Sayt test rejimida ishlamoqda

Qurbonov Nosirali Toxirovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Shimoliy Nurota tog‘ oldi tekisligining injener-geologik sharoitlarini hududni kompleks o‘zlashtirish uchun baholash», 04.00.04 – Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/GM119.
Ilmiy rahbar: Mavlonov Aslan Akramovich, geologiya–mineralogiya  fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti, DSc.24/30.12.2019.GM.96.01.
Rasmiy opponentlar: Ismailov Vaxitxan Alixanovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor; Zakirov Mirabbas Mirsaatovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor. 
Etakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Nurota tog‘larining shimoliy tog‘oldi tekisliklarining muhandislik-geologik sharoitlarini baholash va hududni kompleks o‘zlashtirish uchun muhandislik-geologik sharoitlarning makonda o‘zgaruvchanligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tog‘ oldi tekisliklarida muxandis-geologik sharoitlarining makonda o‘zgaruvchanligi, to‘rtlamchi davrdagi erozion-akkumulyativ jarayonlarning o‘ziga xosligi, cho‘kindilarning to‘planishi va er osti suvlarining xozirgi xolati bilan bog‘liqligi aniqlangan ;
er osti suvlarining rejimi, tabiiy xolda suvli qatlamlar to‘yinadigan infil`tratsion turiga mansubligi va Tuzkon ko‘li faqatgina  qirg‘oq oldi zonasiga ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan;
yuqori to‘rtlamchi prolyuvial yotqiziqlar litologik tuzilishning o‘ziga xosligi, ularning nisbatan yuqori qattiqlig va deformatsion xususiyatlarga egaligini belgilab berishi aniqlangan;
muhandis-geologik rayonlashtirish asosida, turli xildagi qurilishlar uchun qulaylik darajasini belgilovchi xududni kompleks o‘zlashtirish uchun, xaritalar ta`minoti yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Shimoliy Nurota tog‘ oldi tekisligining injener-geologik sharoitlarini kompleks baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
AES qurilishi joylashadigan ustuvor maydonini tanlashda rayonning geologik va geomorfologik tuzilishi, ko‘zda tutilgan maydonlar doirasida va yondosh hududlardagi suvli qatlamlarning gidrogeologik parametrlari, tog‘ jinslarining muhandislik-geologik xususiyatlari  to‘g‘risida olingan yangi ma’lumotlar «O‘zgashkliti» DUK faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2021 yil 6 iyuldagi 09-06/8171-son ma’lumotnomasi). Natijada, hududda AES qurilishi joylashadigan ustuvor maydonni tanlashga imkoniyat yaratgan; 
Nurota tizmasi shimoliy tog‘oldi prolyuvial tekisliklari doirasidagi to‘rtlamchi davr va paleozoy fundamentini qoplovchi yotqiziqlaridagi suvli qatlamning gidrodinamik va gidrokimyoviy parametrlari, shuningdek tashkil qiluvchi jinslarning fizik-mexanik, mustahkamlik va deformatsion xususiyatlari to‘g‘risidagi aniq ma’lumotlar “O‘zgashkliti” DUK faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2021 yil 6 iyuldagi 09-06/8171-son ma’lumotnomasi). Natijada, AES qurilishi ko‘zda tutilgan maydonlarda muhandislik izlanish ishlarining birinchi va ikkinchi bosqichini muvoffaqiyatli yakunlash imkonini bergan;
AES quriladigan maydonda va yondosh hududlarda er osti suvlari rejimini shakllanish qonuniyatlari to‘g‘risidagi xulosalar “O‘zgashkliti” DUK faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2021 yil 6 iyuldagi 09-06/8171-son ma’lumotnomasi). Natijada, xududdagi suvli gorizontlar holatini tabiiy va texnogen omillar ostidagi ta’sirlarda o‘zgarishini baholash imkonini bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish