Adasheva Mavludaxon Umatalievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi “Jismoniy tarbiya” fanini o‘qitishda axborot kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash metodikasini takomillashtirish (umumta’lim maktablari misolida), 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi; 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped1438.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12. 2019.Ped 28.01.
Ilmiy rahbarlar: Tajibaev Soyib Samijonovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Akramov Abdumalik Abdumutalovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Rasmiy opponentlar: Shodmonova Shoira Saidovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Abdullaev Mexriddin Junaydullaevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumta’lim maktablarida “Jismoniy tarbiya” fanini o‘qitishda axborot kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumta’lim maktablarida “Jismoniy tarbiya” fanidan o‘quvchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarida yo‘l qo‘yiladigan start holatidan chiqishdagi texnik kamchilikar (qo‘l holatini startdan chiqishdan noto‘g‘ri turishi, gavdani oyoq kuchlanishiga proporsional emasligi), tennis koptogini uloqtirishda depsinish oyog‘iga parallel olib borilmasligi va uchish burchagini to‘g‘ri amplitudada amalga oshirilmasligi (koptokni barmoqlar uchki qismida to‘g‘ri ushlanmaganligi) kabi tipik xatolar video tahlil va ekspert baholash asosida elementlarni model ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish hisobiga texnik harakat imkoniyatlari takomillashtirilgan;
dastur bo‘linmalarini o‘rgatish jarayonida bajariladigan oddiy va murakkab koordinatsion xarakterga ega texnik harakatlarni amalga oshirishda elektron mul`timedia vositalari interfeysning soddaligi, mavzular mundarijasining maktab dasturiga mosligi, nazariy hamda amaliy harakat uyg‘unligi ta’minlanganligi sport o‘yinlarida bajariladigan to‘psiz maydondagi asosiy turish holatlari va to‘p bilan bajariladigan to‘pni uzatish hamda qabul qilishdagi gavdaning ayrim qismlari o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqligi kabi texnik elementlar ishlab chiqilgan; 
umumta’lim maktablarida “Jismoniy tarbiya” faninini o‘qitishda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining integrativ yondashuvi asosida o‘qitishga yo‘naltirilgan android operatsion tizimda qo‘llash uchun mul`timedia vositalarini qo‘llash usullari o‘quvchilarning psixologik rivojlanish imkoniyatlarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan;
android va elektron hisoblash mashinalari dasturli tizimida ishlash faoliyati mobil` ilovalar yordamida takomillashtirilgan elektron o‘quv qo‘llanmalar 5-sinf o‘quvchilarining pandemiya sharoitida internetsiz, uy sharoitida harakat tayyorgarligini takomillashtirish, individual rivojlanish imkoniyatlari engil atletika, gimnastika, futbol, basketbol, gandbol, voleybol va kurash sport turlarida bajariladigan fazalarning negizi, zvenosi, detallari texnik harakatlarning traektoriyasi xususiyatlari bo‘yicha kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Jismoniy tarbiya” fanini o‘qitishda axborot kommunikatsiya texnologiyalarni qo‘llash metodikasini takomillashtirish (umumta’lim maktablari misolida) yuzasidan o‘tkazilgan tajribalar asosida: 
“Jismoniy tarbiya” fanidan engil atletika, futbol, qo‘l to‘pi sport turlarida harakat tayyorgarligi bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini inobatga olgan holda mul`timedia vositalari Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi 282-umumta’lim maktabida qo‘llanilgan (Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2020 yil 25 noyabrdagi 89-03-1619-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Startga!”, “Diqqat!”, “Yugur!” buyruqlarini aniq bajarish 18%ga, tennis to‘pini uloqtirishda dastlabki holat 21%ga, to‘pni ushlash va uloqtirish 19%ga, tennis to‘pini 1-2 qadam tashlab uzoqqa uloqtirish 25%ga, turgan joydan uzunlikka sakrash 21%ga yaxshilangan;
umumta’lim maktablarida sport turlarida dastlabki o‘rgatish jarayonida bajariladigan oddiy va murakkab koordinatsion xarakterga ega texnik harakatlarni amalga oshirishda ishtirok etadigan muskullar faoliyati algortimining bajari¬lish traektoriyasi asosida yuzaga keladigan tipik xatolarning sodir bo‘lish holatlarini inobatga olgan holda 5-sinf o‘quvchilarini o‘qitishda elektron mul`timedia vositalari ishlab chiqilib, Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi 282-umumta’lim maktabida qo‘llanilgan (Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2020 yil 25 noyabrdagi 89-03-1619-son ma’lumotnomasi). Natijada, futbol sport turi bo‘yicha to‘psiz harakatlanish 18%ga, to‘p bilan harakatlanish 23%ga, to‘pni oyoq yuzasining ichki, pastki (tovon) qismlari bilan to‘xtatish texnik usullarini bajarish 25%ga, to‘pni oyoq yuzasining ichki tomoni bilan tepish 27%ga, to‘pni oddiy va aylantirib tepish texnikasi 26%ga yaxshilangan;
umumta’lim maktablarida “Jismoniy tarbiya” faninini o‘qitishda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining integrativ yondashuvi asosida o‘qitishga yo‘naltirilgan android operatsion tizimda qo‘llash uchun mul`timedia vositalarini qo‘llash usullari ishlab chiqilib Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi 282-umumta’lim maktabida qo‘llanilgan (Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2020 yil 25 noyabrdagi 89-03-1619-son ma’lumotnomasi). Natijada, basketbol sport turi bo‘yicha to‘pni joyida turib sakratish mashqlari 19%ga, to‘pni sherigiga uzatish va qabul qilishni bajarish texnikasi 28%ga, to‘p bilan harakatlanib kelib to‘pni halqaga tashlash harakatini bajarish texnikasi 21% yaxshilangan; 
android va elektron hisoblash mashinalari dasturli tizimida ishlash faoliyati mobil` ilovalar yordamida takomillashtirilgan elektron o‘quv qo‘llanma Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi 282-umumta’lim maktabida qo‘llanilgan (Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2020 yil 25 noyabrdagi 89-03-1619-son ma’lumotnomasi). Natijada, qo‘l to‘pi sport turi bo‘yicha o‘yinchilarning maydonda joylashish va to‘psiz harakatlanish texnikasi 25%ga, joyida turib 6-7 metrdan to‘pni darvozaga otish harakatini bajarish texnikasi 23%ga, chalishtirma qadam bilan to‘pni darvozaga otish harakatini bajarish texnikasi 21,4%ga yaxshilangan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish