Karimov Ulug‘bek Quvondiqovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Paxta iflosligini tezkor usulda aniqlash uchun takomillashtirilgan laboratoriya uskunasini ishlab chiqish” 05.06.02- “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2021.4.PhD/T1313.
Ilmiy rahbar: Axmedov Akmal, texnika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Paxtasanoat ilmiy markazi” aksiyadorlik jamiyati, DSc 30/30.11.2021.T.141.01
Rasmiy opponentlar: Muxammadiev Davlat Mustafaevich texnika fanlari doktori, professor; Egamberdiev Fazliddin Otakulovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxta xom ashyosini xo‘jaliklardan qabul qilish jarayonida ruxsat etilgan minimal hatolik bilan iflosligini aniqlash, sifatini nazorat qilishning avtomatlashtirilgan axborot informatsion texnologiyalar bilan uyg‘unlashgan zamonaviy o‘lchov uskunasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxta iflosligini minimal xatolik bilan yuqori darajada aniqlikda ishlaydigan inson omilisiz avtomatlashtirilgan mayda iflosliklarni elektron tarozi platformasiga to‘liq tushiruvchi tebranma silkituvchi mexanizmga ega bo‘lgan yangi konstruksiyali laboratoriya uskunasi ishlab chiqilgan;
paxta xomashyosi tarkibidan mayda iflosliklarni ajratish samarasini oshirishda qoziqli baraban o‘rniga qoziq-plankali baraban ishlab chiqilgan, plankalar o‘lchami va havo oqimini kuchayishi hisobiga mayda iflosliklar arjalishini jadallashtirish parametrlari hamda ish rejimlari amaliy asoslangan;
tozalanayotgan paxta xomashyosi uskunaning qoziq-plankali barabanida aylanishi natijasida harakatlanayongan paxta bo‘laginig og‘irlik kuchi,  xavoning qarshilik kuchi, qoziqdagi ishqalanish kuchi, markazdan qochma kuchi va normal kuchlarining ta’siri nazariy asoslangan;
tadqiqotlar natijasida paxtaning iflosligini aniqlash uskunasida qoziq-plankali baraban va iflosliklik yo‘naltiruvchi list yuzasida ushlanib qoladigan mayda zarrachalar miqdori yo‘naltirgichning qiyalik burchagi va tozalanish vaqtining maqbul parametrlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxtani iflosligini aniqlash uskunasini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash davomida olingan natijalar asosida:
paxtaiflosligini aniqlash uskunasining ishlab chiqilgan konstruksiyasi, qoziq-plankali barabandan foydalanish va maqbul ish rejimini tanlash tufayli mayda ifloslikdan tozalash bo‘limida tozalash vaqtini yarmiga qisqartirishga imkon berdi(“O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatining 2021 yil 05 noyabrdagi FT-18/1912-son ma’lumotnomasi). Natijada mayda iflosliklardan tozalash vaqti ikki baravarga kamaytirilgan, ish unumdorligi 1,5 barobarga yaxshilanishiga erishilgan;
paxta iflosligini aniqlash uskunasining ishlab chiqilgan takomillashtirilgan konstruksiyasi “Qo‘shko‘pir paxtatozalash” AJda joriy etildi va 2019-2020 yilllardagi mavsumda paxtani qabul qilishda qo‘llanildi (“O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatining 2021 yil 05 noyabrdagi FT-18/1912-son ma’lumotnomasi). Natijada inson omili kamaytirilgan, mayda va yirik iflosliklardan tozalashda uskunasining aniqlik darjasini oshirish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish