Sayt test rejimida ishlamoqda

Nurmanov Karjaubay Tileubaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qishloq xo‘jaligi korxonalarida strategik boshqaruv hisobi va tahlilini takomillashtirish»,08.00.08–«Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit» (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Iqt1601.
Ilmiy rahbar: Xasanov Baxodir Akramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Abdugapur Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mamatkulov Murodjon Shukurovich, iqtisodiyot fanlari doktori,dotsent.
Etakchi tashkilot: Toshkentdavlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi strategik boshqaruv hisobi va tahlili uslublarini takomillashtirishga qaratilgan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sholichilik klasterlarida tannarx va bahoning shakllanishi haqidagi axborot bilan ta’minlovchi, aktivlar va majburiyatlarni baholash, kechiktirilgan soliqlar, berilgan subsidiyalar, rezervlarni hisobga olish imkonini beruvchi 1700-«Kal`kulyasiya qilinadigan strategik xarajatlar», 3000-«Kelgusi davr xarajatlari va kechiktirilgan strategik xarajatlar», 8860-«Maqsadli strategik moliyalashtirish» sintetik schetlarni ochish va korxonaning hisob siyosatiga kiritish taklif etilgan;
operatsion byudjet(reja) tarkibidagi ishlab chiqarish texnologik xaritasining «Moliyaviy faoliyat» bo‘limiga 010-«Strategik xarajatlar» satri va 060-«Strategik daromadlar» satrini kiritish tavsiya etilgan;
buxgalteriya balansining «Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)» 450-satri bilan moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotni «Hisobot davrining sof foydasi (zarari)» 270-satrini o‘zaro bog‘lash uchun o‘sib boruvchi tartibdagi «Hisobot davridagi o‘tgan yillarning foydasi (zarari)» 271-satrni kiritish tavsiya etilgan;
sholichilik fermer xo‘jaliklarida sof foydaning o‘sishiga mahsulotning hayotiy sikli, sof tushum, xususiy kapital va majburiyatlar omillari ta’sirining 2025 yilgacha bo‘lgan prognozi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalarida strategik boshqaruv hisobi va tahlilini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sholichilik klasterlarida tannarx va bahoning shakllanishi haqidagi axborot bilan ta’minlovchi, aktivlar va majburiyatlarni baholash, kechiktirilgan soliqlar, berilgan subsidiyalar, rezervlarni hisobga olish imkonini beruvchi 1700-«Kal`kulyasiya qilinadigan strategik xarajatlar», 3000-«Kelgusi davr xarajatlari va kechiktirilgan strategik xarajatlar», 8860-«Maqsadli strategik moliyalashtirish» sintetik schetlarni ochish va korxonaning hisob siyosatiga kiritish bo‘yicha taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 25 martdagi 5-son bayonnomasi bilan vazirlik tizimidagi korxonalar amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 29 martdagi 01/667-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha klaster tizimida faoliyat yuritayotgan sholichilik fermer xo‘jaliklarida mahsulot tannarxini 5,1 foizga kamaytirishga, foydani 10 foizga oshirishga va 195 ta fermer xo‘jaliklarida o‘rtacha hosildorlik gektariga 50 sentnerga, jami 2553 gektar maydondan 12765 tonna sholi etishtirishga erishilgan.
operatsion byudjet(reja) tarkibidagi ishlab chiqarish texnologik xaritasining «Moliyaviy faoliyat» bo‘limiga 010-«Strategik xarajatlar» satri va 060-«Strategik daromadlar» satrini kiritish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 27 apreldagi 8-son bayonnomasi bilan vazirlik tizimidagi korxonalar amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 30 apreldagi 04/032-1873-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif asosida 2019 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat olib borayotgan sholichilik korxonalarida o‘rtacha hosildorlik 51,02 s/ga, jami harajat 253 mlrd.so‘m, jami daromad 282 mlrd.so‘m, foyda 28,7 mlrd.so‘m, rentabellik darajasi esa 11,7 foiz bo‘lishiga erishilgan;
buxgalteriya balansining «Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)» 450-satri bilan moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotni «Hisobot davrining sof foydasi (zarari)» 270-satrini o‘zaro bog‘lash uchun o‘sib boruvchi tartibdagi «Hisobot davridagi o‘tgan yillarning foydasi (zarari)» 271-satrni kiritish bo‘yicha taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 26 apreldagi 10-son bayonnomasi bilan vazirlik tizimidagi korxonalar amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 3 maydagi SM/09-10/2421-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida sub’ekt faoliyatining barcha sohalari va jarayonlarini kompleks tahlil qilish orqali “tannarx-baho-iste’mol qiymati” zanjiri asosida korxonaning foydasi va iste’molchining manfaatlari mutanosibligi ta’minlangan, sholichilik klasterlari va fermer xo‘jaliklarida xarajatlarni omilkorlik bilan boshqarish, ishlab chiqarish jarayoniga yirik investisiyalarni jalb etmasdan, harajatlarni 5% gacha kamaytirish imkoniyati mavjudligi aniq hisob-kitob qilingan;
sholichilik fermer xo‘jaliklarida sof foydaning o‘sishiga mahsulotning hayotiy sikli, sof tushum, xususiy kapital va majburiyatlar omillari ta’sirining 2025 yilgacha ishlab chiqilgan prognoziga oid taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021 yil 19 apreldagi 7-son bayonnomasi bilan vazirlik tomonidan xo‘jalik sub’ektlari amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021 yil 23 apreldagi 11/547-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida fermer xo‘jaligining sof foydasi mahsulotning hayotiy sikli, sof tushum, xususiy kapital va majburiyatlar omillari ta’sirida 2016 yilning yakunida 2672,61 ming so‘m, 2020 yilning 4-choragida 1402,93 ming so‘m (2016 yilga nisbatan o‘sish 52,5%)ni tashkil qilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2025 yilning 4-choragida 7313,38 ming so‘m (2020 yilga nisbatan 5,2 baravar)ga o‘sishi prognoz ma’lumotlari asosida aniqlangan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish