Sayt test rejimida ishlamoqda

Mamatkulova Yayra Dilmurod qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Pensiya ta’minoti tizimini takomillashtirish yo‘llari», 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Iqt1430.
Ilmiy rahbar: Xudoyqulov Xurshid Xurramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Sattarov Odil Berdimuradovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Sholdarov Dilshod Azimiddin o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Etakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda davlat pensiya ta’minoti tizimini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdorida va undan kam pensiya oluvchi shaxslarga pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 20 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov joriy etish taklif etilgan;
boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oluvchilarning har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun yoshga doir pensiyaning 50 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda qo‘shimcha to‘lov joriy etish taklif etilgan;
«Saxovat» internat uylari hamda Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionatida yashovchi yolg‘iz pensionerlarga shaxsiy sarf-xarajatlari uchun kamida to‘lanadigan oylik pensiya miqdorini amaldagi 10 foizdan 20 foizgacha oshirish taklif etilgan;
fuqarolarga davlat pensiyalarini tayinlash jarayonini yanada soddalashtirish maqsadida pensiya va nafaqalarni pasport yoki identifikatsiya kartasi asosida tayinlash tizimini joriy etish taklif etilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Pensiya ta’minoti tizimini takomillashtirish yo‘llari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdorida va undan kam pensiya oluvchi shaxslarga pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 20 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 4 iyundagi «Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-6241-son Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 17 noyabrdagi 20-01-34/293-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif amaliyotga joriy qilinishi natijasida 2021 yilning 1 iyulidan boshlab eng kam yoshga doir pensiya miqdori (513 350 so‘m) va undan kam pensiya oluvchilarning barchasiga belgilangan miqdorda pensiyasiga qo‘shib to‘lab berilgan;
boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oluvchilarning har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun yoshga doir pensiyaning 50 foizidan kam bo‘lmagan qo‘shimcha to‘lov joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 4 iyundagi «Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-6241-son Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 17 noyabrdagi 20-01-34/293-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif amaliyotga joriy qilinishi natijasida 2021 yilning 1 sentyabridan boshlab boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun pensiyaning eng kam miqdori – oyiga 440 000 so‘m etib belgilandi va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun amaldagi tartibga muvofiq pensiya to‘lash amalga oshirilgan;
fuqarolarga davlat pensiyalarini tayinlash jarayonini yanada soddalashtirish maqsadida pensiya va nafaqalarni pasport yoki identifikatsiya kartasi asosida tayinlash tizimini joriy etish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 4 maydagi «Fuqarolarga davlat pensiyalarini tayinlash jarayonini soddalashtirish hamda pensiya va nafaqalarni etkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-5102-son qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 17 noyabrdagi
20-01-34/293-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif amaliyotga joriy qilinishi natijasida pensiya va nafaqalarni tayinlashda soddalashtirilgan tizim yaratilib, keksa fuqarolarni hamda pensionerlarning pensiya va nafaqaga chiqish bilan bog‘liq ovoragarchiliklari bartaraf etishga erishilgan;
«Saxovat» internat uylari hamda Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionatida yashovchi yolg‘iz pensionerlarga shaxsiy sarf-xarajatlari uchun kamida to‘lanadigan oylik pensiya miqdorini amaldagi 10 foizdan 20 foizgacha oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 25 martdagi «Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, «Saxovat» va «Muruvvat» internat uylari tizimini yanada rivojlantirish to‘g‘risida»gi PF-6195-son Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 17 noyabrdagi 20-01-34/293-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif amaliyotga joriy qilinishi natijasida 2021 yil 1 maydan qariyalar va nogironlar internat uylarida (pansionatlarida) yashovchi yolg‘iz pensionerlarning pensiyalari qayta hisoblandi va oshirilgan summada to‘lash belgilangan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish