Yusupov Shohjahon Bahodir o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Aksiyadorlik jamiyatlari moliyaviy xavfsizligini ta’minlash», 08.00.07– “Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Iqt1713.
Ilmiy rahbar: Burxanov Aktam Usmanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Tashmuradova Buvsara Egamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Alladustov Rustam Djonmurotovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi aksiyadorlik jamiyatlari moliyaviy xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aksiyadorlik jamiyatlarini iqtisodiy qo‘shilgan qiymat ko‘rsatkichida jamiyatning moliyaviy xavfsizlik holatini baholash taklifi ishlab chiqilgan;
davlat ulushiga ega «Kattaqo‘rg‘on yog‘-moy» AJ moliyaviy xavfsizligini ta’minlashda davlat aksiya paketlarini «bitta aksiya bitta lot» tamoyilida sotish taklif etilgan;
aksiyadorlik jamiyatlari moliyaviy xavfsizligini ta’minlashda kapital rentabelligini tarkibiy qismlarini gorizantal ajratish orqali jamiyatining moliyaviy barqarorligini baholash taklif etilgan;
aksiyadorlik jamiyatlarning moliyaviy xavfsizlik holatini samaradorlik koeffisientlari vaqtlar qatori regression ekonometrik model` asosida 2025 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Aksiyadorlik jamiyatlari moliyaviy xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
aksiyadorlik jamiyatlarini iqtisodiy qo‘shilgan qiymat ko‘rsatkichida jamiyatning moliyaviy xavfsizlik holatini baholash taklifi ishlab chiqilgan “Kattaqo‘rg‘on yog‘-moy” aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 7 yanvardagi 16-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston yog‘-moy sanoat korxonasi uyushmasining 2021 yil 13 sentyabrdagi 644-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi natijasida aksiyadorlik jamiyatlarining iqtisodiy qo‘shilgan qiymat me’yorini aniqlash hamda korxona o‘z strategiyasini amalga oshirish uchun tashqi va ichki xatarlarga qarshi turish imkoniyatini bergan.
davlat ulushiga ega «Kattaqo‘rg‘on yog‘-moy» AJ moliyaviy xavfsizligini ta’minlashda davlat aksiya paketlarini «bitta aksiya bitta lot» tamoyilida sotish taklifi “Kattaqo‘rg‘on yog‘-moy” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari umumiy yig‘ilishining 2022 yil 12 yanvardagi 1/04/214-son qarori bilan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 15 fevraldagi 07/38-04-02-32/510-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi natijasida aksiyadorlik jamiyatlarini holatini baholashning indikatorlar hisoblangan likvidlilik koeffisienti, joriy likvidlilik koeffisienti, moliyaviy leveraj koeffisienti, o‘z mablag‘lari bilan ta’minlanganlik koeffisienti, o‘z kapitali rentabelligi koeffisienti (ROE), moliyaviy mustaqillik koeffisienti, dividendli daromad koeffisienti, dividendni to‘lash qobiliyati koeffisienti, P/E koeffisienti va P/B koeffisientlarni me’yorini aniqlash imkonini bergan;
aksiyadorlik jamiyatlari moliyaviy xavfsizligini ta’minlashda kapital rentabelligini tarkibiy qismlarini gorizantal ajratish orqali jamiyatining moliyaviy barqarorligini baholash taklifi “Kattaqo‘rg‘on yog‘-moy” aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 7 yanvardagi 16-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 15 fevraldagi 07/38-04-02-32/510-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi aksiyadorlik jamiyatlarining moliyaviy xavfsizligin ta’minlash darajasini aniqlash, aksiyadorlik jamiyatlarini moliyaviy xavfsizligin boshqarishda mavjud muammolarni hal qilish hamda jamiyatlarning moliyaviy manfaatlarini statistik va dinamik tahdidlardan himoyalanish darajasini miqdoriy baholash imkoniyatini bergan.
aksiyadorlik jamiyatlarning moliyaviy xavfsizlik holatini samaradorlik koeffisientlari vaqtlar qatori regression ekonometrik model` asosida 2025 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari aniqlangan “Kattaqo‘rg‘on yog‘-moy” aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 7 yanvardagi 16-son buyrug‘i bilan amaliyotga qo‘llanilgan (O‘zbekiston yog‘-moy sanoat korxonasi uyushmasining 2021 yil 13 sentyabrdagi 644-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi natijasida aksiyadorlik jamiyatining moliyaviy indikatorlariga ta’sir qiluvchi omillarning ta’sirini baholashga asoslangan ssenariy modellar yordamida prognoz qilingan. Ushbu prognoz aksiyadorlik jamiyatlarining moliyaviy xavfsizligini bahlovchi indiktorlarni o‘rta va qisqa muddatda o‘zgarishini hamda yaqin kelajakda aksiyadorlik jamiyatlari moliyaviy holatidagi o‘zgarishlarni aniqlashga xizmat qilgan.