Saidxodjaeva Saida Nabievnaning
tibbiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda OIV ensefalopatiyasining klinik-immunologik xususiyatlari va diagnostikasi algoritmi, terapiya va reabilitatsiyani optimallashtirish», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.DSc/Tib474.
Ilmiy rahbar: Madjidova Yaqutxon Nabievna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.31.01
Rasmiy opponentlar: Shamansurov Shaanvar Shamuratovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mamedbeyli Ayten Kyamal gizi, tibbiyot fanlari doktori, professor; Yuldashev Kaxramon Xaldarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Al` Farabi nomidagi Kozog‘iston milliy universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarda OIV-infeksiya nevrologik alomatlarining klinik-immunologik xususiyatlarini baxolash va bemorlarni kuzatish taktikasini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor bolalarda OIV-ensefalopatiyalarning intellektual va hissiy-xulq-atvor komponentlari bosqichli tasnifi shakllantirilgan va OIV-infeksiyalangan barcha turli darajadagi neyrokognitiv buzilishlar aniqlangan;
simptomli OIV - esefalopatiyalarda va YuFART fonida monotsitik-makrofaglarning xamda apoptozning intensivligi faollashuvi xisobiga neyronlarning shikastlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi immunologik prognostik prediktorlari (CD16+, CD95+) faolligining oshishi bilan neyrokognitiv rivojlanishining simptomlarini jadallashishi aniqlangan;
bolalarda OIV ensefalopatiyalarda tizimli yallig‘lanish reaksiyalari va immun faollashuvining umumlashtirish darajasining pasayishi ta’sirida kuchi assotsiatsiyasi apoptogen sitokinlar (IL-6, FNO-al`fa) konsentratsiyasining oshishi isbotlangan;
bolalarda OIV-ensefalopatiyalarning nevrologik buzilish patogenezida demielinizatsiya qiluvchi kaskadlar faollashuvi xisobiga mielinga At konsentratsiyasining oshishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Bolalardagi OIV -ensefalopatiyaning klinik va immunologik aspektlarini o‘rganish va davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalarga asosida:
bolalardagi OIV-ensefalopatiyani davolashni optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan "OIV-ensefalopatiya bo‘lgan bolalarni kuzatish algoritmi" nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 27 maydagi 8i-z/169-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma bolalardagi asoratli OIV-ensefalotiyalarni erta tashxislash xamda davolash usullarini takomillashtirishga imkonini bergan;
bolalardagi OIV-ensefalopatiyaning diagnostikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan "Tashxislash markerlarini qo‘llagan holda bolalarda OIV-ensefalopatiyalarini bashoratlash usuli" (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 27 maydagi 8n-z/169-son ma’lumotnomasi) nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan. Mazkur uslubiy tavsiyanoma kasallikni erta davrida aniqlash, asoratlarini bashoratlash va oldini olish xamda kasallangan bolalarda bosh miya faoliyatining erta tiklanish imkonini bergan;
bolalardagi OIV -ensefalopatiyadagi o‘zgarishlarni tashxislash va davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Sirdaryo viloyat OITS ga qarshi kurash markazi, Samarqand viloyat OITS ga qarshi kurash markazi, OITS ga qarshi kurash Respublika markazi, Namangan viloyat OITS ga qarshi kurash markazi amaliyotlariga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 18 martdagi 08-09/7925-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari amaliyotga bolalardagi OIV -ensefalopatiya asoratlarining klinik kechishi va davolash choralarini optimizatsiyalashga olib kelib, bu esa davo samaradorligini oshirishga, reabilitatsiya vaqtini qisqartirishga, nafaqat markaziy asab tizimi yallig‘lanish kasalliklarining asoratlarini oldini olishga, shuningdek ozonlangan serebrolizinni qo‘llash natijasida turli xil muddatlarda kechuvchi kasallikning oqibatlarini bartaraf etish imkonini berdi.