Sayt test rejimida ishlamoqda

Yakubova Elnora-xan Talabxanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):“Sanoatni diversifikatsiyalash va ixtisoslashtirishning hududiy xususiyatlari (Toshkent viloyati misolida)”, 08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Iqt1340.
Ilmiy rahbar: Zokirov Sayidfozil Sayidakbarovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti,Dsc.14/30.12.2019.I.84.01.
Rasmiy  opponentlar: Sodiqov Avazbek Madaminovich, iqtisodiyot fanlari doktori,  professor; Yakubov Iskandar Odilovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Etakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Toshkent viloyati sanoatini ixtisoslashtirish va diversifikatsiya qilish bo‘yicha ilmiy-uslubiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hududlardagi kam quvvatli, bo‘sh turgan ishlab chiqarish ob’ektlaridan samarali foydalanish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni faollashtirish maqsadida Toshkent viloyatning Yuqorichirchiq, Oqqo‘rg‘on, Bo‘ka va Pskent tumanlarida faoliyat yuritmayotgan mashina-traktor parklari hamda Do‘stobod tajriba-mexanika zavodi (Quyichirchiq tumani) negizida kichik sanoat zonalarini tashkil etish taklifi asoslangan;
Toshkent viloyatining Angren shahrida yoqilg‘i-energetika ("Angren issiqlik elektr stansiyasi" AJ, "Yangi Angren issiqlik elektr stansiyasi" AJ va "O'zbekko'mir" AJ asosida), Bekobod shahri va tumanida metallurgiya ("O`zbekiston metallurgiya kombinati" AJ bazasida) va Chirchiq shahrida qishloq xo‘jaligi mashinasozligi (“Chirchiq transformator zavodi” AJ va “Chirchiq qishloq xo'jaligi texnikasi zavodi” AJ bazasida) klasterlarini tashkil etish taklif qilingan;
Toshkent viloyatining Zangiota, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq, Toshkent tumanlarida farmatsevtika preparatlari; Oqqo‘rg‘on, Bekobod, Bo‘stonliq, Bo‘ka, Pskent tumanlarida tayyor to‘qimachilik mahsulotlari; Zangiota, Toshkent, Qibray tumanlarida elektr uskunalar va mahsulotlar; Ohangaron, Bo‘stonliq, Yuqorichirchiq, Chinoz tumanlarida qurilish materiallari; Zangiota tumani va Chirchiq shahrida mashinasozlik mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha raqobatdosh ustunliklaridan kelib chiqqan holda hududlarning rivojlanish drayverlari asoslangan;
Toshkent viloyati sanoat ishlab chiqarish o‘sishining 2040 yilgacha bo‘lgan davr uchun uch variantli prognoz ssenariysi hamda o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan sanoatni tarkibiy o‘zgartirishning maqsadli ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston hududlari sanoatini diversifikatsiya qilish va ixtisoslashtirish xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha dissertatsiya ishidan olingan ilmiy natijalar asosida:
hududlardagi kam quvvatli, bo‘sh turgan ishlab chiqarish ob’ektlaridan samarali foydalanish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni faollashtirish maqsadida Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq, Oqqo‘rg‘on, Quyichirchiq, Bo‘ka va Pskent tumanlarida faoliyat ko‘rsatmayotgan mashina-traktor parklari negizida kichik sanoat zonalarini tashkil etish bo‘yicha takliflar kiritish va Do‘stobod tajriba-mexanika zavodida (Do‘stobod sh.) kichik sanoat zonalarini tashkil etish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 10.08.2017 yildagi №PK 3191-son “Toshkent viloyatida kichik sanoat zonalari tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori”da) foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021 yil 24 dekabrdagi 03/14-01-10/4567-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2020 yil yakuniga qadar Toshkent viloyatida 19 ta kichik sanoat zonasi faoliyat ko‘rsatib, ularda 182 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etilgan va ishlab chiqarilgan mahsulotning ulushi viloyat umumiy sanoatining 0,2% tashkil etgan;
Toshkent viloyatining Angren shahrida yoqilg‘i-energetika ("Angren issiqlik elektr stansiyasi" AJ, "Yangi Angren issiqlik elektr stansiyasi" AJ va "O'zbekko'mir" AJ asosida), Bekobod shahri va tumanida metallurgiya ("O`zbekiston metallurgiya kombinati" AJ bazasida) va Chirchiq shahrida qishloq xo‘jaligi mashinasozligi (“Chirchiq transformator zavodi” AJ va “Chirchiq qishloq xo'jaligi texnikasi zavodi” AJ bazasida) klasterlarini tashkil etish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2022-2026 yillarda Toshkent viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021 yil 11 oktyabrdagi 04/16-04-10-4066-son ma’lumotnomasi). Natijada Toshkent viloyati YaHMda sanoatning ulushi 2018 yildagi 42,2 foizdan 2020 yilda 48,4 foizgacha oshgan;
Toshkent viloyatining Zangiota, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq, Toshkent tumanlarida farmatsevtika preparatlari; Oqqo‘rg‘on, Bekobod, Bo‘stonliq, Bo‘ka, Pskent tumanlarida tayyor to‘qimachilik mahsulotlari; Zangiota, Toshkent, Qibray tumanlarida elektr uskunalar va mahsulotlar; Ohangaron, Bo‘stonliq, Yuqorichirchiq, Chinoz tumanlarida qurilish materiallari; Zangiota tumani va Chirchiq shahrida mashinasozlik mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha raqobatdosh ustunliklaridan kelib chiqqan holda hududlarning rivojlanish drayverlari asoslangan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021 yil 24 dekabrdagi 03/14-01-10/4567-son ma’lumotnomasi). Takliflarning hayotga tatbiq etilishi 2016-2020-yillarda Toshkent viloyatida sanoat ishlab chiqarishning yuqori o‘sish sur’atlarini (131,3 foiz) ta’minlashga ma’lum darajada yordam bergan. Bundan tashqari, hududlarda shakllangan (ixtisoslashuv indeksi 1,0dan yuqori) va istiqbolli (ixtisoslashuv indeksi 0,750 dan 1,000 gacha bo‘lgan) sanoat ixtisoslashuvini baholash natijalaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 11 oktyabrdagi “Davlat mulki ob’ektlarini va er uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni tadbirkorlik sub’ektlariga sotish tartibini soddalashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5552-son Farmoni 11-bandida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021 yil 24 dekabrdagi №03/14-01-10/4567-son ma’lumotnomasi). Natijada mavjud mineral-xom ashyo, er, suv, qishloq xo‘jaligi resurslari, ishlab chiqarish va eksport salohiyati, hududlarning ekologik va boshqa sharoitlarini inobatga olgan holda, har bir tumanning tarmoq ixtisoslashuvi belgilangan;
ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va diversifikatsiya qilish omillarini, joylashtirishning samarali shakllarini (kichik sanoat zonalari, erkin iqtisodiy zonalar, klasterlar, texnoparklar) faollashtirishni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan 2040 yilgacha bo‘lgan davr uchun uch variantli prognoz ssenariysi va maqsadli ko‘rsatkichlar, shuningdek 2022-2026 yillarda Toshkent viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish kompleks dasturini ishlab chiqishda innovatsion komponentdan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021 yil 24 dekabrdagi №03/14-01-10/4567-son ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan takliflar va tavsiyalar hududiy dasturlarni sifatli va oqilona tayyorlashga xizmat qiladi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish