Mavlyanova Nigora Narimanovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ihtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Homila o‘sishi chegaralanishi sindromi rivojlanishining molekulyar-genetik va autoimmun mexanizmlari», 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya; 14.00.20 - Tibbiy genetika (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.DSc/Tib480.
Ilmiy maslaxatchi: Najmutdinova Dilbar Qamariddinovna tibbiyot fanlari doktori, professor; Boboev Qodirjon To‘xtabaevich tibbiyot fanlari doktori, professor.
 Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Qurbonov Jaxongir Jamolovich tibbiyot fanlari doktori, professor; Urinbaeva  Nilyufar  Abdujabbarovna tibbiyot fanlari doktori; Ruzibakieva Malika Ruslanovna tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligining “Shimoliy-Osetiya davlat tibbiyot akademiyasi” oliy ta`lim federal davlat byudjeti ta`lim muassasasi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II.  Tadqiqotning maqsadi: homila o‘sishi chegaralanishi sindromini rivojlanishining molekulyar-genetik va autoimmun mexanizmlarini aniqlashdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ayollarda homila yo‘qotish sindromi rivojlanish xavfini molekulyar-genetik bashoratlash usuli ishlab chiqilgan;
 homiladorlarda endotelial tizimi FGB genining funksional bo‘lmagan allel variantlari qon-tomir etishmovchiligi olib kelishi sababli homiladorlik davrida venoz trombozlari, fetoplatsentar etishmovchiligiga olib kelishi asoslangan;
TNF-a genining rs1800629 polimorf lokuslarining salbiy A alleli va G/A geterozigotlik genotiplarining mavjudligi o‘sma nekrozi omili orqali homila o‘sishining chegaralanish sindromining rivojlanishiga olib kelishi asoslangan;
 FGB genining G/A geterozigot variantli homilador ayollarda DNK-ds ga nisbatan AAT IgG yuqori darajada aniqlanishi qon-tomir etishmovchiligi orqali homila o‘sishining chegaralanish sindromining og‘ir darajada kechishi isbotlangan; sosud
homiladorlarda homila o‘sishi chegaralanish sindromida yallig‘lanishga xos (FNO-alfa, IL-6) va yallig‘lanishga qarshi (IL-4, IL-10) sitokinlar xamda IFN-γ miqdorining keskin ortishi GST ksenobiotik fermentlari genining salbiy genotiplariga egaligiga ko‘ra organizmda infeksion-yallig‘lanish va autoimmun jarayonlarining  rivojlanishiga  olib kelishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Homila o‘sishi chegaralanishi sindromini rivojlanishining molekulyar-genetik va autoimmun mexanizmlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
homiladorlarda endotelial tizim va organizm detoksikatsiyasida ishtirok etadigan genlarni molekulyar-genetik tadqiqotlari asosida ishlab chiqilgan «Homila o‘sishi chegaralanishi  sindromini molekulyar-genetik bashoratlash» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 25 iyuldagi 8n-r/595-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarni joriy qilinishi HO‘ChS rivojlanish xavfini erta bashoratlash orqali akusherlik asoratlar oldini olishga imkoniyatini bergan;
homilador ayollar organizmi detoksikatsiyasi genlari muhim markerlarini autoimmun jarayonidagi o‘rnini aniqlash asosida ishlab chiqilgan «Homila o‘sishi chegaralanish sindromi rivojlanishida autoimmun jarayonlarni tashxislashda DS/SS ga nisbatan immunoglobulinlar G sinfi antinuklear antitanalarning roli» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 25 iyuldagi 8n-r/596-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarni joriy qilinishi xomilador ayollarda  kasallik og‘irlik darajasi rivojlanishini erta bashoratlash orqali autoimmun jarayon holatini aniqlashga imkoniyatini bergan;
homilador ayollarda xomila yo‘qotishi monitoringi asosida «Homilani yo‘qotish sindromini molekulyar-genetik prognoz qilish usuli» IAP 06448 raqamlm ixtiroga patenti olingan (Intellektual mulk agentligi tomonidan  2021 yil 23 aprelda ro‘yxatdan o‘tkazilgan). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi ayollarda homilani yo‘qotish xavfi paydo bo‘lishi va rivojlanishini erta tashhislash va oldini olishga imkoniyatini bergan;
homila o‘sishi chegaralanishi sindromini rivojlanishining molekulyar-genetik va autoimmun mexanizmlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Buxoro viloyati perinatal markazi, «Embrioservis» MChJ va «Genotexnologiya» MChJ amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining  2021 yil 17 noyabrdagi 8n-z/433-sonli ma’lumotnomasi). Natijalarning amaliyotga joriy etilishi xomiladorlarda homila o‘sishi chegaralanishi sindromi xavfi paydo bo‘lishi va rivojlanishini erta tashhislash, olib borish taktikasini takomillashtirish, og‘ir holatlarini differensial tashxislash, kasallik asoratlarini kamaytirish xamda to‘g‘ri davolash taktikasini qo‘llash hisobiga iqtisodiy samaradorlikka erishishga imkon yaratgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish