Sayt test rejimida ishlamoqda

Raximov Bekzod Baxtiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mahalliy neft`, gaz va yog‘-moy sanoati xomashyo va qoldiqlaridan foydalanib yo‘l qurilish bitumlarini olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.08 - Neft` va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T2450.
Ilmiy rahbar: Xamidov Basit Nabievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Fozilov Sadriddin Fayzullaevich, texnika fanlari doktori, professor; Saydaxmedov Egamberdi Muxtorovich, texnika fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy neft`-gaz, kimyo va oziq-ovqat sanoati ikkilamchi xomashyolari asosida yo‘l qurilish bitumlarini olish tarkibi texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gudron (gossipol qatroni) tarkibidagi engil komponentlari neftshlami tarkibidagi metal saqlagan organik moddalar bilan reaksiyaga yaxshi kirishi aniqlangan;
bitum tarkibiga nefqoldig‘ining qo‘shishda, harorat oralig‘ini kengaytirish va yo‘l qurilish bitum bog‘lovchining adgezion xususiyatlarini yaxshilashi asoslangan;
bitum bog‘lovchisiga gudron, neftqoldig‘i va oltingugurtlarni birgalikda kiritish bilan adgeziyaning ortishiga asosiy hissa gudronga tegishli ekanligi isbotlangan;
asfal`tbeton qorishmasini tayyorlash uchun mahalliy xomashyo va qoldiqlarga asoslangan yangi yo‘l qurilish bitumlari ishlab chiqilgan;
yuqori ekspluatatsion xususiyatlariga ega bo‘lgan neftqoldig‘i, gudron (gossipol qatroni) va texnik oltingugurt asosida yangi tarkibga ega bo‘lgan yo‘l qurilish bitumining resepturasi va uni olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Mahalliy xomashyolar asosida yangi tarkibli yo‘l qurilish bitumini olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy neftqoldig‘i, gudron (gossipol qatroni) va texnik oltingugurtlari asosida yangi tarkibli yo‘l qurilish bitumi ishlab chiqish texnologiyasi «Buxara Prosper Invest» MChJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekneftegaz» AJning 2021 yil 16 noyabrdagi 28-1/819-son ma’lumotnomasi). Natijada, maxaliy xomashyolar asosida yo‘l bitumi ishlab chiqish imkonini bergan;
yaratilgan kompozisiya Vobkent tuman yo‘llarida amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekneftegaz» AJning 2021 yil 16 noyabrdagi 28-1/819-son ma’lumotnomasi). Natijada, BND-60/90 markadagi yo‘l qurilish bitumini 100% almashtirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish