Sayt test rejimida ishlamoqda

Shomansurova Zilola Abduvaxitovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Aksiyadorlik jamiyatlarida innovatsion loyihalarni moliyalashtirish», 08.00.07–“Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Iqt2016.
Ilmiy rahbar: Karlibaeva Raya Xojabaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Toshmuradova Buvsara Egamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ashurova Nasiba Batirovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Etakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi aksiyadorlik jamiyatlari innovatsion loyihalarni moliyalashtirishni takomillashtirishga bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuqori texnologiyali tadbirkorlik loyihalari-startap innovatsion loyihalarni birgalikda moliyalashtirish uchun tashkil qilingan venchur fondlarini barcha turdagi soliq to‘lashdan ozod etish taklif etilgan;
umummilliy xarakterga ega bo‘lgan, mamlakat iqtisodiy xavfsizligini oshirishga ta’sir ko‘rsatadigan innovatsion loyihalarni qaytarib berilmaslik asosida moliyalashtirishni amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlarining innovatsion loyihalarini 50 foizidan kam bo‘lmagan qismini “Innovatsion rivojlanishni va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan moliyalashtirishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
«Dori-Darmon» aksiyadorlik kompaniyasida innovatsion loyihalarni qaytarib berilmaslik asosida moliyalashtirish, venchur fondlarini barcha turdagi soliq to‘lashdan ozod etish va jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moliyalashtirishning 2026 yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Aksiyadorlik jamiyatlarida innovatsion loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yuqori texnologiyali tadbirkorlik loyihalari-startap innovatsion loyihalarni birgalikda moliyalashtirish uchun tashkil qilingan venchur fondlarini barcha turdagi soliq to‘lashdan ozod etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 24 noyabrdagi PF-5583-son “Tadbirkorlik va innovatsiyalar sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2021 yil 30 dekabrdagi 06/04-02-32/2998-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida innovatsion loyihalarni moliyalashtirgan venchur fondlari ixtiyorida 16,7 mlrd. so‘m mablag‘ qolishiga erishilgan;
umummilliy xarakterga ega bo‘lgan, mamlakat iqtisodiy xavfsizligini oshirishga ta’sir ko‘rsatadigan innovatsion loyihalarni qaytarib berilmaslik asosida moliyalashtirishni amalga oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 24 noyabrdagi PF-5583-son “Tadbirkorlik va innovatsiyalar sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2021 yil 30 dekabrdagi 06/04-02-32/2998-son ma’lumotnomasi). Natijada bunday loyihalarni amalga oshirish uchun byudjetdan tashqari manbalar hosil qilish va undan samarali foydalanish mexanizmi ishlab chiqilgan. Bu birinchi navbatda byudjetdan tashqari fondlariga tegishli bo‘lib, mablag‘larining bir qismi innovatsion loyihalarda foydalanilayotgan xalqaro patentlarni qo‘llab-quvvatlash, milliy va xorijiy patentlashni moliyalashtirish uchun sarflangan;
ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlarining innovatsion loyihalarini 50 foizidan kam bo‘lmagan qismini “Innovatsion rivojlanishni va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 24 noyabrdagi PF-5583-son “Tadbirkorlik va innovatsiyalar sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2021 yil 30 dekabrdagi 06/04-02-32/2998-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida aksiyadorlik jamiyatlarining innovatsion loyihalarini “Innovatsion rivojlanishni va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan 31,2 mlrd. so‘m moliyalashtirilgan;
«Dori-Darmon» aksiyadorlik kompaniyasida innovatsion loyihalarni qaytarib berilmaslik asosida moliyalashtirish, venchur fondlarini barcha turdagi soliq to‘lashdan ozod etish va jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moliyalashtirishning 2026 yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari «Dori-Darmon» aksiyadorlik kompaniyasining innovatsion faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2021 yil 30 dekabrdagi 06/04-02-32/2998-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif natijasida aksiyadorlik jamiyatlarining iinovatsion loyihalarini moliyalashtirish hajmi 2026 yilda 67,6 foizga oshishi prognoz qilingan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish