraldagi PF-6165-con «O‘zbekicton Recpublikacida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘ricida»gi farmonida akc etgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 22 noyabrdagi 03-17-02/10784-son ma’lumotnomasi). Natijada 2021 yil 1 noyabr` holatiga 894,6 mingdan ortiq «oilaviy sayohat ta’tili» amalga oshirilgan;
«Turizm mahallasi», turizmni jamg‘arma tomonidan subsidiyalash va «oilaviy sayohat ta’tili» tizimi acocida turizmni davlat tomonidan tartibga solishning 2030 yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rcatkichlari ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 22 noyabrdagi 03-17-02/10784-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavciya qilinayotgan taklifdan turizm sohasini tartibga solishning 2026 yilgacha bo‘lgan dacturini tuzishda va uni amalga oshirish ishlarida foydalanilgan.