Ubaydullaeva Nigora Il`yasovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali xolesistitda surunkali qaytalanuvchi aftoz stomatitning klinik kechish xususiyatlari va davolash», 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Tib.781.
Ilmiy raxbar: Ibragimova Malika Xudayberganovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.28.12.2017.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Antonova Aleksandra Anatol`evna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Bekjanova Ol`ga Esenovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Boshqirdiston davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali xolesistit bilan og‘rigan bemorlarda surunkali qaytalanuvchi aftoz stomatitni kompleks davolashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali xolesistit bilan kasallangan bemorlarda lipidlarni erkin radikalli oksidlanishi mahsulotlari (MDA, katalaza, glutationperoksidaza va SOD) va o‘rta molekulali peptidlarning jadal proteolizi (MSM E254 i MSM (E280)) orofaringial soha SQAS klinik kechishini og‘irashtirishi isbotlangan;
surunkali xolesistit bilan og‘rigan SQAS bemorlarida shartli patogen mikroflora, Candida zambrug‘lari, tillarang stafilokokk miqdorini ortishi va so‘lakni himoya omillarning (sIgA, lizotsim titri, fagotsitoz ko‘rsatkichi) potensialining zaiflashishi aniqlangan;
surunkali xolesistit negizida kechuvchi SQAS patogenezida yangi jihati sifatida aftoz shikastlanishlar klinik o‘zgarishlari, mikrobiotsenoz tarkibi va mahalliy himoya omillarining o‘zaro bog‘liqligi asoslangan;
O‘MP - E254 i E280, peroksidatsiya jarayonlari – MDA, katalaza, glutationperoksidaza, SOD ko‘rsatkichlarini me’yorlashtirish, disbioz holatini – Candida zambrug‘lari va tillarang stafilokokklarni barataraf qilish va mahalliy himoya omillari – sIgA, lizotsim titri, fagotsitoz ko‘rsatkichini oshirish orqali surunkali xolesistit negizida kechuvchi surunkali qaytalanuvchi aftoz stomatit bilan og‘rigan bemorlarni yangi patogenetik davolash asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Surunkali xolesistitda surunkali qaytalanuvchi aftoz stomatit bilan og‘rigan bemorlarni zamonaviy diagnostika va davolashning ilmiy natijalari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
surunkali xolesistitda surunkali qaytalanuvchi aftoz stomatitning klinik kechish xususiyatlari va davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan  “Surunkali xolesistit bilan og‘rigan bemorlarda orofaringeal soxaning surunkali qaytalanuvchi aftoz stomatitining klinik-laboratoriya diagnostikasi” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 19 noyabrdagi 8 nr/1120-son ma’lumonomasi). Ushbu tavsiyanoma surunkali xolesistit negizida kechuvchi SQAS ning klinik-laborator tashxislash samarasini oshirishga xizmat qilgan.
surunkali xolesistitda surunkali qaytalanuvchi aftoz stomatitning klinik kechish xususiyatlari va davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan  “Surunkali xolesistit bilan og‘rigan bemorlarda surunkali qaytalanuvchi aftoz stomatitni davolashni takomillashtirish” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 19 noyabrdagi 8 nr/1121-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma SQAS bilan og‘rigan bemorlarni kompleks davolashda irrigator yordamida ishqorli eritma bilan oldindan purkash xamda Baktizidim preparatini qo‘llash bilan tavsiya etilgan davolash usuli kasalilkning remissiya davrini uzayishiga  xizmat qilgan;
tadqiqot natijalari amaliy sog‘liqni saqlashga, jumladan Toshkent sh. “Toshkent shahar MChJ «TORTINCHI» stomatologik poliklinikasi va Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi 6-son stomatologiya poliklinikasi amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 4 noyabrdagi 8n-z/524-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar klinik ko‘rsatkichlarni sezilarli yaxshilashga, shu bilan birga, kasallikning remissiya davrini uzaytirishga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish