Axmedov Kamol Ibragimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Pnevmomexanik yigirish mashinalarida diskretizatsiya jarayonini takomillashtirish”, 05.06.02 – «To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam (B2021.3.PhD/T.1135):
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Matismailov Saypulla Lolashboevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Xanxadjaeva Nilufar Raximovna, texnika fanlari doktori, professor; Babajanov Xusan Toxirovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Tabiiy tolalar ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ip sifatini oshirishga qaratilgan kompleks nazariy-tajribaviy tadqiqotlar asosida diskretlash barabanchasining garnitura parametrlarini va tezlik rejimlarini tanlash orqali samaradorligini oshirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
pnevmomexanik yigirish mashinalarida arra tishlarini, uning qadamlarini va qiyalik burchaklarini o‘zgartirilgan holda diskretlovchi barabanchasining yangi garniturasi ishlab chiqilgan;
takomillashtirilgan yangi garnitura arra tishlari qiyalik burchagini aniqlash uchun matematik model ishlab chiqilgan va diskretlovchi barabancha aylanish tezligining markazdan qochma kuch, ishqalanish koeffisienti va garnitura tishlaridagi tolali massa o‘zgarishiga ta’sirini nazariy asoslangan;
diskretlovchi barabancha aylanish tezligining tolaga ta’sir qiluvchi tashqi kuchlarning o‘zgarishiga ta’sir darajasini aniqlovchi bog‘lanishlar ishlab chiqilgan;
ip sifat ko‘rsatkichlarining garnitura parametrlariga va diskretlash barabanchasining aylanish tezligiga bog‘liqligini ifodalovchi matematik modellar ishlab chiqilgan, arra tishning qiyalik burchagi va barabanning aylanish tezliklarining ratsional qiymatlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Diskretlovchi barabancha garnitura tishlar qadami va tishning old qirrasi qiyalik burchagi hamda diskretlovchi barabancha aylanish chastotasi parametrlarining ip sifati va pnevmomexanik ip yigirish jarayoni barqarorligiga ta’siri darajasini o‘rganish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
diskretlash barabanchasiga yangi profilli garniturani qo‘llab pnevmomexanik usulda yigirilgan ipning sifatini ta’minlaydigan ratsional parmetrlar Xorazm viloyati “KOVOTEX” MChJ QK va “XORAZM TEX” MChJ korxonalari sharoitida 29 teksli chiziqli zichlikdagi ip yigirib olishda ishlab chiqarishga joriy etilgan. («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2021 yil 13 dekabrdagi №14/25-3399-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori sifatli ( ipning solishtirma uzish kuchi yuqori, ip ko‘ndalang kesimi bo‘yicha notekisligi yaxshilangan, tashqi ko‘rinishdagi nuqsonlari kam) pnevmomexanik ip olingan, hamda ipdagi uzilishlar soni 20% ga kamayishiga erishilgan.