Kravchenko Lenara Shodievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston Respublikasida vrachlarning huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish», 14.00.33 – Jamiyat salomatligi. Sog‘liqni saqlashda menejment (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1345.
Ilmiy rahbar: Iskandarova Shaxnoza Tulkinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Rizaev Jasur Alimdjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ibragimov Aziz Yuldashevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: shifokorlarning tibbiy-ijtimoiy himoyaga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlash va uni amalga oshirish uchun tegishli tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tibbiyot xodimlarining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashgan, kasbiy faoliyatiga to‘sqinlik hamda tajovuz qilgan shaxslarni ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortish bo‘yicha “tibbiyot xodimlarini o‘z xizmat burchlarini ko‘rsatishda qarshilik ko‘rsatish” kabi alohida moddalarni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritish zaruriyati asoslangan;
tibbiyot xodimlarining huquqlari, qadr-qimmatini himoya qilish, bemorlar bilan nizoli vaziyatlarni malakali hal etish, kasb egalari uchun munosib mehnat sharoitini yaratish va bu borada ta’lim sifatini oshirishni e’tiborga olgan holda mustaqil ekspertiza markazini tashkil etishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
ilk bor sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘in tibbiyot xodimlari orasida xissiy charchoq darajasini keltirib chiqaruvchi omillarni (past va o‘ta empatiya, o‘zini hurmat qilish va o‘ziga past baho berish, reaktivlik, intraversiyaga moyillik) aniqlashda psixoemotsional yonish sindromining yuqori prognostik ahamiyati asoslangan;
shifokor faoliyatiga bevosita tegishli bo‘lmagan ob’ektiv (tashkiliy, moliyaviy, xuquqiy) va sub’ektiv (tibbiy etika va deontologiya) vaziyatlarda sodir bo‘lishi bilan bog‘liq ziddiyat sabablarini oldini olish bo‘yicha yakka va jamoa tartibida nizolarni hal etish hamda  javobgarlikka tortish sharoitida tibbiyot xodimlariga qilingan tuhmat va haqoratlarda amalga oshiriladigan xarakatlar tartibi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekiston Respublikasida shifokorlar huquqlarini tibbiy-ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tibbiyot xodimlarining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashgan, kasbiy faoliyatiga to‘sqinlik hamda tajovuz qilgan shaxslarni ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortish bo‘yicha tegishli moddalarni “O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksiga kiritish bo‘yicha takliflari O‘zbekiston vrachlar assotsiatsiyasi tomonidan (2021 yil 31 martdagi 10-son xati) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga taqdim etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 15 apreldagi 05/3-07-3440-son xati). Ilmiy natijalar shifokorlar va bemorlar orasidagi ziddiyatli vaziyatlarda amalga oshiriladigan harakatlarni to‘g‘ri qo‘llashga xizmat qiladi;
bemorlarni davolashda sodir bo‘ladigan ziddiyatli vaziyatlarda shifokorlar harakatlari bo‘yicha takliflari «Bemorlarni davolashda sodir bo‘ladigan ziddiyatli vaziyatlarda shifokorlar harakatlarining algoritmlari» mavzusida tasdiqlangan uslubiy tavsiyanomasiga kiritilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 6 maydagi 8n-d/154-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar shifokorlar va bemorlar orasidagi ziddiyatli vaziyatlarda amalga oshiriladigan harakatlarni qonun doirasida qo‘llashga xizmat qiladi;
tibbiyot xodimlarining huquqlari, qadr-qimmatini himoya qilish, bemorlar bilan nizoli vaziyatlarni malakali hal etish, kasb egalari uchun munosib mehnat sharoitini yaratish va bu borada ta’lim sifatini oshirishni e’tiborga olgan holda mustaqil ekspertiza markazini tashkil etish bo‘yicha takliflari asosida O‘zbekiston vrachlar assotsiatsiyasi va Toshkent viloyati Qibray tuman tibbiyot birlashmalari qoshida mustaqil ekspertiza markazlar tashkil etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 5 yanvardagi 08-09/86-son ma’lumotnomasi). Mustaqil ekspertiza markazlarini tashkil etilishi shifokorlarning ruhiy-emotsional holatini buzilishini oldini olish hamda amaliyotchi shifokorlarni “qiyin” bemorlar bilan ishlashda muhofaza qilish tadbirlari samaradorligini oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish