Sayt test rejimida ishlamoqda

Raxmonov Ikromjon Usmonovichning fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon 
 
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Uzluksiz ishlab chiqarish xarakteridagi sanoat korxonalarining elektr energiyasi iste’molini boshqarish uslubiyati”, 05.05.01 – “Energetika tizimlari va majmualari” (texnika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.DSc/T476.
Ilmiy maslahatchi: Xoshimov Foziljon Abidovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/10.12.2019.T.03.03.
Rasmiy opponentlar: Nazarichev Aleksandr Nikolaevich, texnika fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Muratov Xakim Maxmudovich, texnika fanlari doktori, professor; Xudayarov Muzaffar Burxanovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim. 
Etakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ko‘p pog‘onali murakkab texnologik jarayonga ega uzluksiz ishlab chiqarish xarakteridagi sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish uchun elektr energiyasi iste’molini boshqarish uslubiyatini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uzluksiz ishlab chiqarish xarakteridagi sanoat korxonalarida energiya sig‘imdorligini kamaytirish va energetik xarajatlarni  minimallashtirishning boshqarish algoritmi texnologik jarayon xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan;
uzluksiz ishlab chiqarish xarakteridagi sanoat korxonalarida elektr energiyasini tejash zahiralarini baholash usuli energiya sig‘imdorligiga xom-ashyoning ta’sirini hisobga olib  ishlab chiqilgan;
uzluksiz ishlab chiqarish xarakteridagi sanoat korxonalarida ishlab chiqarish o‘rtasida bog‘liqlik mavjud bo‘lgan ob’ektlarning elektr energiyasi solishtirma sarfini aniqlashning matematik ifodasi tayyor maxsulot ishlab chiqarishda birlamchi xom-ashyoning yo‘qotilish koeffisientini hisobga olgan holda takomillashtirilgan; 
maxsulot birligiga to‘g‘ri keladigan elektr energiyasining solishtirma sarfini aniqlash hamda prognozlashning modeli va xisoblash algoritmi ko‘p faktorli tahlil asosida yaratilgan;
uzluksiz ishlab chiqarish xarakteridagi sanoat korxonalarining texnologik liniyalarida elektr energiyasi iste’molining doimiy tashkil etuvchilari va texnologik jarayonning yordamchi komponentlarini e’tiborga olib, elektr energiyasi sarfining umumlashgan me’yor ko‘rsatkichlari aniqlangan;
uzluksiz ishlab chiqarish xarakteridagi sanoat korxonalarida elektr energiyasi iste’molining prognozlash modellari asosiy komponentlar, sun’iy neyron tarmoqlar va integratsiyalashgan harakatlanuvchi o‘rtacha avtoregressiya usullari hamda ularning xatoligini minimallashtirish mezoni asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Uzluksiz ishlab chiqarish xarakteridagi sanoat korxonalarning elektr energiyasi iste’molini boshqarish usulbiyatini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
elektr energiyasi sarfining umumlashgan me’yor ko‘rsatkichini aniqlash usuli “O‘zmetkombinat” AJga joriy qilingan (“O‘zmetkombinat” AJning 2021 yil 27 avgustdagi №01/08-01/1-498 sonli ma’lumotnomasi). Natijada elektr energiyasi sarfining umumlashgan me’yor ko‘rsatkichini yuqori aniqlikda hisoblash asosida energiya tejash zahiralari aniqlanib, elektr energiyasi iste’molini 2 %gacha kamaytirish imkonini bergan;
elektr energiyasini me’yorlash usuli “Respublika iqtisodiyoti sohalarida yoqilg‘i-energetika resurslarining sarfini me’yorlash bo‘yicha Tartib”ni ishlab chiqishda qo‘llanilgan (Energetika vazirligi O‘zenergoinspeksiyaning 2021 yil 25 iyundagi №01/01-1392 sonli ma’lumotnomasi). Natijada umumkorxona va sex miqyosida texnologik me’yor ko‘rsatkichlarini yuqori aniqlikda hisoblash imkonini bergan;
elektr energiyasi iste’molini prognozlashning matematik modeli va algoritmi “WBM ROMITEX” MChJ paxta-to‘qimachilik klasteriga joriy qilingan (“O‘zto‘qimachilik” uyushmasining 2021 yil 24 avgustdagi №04/13-2473 sonli ma’lumotnomasi). Natijada korxonada elektr energiyasi iste’molini kelgusi davr uchun yuqori aniqlikda hisoblash, jarima sanksiyalarini istisno qilish hisobidan kutilayotgan yillik iqtisodiy samaradolik 178 000 140 (bir yuz etmish sakkiz million bir yuz qirq) so‘mni tashkil etgan;
maxsulot birligiga to‘g‘ri keladigan solishtirma sarf ko‘rsatkichiga ta’sir etuvchi asosiy faktorlarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan matematik model va algoritm “WBM ROMITEX” MChJ paxta-to‘qimachilik klasteriga joriy qilingan (“O‘zto‘qimachilik” uyushmasining 2021 yil 24 avgustdagi №04/13-2473 sonli ma’lumotnomasi). Natijada maxsulot birligiga to‘g‘ri keladigan solishtirma elektr energiyasi sarfini hisoblash aniqligini oshirib, xatoligini 3%gacha kamaytirish imkonini bergan;
elektr energiyasidan oqilona foydalanish bo‘yicha elektr energiyasini tejash tadbirlari “MAXAM CHIRCHIQ” AJga joriy qilingan (“O‘zkimyosanoat” AJning 2021 yil 24 avgustdagi №023-3-3056 sonli ma’lumotnomasi). Natijada elektr energiyasini tejash tadbirlarining joriy etilishi elektr energiyasini 3,1%ga yoki sutkasiga 612 000 kVtsoatga tejash va mos ravishda bir yilda 275 400 000 (ikki yuz etmish besh million to‘rt yuz ming) so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish