Jo‘raev Farrux Do‘stmirzaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qishloq xo‘jalik mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish va boshqarishni ekonometrik modellashtirish (Qashqadaryo viloyati misolida)”, 08.00.06 – Ekonometrika va statistika (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Iqt1582.
Ilmiy rahbar: Muxitdinov Xudoyor Suyunovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Boyxonov Baxodir Tursunboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Abdug‘aniev Otabek Allajonovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi.
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish va boshqarishni takomillashtirishga oid ilmiy talkif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
mintaqada qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishini rivojlantirishga ta’sir qiluvchi omillar va tarmoq salohiyatini baholashda qishloq aholisining hayot sifatini yaxshilaydigan yangi omillarning paydo bo‘lishini “Smart qishloq xo‘jaligi” va ma’lumotlar platformasi orqali rag‘batlantirish taklif qilingan;
tabiiy, yondosh, ta’minot, tasodifiy omillar negizida mintaqada qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni “o‘sish nuqtasi” – ijtimoiy-iqtisodiy, geografik, demografik, ekologik omillarni umumlashtirgan infratuzilma ob’ektlarini tashkil etish asosida rivojlantirish asoslab berilgan;
mintaqada qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirishda tabiiy-ijtimoiy-ekologik-iqtisodiy tizimni tartibga solishning mikro, mezo-, makro, mega-darajalarining vertikal integrallashgan tuzilmalarini umumlashtirilgan algoritmi ishlab chiqilgan;
mintaqada ko‘p omilli ekonometrik modellar yordamida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni potensial rivojlantirish va boshqarishning xususiy tarmoq modellarini umumlashtirish orqali 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirish va boshqarishni ekonometrik modellashtirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
mintaqada qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishini rivojlantirishga ta’sir qiluvchi omillar va tarmoq salohiyatini baholashda qishloq aholisining hayot sifatini yaxshilaydigan yangi omillarning paydo bo‘lishini elektron platformasi orqali rag‘batlantirish taklifi bo‘yicha Qashqadaryo viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 29 dekabrdagi 05/032-5111-son, Qashqadaryo viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasining 2021 yil 22 oktyabrdagi 01/1777-son ma’lumotnomalari). Natijada Qashqadaryo viloyati qishloq xo‘jaligi aholisining hayot sifatini oshirishda “Smart qishloq xo‘jaligi” va ma’lumotlar platformasi orqali rag‘batlantirish imkoni paydo bo‘lgan;
tabiiy, yondosh, ta’minot, tasodifiy omillar negizida mintaqada qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni “o‘sish nuqtasi” – ijtimoiy infratuzilma ob’ektini tashkil etish asosida rivojlantirish asoslab berilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 29 dekabrdagi 05/032-5111-son hamda Qashqadaryo viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasining 2021 yil 22 oktyabrdagi 01/1777-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklif ishlab chiqarish jarayonidagi turli ta’sir qiluvchi omillarning axborotlashuv manbalarini rivojlantirish va ko‘lamini oshirish bo‘yicha tizimli yondashish imkoniyatini bergan;
mintaqada qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirishda tabiiy-ijtimoiy-ekologik-iqtisodiy tizimni tartibga solishning mikro, mezo-, makro, mega-darajalarining klasterli boshqarish tizimi asosida umumlashtirilgan algoritmi ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 29 dekabrdagi 05/032-5111-son hamda Qashqadaryo viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasining 2021 yil 22 oktyabrdagi 01/1777-son ma’lumotnomalari). Ushbu klasterli boshqarish ishlab chiqarish sub’ektlarining istiqboldagi faoliyatini tashkil etishda, Qashqadaryo viloyati qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishini rivojlantirishning optimal rejalashtirishning ekonometrik modellarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
mintaqada ko‘p omilli ekonometrik modellar yordamida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni potensial rivojlantirish va boshqarishning xususiy tarmoq modellarini umumlashtirish orqali 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 29 dekabrdagi 05/032-5111-son hamda Qashqadaryo viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasining 2021 yil 22 oktyabrdagi 01/1777-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklif Qashqadaryo viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi faoliyatida foydalanilgan.