Sayt test rejimida ishlamoqda

Azimov Juma Sharopovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Buxoro qorako‘lini aldegidli oshlash texnologiyasi va uning strukturaviy elementlarini konformatsion o‘zgarishi”, 05.06.03 – “Teri, mo‘yna, poyabzal va teri-galantereya buyumlari texnologiyasi”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2019.3.PhD/T802
Ilmiy rahbar: Qodirov To‘lqin Jumaevich texnika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik–texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muxandislik–texnologiya instituti, PhD.03/29.10.2021.T.101.03
Rasmiy opponentlar: Temirova Matlab Ibadovna texnika fanlari nomzodi, dotsent, Qodirov Hasan Irgashevich texnika fanlari doktori, professor
Etakchi tashkilot: Namangan Muhandislik-texnologiya instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi Mahalliy Buxoro qorako‘l terilarini al`degidlar ishtirokida chuqur qayta ishlov berish texnologiyasini yaratish, uning konformatsion va morfologik o‘zgarishi hamda fizik-mexanik xossalarini tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
qorako‘l terilarini glutar al`degidi ishtirokida oshlash  texnologiyasi yaratilgan va glutar al`degidi bilan oshlashning yangi prinsipial texnologik sxemasi ishlab chiqilgan;
ilk bor qo‘sh impul`sli rejimda uzatiladigan lazer energiyasining ortishi bilan namunalarning morfologik strukturasida mikrofibrillalarning yumshashi va ajralishi g‘ovaklar o‘lchamlarini kattalashishiga olib kelishi tajriba usulida aniqlangan va asoslab berilgan; 
ishlov berilmagan  va glutar al`degidi bilan ishlov berilgan kollagen namunalarini  turbidimetrik titrlashda loyqalanish jarayoni sodir bo‘lishi eksperimental usulda aniqlangan;
qorako‘l terisini kollagen zanjirining amin va gidroksil guruhlari bilan glutar aldegidning o‘zaro ta’sir reaksiya mexanizmlari ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Buxoro qorako‘lini al`degidli oshlash texnologiyasi hamda uning strukturasini konformatsion o‘zgarishlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
glutar al`degidini qorako‘l terilariga oshlovchi sifatida qo‘llash texnologiyasi «O`zcharmsanoat» uyushmasi tarkibidagi korxonalarida «Mexovaya Moda» MChJ hamda «Buhoro qorako`l klaster» MChJ korxonalarida joriy etilgan («O`zcharmsanoat»  uyushmasining 2021 yil 29 noyabrdagi FB-7/3112 - son ma’lumotnomasi). Natijada 8750 kg zaharli xrom oshlovchilar miqdorini kamaytirish hisobiga bir yilda  85400 ming so‘m iqtisodiy samaradorlikka  erishilgan; 
glutar al`degidi «O`zcharmsanoat» uyushmasi tarkibidagi korxona, «Mexovaya Moda» MChJ korxonasida oshlovchi sifatida qorako‘l terilariga sinovdan o‘tkazilgan («O`zcharmsanoat» uyushmasining 2021 yil 29 noyabrdagi FB-7/3112-son ma’lumotnomasi). Natijada tayyor qorako‘l mo‘ynalari maydoni chiqimining ortishi, qorako‘l mo‘ynalarining xossalari yaxshilanishi, cho‘zilishdagi mustahkamlik ko‘rsatkichini 7,4 % ga oshishiga erishilgan. 
Buxoro qorako‘l terilarini al`degid bilan oshlash texnologiyasi «O`zcharmsanoat» uyushmasi tarkibidagi korxona, «Buxoro qorako`l klaster» MChJ korxonasida joriy etilgan. («O`zcharmsanoat»  uyushmasining 2021 yil 29 noyabrdagi FB-7/3112-son ma’lumotnomasi). Natijada tayyor qorako‘l mo‘ynalari maydonining 7,9 % ortishi, qorako‘l mo‘ynalarining xossalari yaxshilanishi, cho‘zilishdagi mustahkamlik ko‘rsatkichini 2,3 MPa ga oshishiga erishilgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish