Nurjanova Fazila Farxodovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Prazeodim va ittriy ionlarini aniqlashning spektrofotometrik usullarini ishlab chiqish», 02.00.02 – Analitik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2PhD/K182.
Ilmiy rahbar: Qutlimurotova Nigora Hakimovna, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Xorazm Ma’mun akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.K.01.03.
Rasmiy opponentlar: Abduraxmanov Ergash, kimyo fanlari doktori, professor; Turabov Nurmuhammat Turabovich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: texnologik suvlar tarkibidan  prazeodim(III) va ittriy(III) ionlarini aniqlashning ekspress, yuqori tanlab ta’sir etuvchan, sezgir spektrofotometrik usullarini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Pr(III) bilan 2,7-dinitrozo-1,8-digidroksinaftalin-3,6-disul`fokislota reagenti va Y(III) bilan 2,4-dinitrozo-1-gidroksi-5-aminonaftalin-6,8-disul`fokislota reagentining kompleks hosil qilishida reagentlar tarkibidagi funksional faol guruhlar gidroksil va nitroza  guruhi hisobiga kislotali muhitda borishi aniqlangan; 
Pr(III) bilan 2,7-dinitrozo-1,8-digidroksinaftalin-3,6-disulfokislota reagenti va Y(III) bilan 2,4-dinitrozo-1-gidroksi-5-aminonaftalin-6,8-disulfokislota reagentining kompleks hosil qilishining optimal sharoitlari tanlangan va kompleks birikmalarning mol nisbatlari 1:1,  muvozanat konstantalari KmY=2,28∙105 va KmPr =1,04∙105 ga teng ekanligi isbotlangan;
prazeodim(III) va ittriy(III)  ionlarini aniqlashga halaqit beruvchi ionlar konsentratsiyasi topilgan, ishlab chiqilgan usulni sun’iy aralashmalar analiziga qo‘llanilgan, halaqit beruvchi ionlarni bartaraf etishda ekstraksiya usulidan foydalanilganda 10 martaga kamayishi aniqlangan;
prazeodim(III) va ittriy(III) ionlari texnologik suvlar tarkibidan aniqlash amalga oshirilgan va usulning to‘g‘riligi rentgen-fluoressent va mass-spektroskopik analiz usullari bilan solishtirilgan va nisbiy standart chetlanish 0,33 dan oshmasligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Spektrofotometrik usul yordamida prazeodim(III) va ittriy(III) ionlarini aniqlash usuli bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:  
prazeodim(III) va ittriy(III) ionlarining nitroza guruhi tutgan organik reagentlar yordamida spektrofotometrik aniqlash usuli «Muborak gazni qayta ishlash» MChJ amaliyotiga joriy etilgan. («Muborak gazni qayta ishlash» MChJning 2021 yil 8 noyabrdagi 981/GK-11-son ma’lumotnomasi). Natijada, prazeodim va ittriy ionlarini aniqlash usuli chiqindi suvlari analiziga qo‘llanilgan va korrelyasiya koeffisienti 1 ga teng bo‘lgan holda siyrak -er metallarini aralashmadan ajratib aniqlash imkonini bergan;
prazeodim(III) va ittriy(III) ionlarini spektrofotometrik aniqlash usuli «Olmaliq kon metallurgiya kombinati» AJ amaliyotiga joriy etilgan. («Olmaliq kon metallurgiya kombinati» AJning 2021 yil 11 oktyabrdagi 1261/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, sul`fat kislotali chiqindi suv tarkibida siyrak - er metallari, temir va boshqa bir qancha metal ionlari tutgan eritma tarkibidan prazeodim va ittriy ionlarini aniqlash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish