Aslanov Abduvali Pulatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Markaziy Sug‘dning o‘rta asrlar davri tarixiy topografiyasi”, 07.00.06–Arxeologiya (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tar714.
Ilmiy rahbar: Ahmadali Asqarov, tarix fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Milliy arxeologiya markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Milliy arxeologiya markazi, DSs.02/02.30.12.2019.Tar.45.01.
Rasmiy opponentlar: Boboyorov G‘aybulla, tarix fanlari doktori; G‘ofurov Jasur Isoqovich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi arxeologik va yozma manbalar asosida Markaziy Sug‘dning IX-XII asrlar boshlariga oid tarixiy topografiyasini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yozma manbalar va arxeologik materiallarni GAT yordamida qiyosiy tahlil qilish natijasida Markaziy Sug‘d rustoqlarining tarixiy joylashuv chegaralarini o‘z ichiga olgan arxeologik xarita yaratilgan;
Markaziy Sug‘ddagi arxeologik yodgorliklarni tarhi, geografik joylashuvi va ularni yozma manbalar bilan qiyoslash asosida Darg‘om rustoqi markazi Do‘rmontepa arxeologik yodgorligi bilan, Abgor - Kattatepa, Hazora Jo‘sh-Bekqo‘g‘ontepa, Zormon esa shu nom bilan yuritilgan yodgorlik bilan lokalizatsiya qilingan;
arxeologik yodgorliklarni lokalizatsiyasi, ular orasidagi masofalar asosida Isbiskat va Ishtixon orqali Samarqand - Buxoro yo‘li, Jom va Taxtiqoracha dovonlari orqali Samarqand – Nasaf – Kesh - Termiz yo‘li, Samarqand-Vidor - Marbon – Hazora-Jo‘sh orqali Sug‘dning Shimoliy Temir darvozasi yo‘li kabi Buyuk Ipak yo‘li tarmoqlari xaritasi ishlab chiqilgan;
Chuyaqo‘rg‘on yodgorligida olib borilgan arxeologik izlanishlar, yodgorlikning joylashuvi va tarixiy topografiyasi asosida yodgorlik Hazora-Jo‘sh shahri hamda Nurota oralig‘idagi karvonsaroy vazifasini bajarganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. «Markaziy Sug‘dning o‘rta asrlar davri tarixiy topografiyasi» mavzusidagi falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya bo‘yicha qo‘lga kiritilgan ilmiy natijalar asosida:
Markaziy Sug‘dning o‘rta asrlar davriga oid yodgorliklarining joylashuvi xaritasi, arxeologik yodgorliklarni tarhi, geografik joylashuvi va ularni yozma manbalar bilan qiyoslash asosida aniqlangan Darg‘om rustoqi markazi Do‘rmontepa, Abgor - Kattatepa, Hazora Jo‘sh-Bekqo‘g‘ontepa, Zormon esa shu nom bilan yuritilgan yodgorliklar bilan qilingan lokalizatsiyasi, shuningdek, Kofirqa’la, Dobusiya kabi arxeologik yodgorliklaridan qo‘lga kiritilgan ma’lumotlardan O‘zR FA Arxeologik tadqiqotlar institutida 2014-2017 yillarda bajarilgan FA-A1-G012 “Janubiy Sug‘dning qadimgi va o‘rta asrlar davri tarixiy topografiyasi (arxeologik va yozma manbalar asosida)” fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2021 yil 16 noyabrdagi 3/1255-3180-son ma’lumotnomasi). Natijada, qadimgi Sug‘dning o‘rta asrlar davri arxeologik yodgorliklari hisobga olindi va hozirgi kunda ularning soni va geografik joylashuviga aniqliklar kiritilgan;
Buyuk Ipak yo‘lining savdo yo‘llari, Hazora-Jo‘sh shahri hamda Nurota oralig‘idagi karvonsaroy vazifasini bajarganligi Chuyaqo‘rg‘on yodgorligi, Kofirqal’a va Quldortepa yodgorliklarining tarixiy topografiyasi, geografik o‘rni, unda olib borilgan arxeologik tadqiqotlar tasnifi, qurilish me’morchiligi haqidagi ma’lumotlaridan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi «Dunyo bo’ylab» telekanalining «Ekspedisiya», «Suv yoqalab», «Tafsilot» va «O‘tmishga sayohat» kabi teleko‘rsatuvlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «Dunyo bo’ylab» telekanali davlat unitar korxonasining 2020 yil 16 iyundagi 08-14-164-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuvlar tomoshabinlarni o‘rta asrlar Sug‘d tarixi, savdo yo‘llari, moddiy va ma’naviy madaniyatiga doir yangi ma’lumotlar bilan tanishishga xizmat qilgan.