Sayt test rejimida ishlamoqda

Shukurov Xushvaqt Mamasalievichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mevali bog‘lar agrobiotsenozida uchraydigan so‘ruvchi zararkunandalarning bioekologiyasi va ularga qarshi kurash tizimini takomillashtirish”, 06.01.09 – O‘simliklarni himoya qilish (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Qx209.
Ilmiy maslahatchilar: Yusupov Abdusalim Xolboevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, PhD.05/04.03.2022.Qx.13.03. (Bir martalik IK)
Rasmiy opponentlar: Haytmuratov Arslanbek Fayzullaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori; Yusupova Maxpuza Numonovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori; Fayziev Jamoliddin Nasirovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.
Etakchi tashkilot: Qishloq xo‘jaligi vazirligi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Respublikamizning markaziy va janubiy (Toshkent va Surxondaryo viloyatlari) hududlarida mevali bog‘larda uchraydigan asosiy so‘ruvchi zararkunandalarning bioekologiyasi, zararlanish darajasi, tur tarkibi, tarqalishi, ularning zarari hamda tabiiy kushandalarini aniqlash shuningdek, qarshi kurash chora-tadbirlarini yanada takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Respublikamizning markaziy va janubiy hududlari mevali bog‘larida asosiy so‘ruvchi zararkunandalarning tur tarkibi va ularning dominant turlarini monitoring asosida 3 ta turkum 8 ta oilaga mansub 23 turdagi so‘ruvchi zararkunandalar uchrashi aniqlangan;
dominant turlar bog‘ o‘rgimchakkanasi-Schizotetranychus pruni O., yashil olma shirasi-Aphis pomi De G., qizil qon shirasi-Eriosoma lanigerum H., nok shirinchasi-Psylla pyri L., O‘rta Osiyo vergulsimon qalqondori-Lepidosaphes mesasiatica B., Kaliforniya qalqondori-Diaspidiotus Perniciosus C.larning bioekologik xususiyatlari hamda Aphis pomi De G. va Eriosoma lanigerum H.larning fenologiyasi va barcha so‘ruvchi hasharotlarning zarar keltirish darajasi aniqlangan;
mevali bog‘larda so‘ruvchi zararkunandalarning tabiiy kushandalarining 6 ta turkumga oid 11 ta oilaga xos 31 turi asosan uchrashi aniqlangan hamda ularning tur tarkibi, zararkunandalar sonini kamaytirishdagi ahamiyati va mevali bog‘larda ularning Aphytis proclia Wlk., Chylocorus bipustulatus L., Stethorus punctillum Ws., Coccinella septempunctata L., Anthosoris nemorum. L., Chrysopa carnea Steph. va Aphidius ervi Halid turlari qalqondorlarning sonini 11,2-12,4% gacha, o‘rgimchakkanalar sonini 13,8-13,9% gacha kamaytirishi isbotlangan;
mevali bog‘larning so‘ruvchi zararkunandalarga qarshi zamonaviy va samarali Fosfororganik birikmalar, Piretroidlar, Neonikotinoidlar kabi turli xildagi kimyoviy sinflarga kiruvchi va boshqa insektoakaratsidlardan neft hamda parafin moylari sinovdan o‘tkazilib, ularni qo‘llashning maqbul me’yor hamda muddatlarini aniqlash hisobiga kurash choralari ishlab chiqilgan;
mevali bog‘larni takomillashtirilgan himoya qilish tizimida yangi zamonaviy insektoakarisidlar turiga agrotoksikologik baho berilishi natijada 19 turdagi insektoakaratsidlarni qo‘llash me’yorlari, muddatlari belgilanib ularning biologik samaradorligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mevali bog‘lar agrobiotsenozida uchraydigan so‘ruvchi zararkunandalarning bioekologiyasi va ularga qarshi kurash tizimini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:
mevali bog‘larda so‘ruvchi zararkunandalarga qarshi yangi 19 ta har-xil kimyoviy sinflarga kiruvchi Fosfororganik birikmalar, Neonikotinoidlar, Piretroidlar, Biopreparatlar va insektisidlardan neft` hamda parafin moylari insektisid va akaratsidlar kimyoviy preparatlari sinovdan o‘tkazilgan va ishlab chiqarishga tavsiya etilgan. Davlat kimyo komissiyasining “Ro‘yxatiga” kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022-yil 2 martdagi № 07/35-04/917 son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu vositalardan keng foydalanishga imkoniyat yaratilgan;
mevali daraxtlarga zarar keltiruvchi so‘ruvchi zararkunandalardan: o‘rgimchakkanalarga qarshi Vertigo 1,8% em.k. 0,5 l/ga., Kanemayt 15% sus.k. 1,25-1,5 l/ga., Profex 27% em.k. 0,5-0,7 l/ga., Xlorpirivit Agro 50 g/l em.k. 1,0 l/ga., qalqondor va shiralarga qarshi Vintrol-S em.k. 10-14 l/ga., Hetas Sarritor em.k. 30 l/ga., Kuppon 800 em.k. 10-15 l/ga., Doberman 240 S.G. 0,45 l/ga., Venti OD sus.k. 0,4 l/ga., Arizona 20% s.e.k. 0,5 l/ga., PRG 20-0017 sus.k. 0,35-0,4 l/ga., Avanti 15% sus.k. 0,35 l/ga., Avirmec em.k. 1,0 l/ga., Perfekt 550 em.k. 1,0 l/ga., Aykido-Super 10% em.k. 0,2-0,4 l/ga., Karat Iks 20% sus.k. 0,2 l/ga., Karate Kadam 5% k.e. 0,4 l/ga., Cafegor 40 em.k. 0,8-2,0 l/ga. sarf me’yorlarda qo‘llash joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalari Davlat komissiyasining 2021 yil 03 fevraldagi 2-5-37-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu sarf me’yorlar orqali mevali bog‘lar so‘ruvchi zararkunandalariga qarshi qo‘llanilganda yuqori biologik samaradorlikka erishilgan;
ilmiy-tadqiqot natijalari 2017-2021 yillarda Toshkent va Surxondaryo viloyatlarida jami 316 gektardan ortiq maydondagi mevali bog‘larda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022-yil 2 martdagi № 07/35-04/917 son ma’lumotnomasi). Natijada bugungi kunda Toshkent va Surxondaryo viloyatining mahalliy va intensiv mevali bog‘larda etishtirilayotgan mevalarning zararkunandalariga qarshi uyg‘unlashgan himoya qilish tadbirlari viloyatning qator tumanlarining klasteri va fermer xo‘jaliklarining mevali bog‘larida qo‘llanilib kelinmoqda. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish