Babaev Sharofjon Rahmatjonovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Er ostida tanlab eritmaga o‘tkazishda qoldiq uran konidan oltinni ajratib olish texnologiyasini ishlab chiqish», 04.00.10 – Geotexnologiya (ochiq, er osti va qurilish) (texnika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T1546.
Ilmiy rahbar: Aliqulov Shuxrat Sharopovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, DSc.17/04.06.2021.T.06.02.
Rasmiy opponentlar: Urinov Sherali Raufovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Sharafutdinov Ulug‘bek Ziyatovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISiS»ning Olmaliq shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi er ostida tanlab eritmaga o‘tkazish usuli bilan uran qoldiq konlaridan oltin ajratib olishning kam zaharli va iqtisodiy samarali texnologiyani ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
suv to‘siqli qatlamlarda mavjud bo‘lgan, suvli qumli-shag‘alli jinslar va uran qumlaridan 0,55 g/t gacha oltinni ajratib olishning foydaliligi aniqlangan;
oltinni er ostida tanlab eritmaga o‘tkazishning sifat o‘lchamlari va geotexnologik parametrlarini aniqlash imkonini beruvchi qoldiq uran quduqlaridagi ruda namunalaridan oltinni ajratib olish kimyoviy tahlillar uslubi ishlab chiqilgan; 
oltinni eng yuqori 96% gacha ajratib olishga erishish va ishlab chiqarish samaradorligini 40% gacha oshirish imkonini beruvchi er ostida tanlab eritmaga o‘tkazish bilan uranning qoldiq konlaridan oltinni ajratib olishning texnologik sxemasi ishlab chiqilgan; 
qoldiq uran konlaridan oltin ajratib olish uchun reagentlarning maqbul konsentratsiyasi aniqlanib, tanlab eritmaga o‘tkazishning push-pull texnologik tartibi va erituvchilardan foydalangan holda, qoldiq uran konlaridan oltin ajratib olishning texnologik sxemasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Qoldiq uran konlaridan oltinniajratib olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishchi eritmani qoldiq uran qudug‘iga haydashning texnologik sxemasi Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 5-son kon boshqarmasida amaliyotga joriy etilgan (Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 2021 yil 30 sentyabrdagi 02-06-07/9557-son ma’lumotnomasi). Natijada, 0,55 mg/l konsentratsiyali oltin, 0,88 mg/l konsentratsiyali rux va 0,58 mg/l konsentratsiyali disproziyni tanlab eritmaga o‘tkazish imkonini bergan;
uran qoldiq konlaridan oltinni ajratib olish texnologiyasi Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 5-kon boshqarmasida amaliyotga joriy etilgan (Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 2021 yil 30 sentyabrdagi 02-06-07/9557-son ma’lumotnomasi). Natijada, 96% gacha oltin, 92% gacha uran, 74% gacha rux, 78% gacha disproziy ajratib olish va uran qazib olish tannarxini 40% gacha kamaytirish imkonini bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish