Kabilov Hayrullo Ismoilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Suv ombori sig‘imini aniqlash usulini GAT texnologiyalari asosida takomillashtirish”, 05.09.07-“Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T1232
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: 
Ikramova Malika Raximberdievna texnika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.41/30.04.2021.T.131.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Fatxullaev Alisher Mirzatillaevich texnika fanlari doktori, professor,Hikmatov Fazliddin Hikmatovich geografiya fanlari doktori, professor, 
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura-qurilish instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: suv omborlarini loyqa bosish jadalligi hamda suv sig‘imini miqdoriy baholash usullarini zamonaviy geografik axborot tizimlar – GAT texnologiyalarini qo‘llash asosida takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
suv omborlaridagi oqim harakatini gidravlik modellashtirish asosida suv omborlari kosasini loyqa bosishini hisoblash usullari takomillashtirilgan;
massa saqlanishi tenglamasini oqim chuqurligi bo‘yicha integrallash asosida suv omborida oqim harakati dinamikasi va suv ombori morfologiyasining shakllanishi orasidagi o‘zaro bog‘liqlik qonuniyati ishlab chiqilgan;
suv omborida oqimning yo‘nalishi va tezligining oqiziqlar cho‘kishiga ta’sirini aniqlash asosida suv omboridagi gidrodinamik jarayonlarni modellashtirish usuli takomillashtirilgan.
suv omborlari morfologik xarakteristikalarini GAT texnologiyalarini qo‘llash asosida suv ombori sig‘imini masofadan hisoblash usuli takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Suv omborlari ish rejimini takomillashtirish, suv ombori hajmining o‘zgarishini oldindan bashoratlash va ularni ekspluatatsiya qilishda optimal rejimini tanlaydigan kompyuter dasturidan foydalanish bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
Suv ombori foydali hajmining o‘zgarishini masofadan hisoblash usuli Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Amu-Surxon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasida joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 18 noyabrdagi  03/27-336-son ma’lumotnomasi). Natijada suv omborlarining foydali hajmini tezkor usulda aniqlash imkoni yaratilgan;
Suv ombori ish rejimini hisoblash kompyuter dasturi va GAT modeli Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Janubiy Surxon suv omboridan foydalanish boshqarmasiga joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 18 noyabrdagi  03/27-336-son ma’lumotnomasi). Natijada yiliga Janubiy Surxon suv omborini loyqa bosish jarayonini 27 mln.m3 ga kamaytirish, pastki b`efga o‘tayotgan suv loyqaligini 0,12 kg/m3 ga oshirish, suv ombori kosasidan besamar yo‘qolayotgan suv miqdorini ko‘p suvli yillarda - 5%, o‘rtacha suvli yillarda -10% ga kamaytirish va suv kam yillarda suv bilan ta’minlanganlikni 16% ga ko‘tarish imkoni yaratilgan. Natijada suv resurslarini to‘g‘ri taqsimlash, hamda suv yo‘qotishlarni kamaytirish evaziga 40-60 mln. m3 suvni tejash, 15-20 ming ga maydonning suv ta’minotini yaxshilash imkoni yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish