Sayt test rejimida ishlamoqda

Kozimjonov Abrorbekning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlar hisobini takomillashtirish», 08.00.08–“Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Iqt1810.
Ilmiy rahbar: Abdusalomova Nodira Baxodirovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Rizaev Nurbek Kadirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Boltaev Abror Sayitmuradovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Etakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi donni saqlash va qayta ishlash korxonalarida qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlar hisobini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlar hisobini yuritishda xarajatlarni «aktiv sifatida tan olinadigan xarajatlar» va «aktiv sifatida tan olinmaydigan xarajatlar»da hisobga olib borish taklif etilgan;
donni qayta ishlash va saqlash korxonalarida kapitalizatsiya qilinadigan xarajatlarni hisobga olishda 2400 – «Qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlar» nomli ishchi schyotini ochish hamda 2410 schyotini amaliy qo‘llash bo‘yicha buxgalteriya o‘tkazmalari tizimi taklif etilgan;
turli xil foiz stavkadagi bank kreditlari bo‘yicha kapitallashtirish stavkasini foiz xarajatlarga nisbatan o‘rtacha tortilgan miqdori orqali aniqlash taklif etilgan;
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy hisobotiga ilova sifatida kapitalizatsiya qilingan xarajatlar va kapitallashtirish stavkalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zida aks ettiruvchi izohli shakl ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlar hisobini takomillashtirishbo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlar hisobini yuritishda xarajatlarni «aktiv sifatida tan olinadigan xarajatlar» va «aktiv sifatida tan olinmaydigan xarajatlar»da hisobga olib borish taklifi «Asaka don mahsulotlari» AJ ning MHXS bo‘yicha 2021 yil uchun tuzilgan «Hisob siyosati»ga kiritilgan («O‘zdonmahsulot» AKning 2022 yil 27 yanvardagi   14-1-23/85-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida kvalifikatsiyalangan aktivni yaratishda qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlarni kapitalizatsiya qilish metodikasi va bosqichlarini qo‘llashda qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlarni tan olish, tan olishni to‘xtatib turish va kapitalizatsiyani tugatish ishlarida ijobiy natijaga erishgan;
donni saqlash va qayta ishlashkorxonalarida kapitalizatsiya qilinadigan xarajatlarni hisobga olishda 2400 – «Qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlar» nomli ishchi schyotini ochish hamda 2410 schyotini amaliy qo‘llash bo‘yicha buxgalteriya o‘tkazmalari tizimi taklifi «Asaka don mahsulotlari» AJ tomonidan 2021 yil 6 sentyabrdagi 1-son bilan tasdiqlangan MHXS bo‘yicha xisob siyosati bilan amaliyotga joriy etilgan («O‘zdonmahsulot» AKning 2022 yil 27 yanvardagi  14-1-23/85-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida jamiyat tomonidan amalga oshirilayotgan qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlarni yil davomida «Qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlar» nomli ishchi schyotida jamg‘arib borib hisobot davri mobaynida kapitalizatsiya qilinadigan summani aniqlashda, aniqlik va shaffoflikka erishilgan;
turli xil foiz stavkadagi bank kreditlari bo‘yicha kapitallashtirish stavkasini foiz xarajatlarga nisbatan o‘rtacha tortilgan miqdori orqali aniqlash taklifi «Asaka don mahsulotlari» AJ tomonidan 2021 yil 6 sentyabrdagi 1-son bilan tasdiqlangan MHXS bo‘yicha xisob siyosati bilan amaliyotga joriy etilgan («O‘zdonmahsulot» AKning 2022 yil 27 yanvardagi № 14-1-23/85-son ma’lumotnomasi). Ushbu metodda tavsiya qilingan formulalar amaliyotga joriy etilishi natijasida «O‘zdonmahsulot» AK tarkibidagi «Asaka don mahsulotlari» AJ MHXS bo‘yicha hisobotida 2021 yilda amalga oshirgan qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlarning 16,1%i kapitalizatsiya qilinishiga erishilgan va buning natijasida, sof foyda 0,7 % ga ko‘paygan.
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy hisobotiga ilova sifatida kapitalizatsiya qilingan xarajatlar va kapitallashtirish stavkalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zida aks ettiruvchi izohli shakl «Asaka don mahsulotlari» AJ tomonidan 2021 yil 6 sentyabrdagi 1-son bilan tasdiqlangan MHXS bo‘yicha xisob siyosati bilan amaliyotga joriy etilgan («O‘zdonmahsulot» AKning 2022 yil 27 yanvardagi 14-1-23/85-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida jamiyat tomonidan kapitalizatsiya qilingan xarajatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlari BHXS (IAS) 1 «Moliyaviy hisobotni taqdim etish» talablari asosida tavsiya qilingan shakllardan foydalanish natijasida moliyaviy hisobot foydalanuvchilari uchun axborotning ishonchliligi va shaffofligiga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish