Buranova Lola Vaxobovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Hududlarning moliyaviy salohiyatini baholash orqali mahalliy byudjet daromadlarini mustahkamlash masalalari (Surxondaryo viloyati misolida)”, 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Iqt1299.
Ilmiy rahbar: Xudoyqulov Sadirdin Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Dsc.03/10.12.2019.1.16.01.
Rasmiy opponentlar: Sattorov Odil Berdimuradovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Ismoilova Sanobarxon Yakubovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hududlarning moliyaviy salohiyatini baholash orqali mahalliy byudjet daromadlarini mustahkamlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy byudjetga qo‘shimcha zaxira mablag‘larini jalb qilishda yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan er solig‘i to‘lashdan ozod etilgan soliq to‘lovchilardan ushbu soliqlarga hisoblangan summaning bir foizini undirish taklif etilgan;
hududning moliyaviy salohiyatini oshirishda yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘ini hisoblashda ko‘chmas mulk ob’ektlarining soliq solish bazasiga nisbatan 1 m² uchun mutlaq miqdorda hududiy minimal qiymat o‘rnatish taklif etilgan;
hududlarning moliyaviy salohiyatini o‘ta past – (0,1-0,25), past – (0,26-0,50), mu’tadil – (0,51-0,75), juda yuqori – (0,76-1,0) shkalalari asosida baholash taklif etilgan;
Surxondaryo viloyati mahalliy byudjetining mol-mulk solig‘i, er solig‘i va ko‘chmas mulk soliqlarini hududning moliyaviy salohiyatiga ta’sirini baholashning ekonometrik modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hududlarning moliyaviy salohiyatini baholash orqali mahalliy byudjet daromadlarini mustahkamlash bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
mahalliy byudjetga qo‘shimcha zaxira mablag‘larini jalb qilishda yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan er solig‘i to‘lashdan ozod etilgan soliq to‘lovchilardan ushbu soliqlarga hisoblangan summaning bir foizini undirish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 30 dekabrdagi O‘RQ-742-son “2022 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonuniga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo‘mitasining 2022 yil 14 yanvardagi 18/1-75631-son ma’lumotnomasi). Natijada Vazirlar Mahkamasining zahira jamg‘armasi shakllanishiga erishilgan va mahalliy byudjetlarning tegishli byudjetlar zahira jamg‘armalarining zaruriy miqdori shakllantirilgan;
hududning moliyaviy salohiyatini oshirishda yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘ini hisoblashda ko‘chmas mulk ob’ektlarining soliq solish bazasiga nisbatan 1 m² uchun mutlaq miqdorda hududiy minimal qiymat o‘rnatish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 30 dekabrdagi O‘RQ-742-son “2022 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonuniga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo‘mitasining 2022 yil 14 yanvardagi 18/1-75631-son ma’lumotnomasi). Natijada yuridik shaxslarning mol-mulkga solinadigan solig‘ini hisoblab chiqishda bino va inshootlar bo‘yicha soliq bazasi minimal miqdori tartibi kiritilgan;
hududlarning moliyaviy salohiyatini o‘ta past – (0,1-0,25), past – (0,26-0,50), mu’tadil – (0,51-0,75), juda yuqori – (0,76-1,0) shkalalari asosida baholash taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 25 dekabrdagi O‘RQ-657-son “2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat Byudjeti to‘g‘risida” Qonunida o‘z aksini topgan. (O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq qo‘mitasining 2021 yil 15 dekabrdagi 18/1-75631-son ma’lumotnomasi). Natijada hududlarning moliyaviy salohiyatini baholash orqali tegishli mahalliy byudjetlarning daromadlar bazasini rejalashtirish hamda mustahkamlashga muhim ilmiy – amaliy asos bo‘lgan;
Surxondaryo viloyati mahalliy byudjetining mol-mulk solig‘i, er solig‘i va ko‘chmas mulk soliqlarini hududning moliyaviy salohiyatiga ta’sirini baholashning ekonometrik modeli O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 12 avgustdagi 2021-2023 yillarda Surxondaryo viloyatining Bandixon, Muzrabod, Sherobod va Qiziriq tumanlarini kompleks ijtimoiy – iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 515, 516, 517, 518-son qarorlarida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq qo‘mitasining 2021 yil 15 dekabrdagi 18/1-75631-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif natijasida hudud moliyaviy salohiyatiga ta’sir darajasini ifodalovchi ekonometrik modellarning ishlab chiqilishi hudud moliyaviy salohiyati darajasini ob’ektiv aniqlash imkoniyatini bergan.