Xolboeva Aziza Ixtiyarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tarkibida azot va oltingugurt bo‘lgan antipiren-antiseptiklar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi, 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T2609.
Ilmiy rahbarlar: Turaev Xayit Xudaynazarovich, kimyo fanlari doktori, professor; Nurqulov Fayzulla Nurmo‘minovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.T.78.01.
Rasmiy opponentlar: Muxiddinov Bahodir Faxriddinovich, kimyo fanlari doktori, professor; Shukurov Jamshid Sultonovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim. 
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tarkibida azot va oltingugurt bo‘lgan birikmalar asosida yog‘och materiallarni himoyalovchi oligomer antipiren-antiseptiklar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy xomashyolar asosida tarkibida azot, oltingugurt bo‘lgan RO-1, RO-2, DGT-1, DGT-2 va DGT-3 markali oligomer antipiren-antiseptiklar olingan;
tarkibida azot, oltingugurt bo‘lgan RO-1, RO-2, DGT-1, DGT-2 va DGT-3 markali oligomer antipiren-antiseptiklarni olishning maqbul sharoitlari aniqlangan;
olingan RO-1, RO-2, DGT-1, DGT-2 va DGT-3 markali oligomer antipiren-antiseptiklar bilan ishlov berilgan yog‘och qurilish materiallarni fizik-mexanik xossalari aniqlangan;
tarkibida azot, oltingugurt bo‘lgan oligomer antipiren-antiseptiklarni olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tarkibida azot, oltingugurt bo‘lgan oligomer antipiren-antiseptiklar olish texnologiyasini ishlab chiqish va ularni yog‘och materiallarini himoyalashda qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
azot va oltingugurt saqlagan oligomer antipiren – antiseptiklar olish texnologiyasi “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJda amaliyotga joriy etilgan (“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJning 2022 yil 6 apreldagi AA002617-son ma’lumotnomasi). Natijada, yog‘och qurilish materiallari va ekologik ob’ektlarni yong‘indan hamda zararkunanda hashoratlardan himoya qilishda ishlatiladigan import o‘rnini bosuvchi, samarali antipiren-antiseptiklar olish imkonini bergan;
oligomer antipiren-antiseptiklar olishning ishlab chiqilgan texnologiyasi “RUNO PLASTIK” MChJ, “Surxon KSP-Grand” MChJ, “USKUNASOZLASH SERVIS” MChJda ishlab chiqarishga joriy qilingan (O‘zbekiston qurilish materiallari sanoat korxonalari uyushmasining 2022 yil 13 apreldagi 05/15-927-son ma’lumotnomasi). Natijada, yog‘och qurilish materiallarining yong‘inga bardoshlik xususiyatini I guruhgacha oshiruvchi yangi turdagi samarali RO-1, RO-2, DGT-1, DGT-2 va DGT-3 markali oligomer antipiren-antiseptiklar ishlab chiqarish imkonini bergan; 
azot va oltingugurt saqlagan oligomer antipiren – antiseptiklar “Surxon davlat qo‘riqxonasi” ob’ektlarida amaliyotga qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish Vazirligining 2022 yil 14 apreldagi 09-06/3736-son ma’lumotnomasi). Natijada, oligomer antipiren – antiseptiklar yog‘och qurilish materiallariga chuqur shimdirish orqali zararkunandalarga qarshi chidamliligini 90% gacha oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish