Sayt test rejimida ishlamoqda

Sobirov Otabek Olimjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda boshqaruv xisobini takomillashtirish yo‘nalishlari», 08.00.08 – Buxgalteriya xisobi, iqtisodiy taxlil va audit (iqtisodiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Iqt1332.
Ilmiy rahbar: Pardaev Abdunabi Xoliqovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor; Kurbanov Ziyot Niyozovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya ishi ilmiy va amaliy axamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi  xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda boshqaruv hisobi yanada takomillashtirish bo‘yicha ilmiy jihatdan asoslangan ilmiy tavsiya va amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:    
mahsulotning tannarxi va bahosini byudjetlashtirish tamoyili asosida etkazib beruvchi, ishlab chiqaruvchi, sotuvchi bosqichlari bo‘yicha alohida hamda umumlashgan holda kal`kulyasiya qilish tizimi ishlab chiqilgan va uni hisob siyosatiga kiritish zaruriyati asoslangan;
mas’uliyat markazlarida xarajatlar miqdorini optimallashtirish maqsadida “AVS”, “Target kosting” va “Kayzen kosting” kal`kulyasion tizimlarni integrallashtirish asosida qo‘llash taklif etilgan;
mutaxassis-xodimlar faoliyati samaradorligini baholashning xarajat, daromad, foyda va investisiya markazlari bo‘yicha intellektual salohiyat, innovatsion faollik hamda investision jozibadorlik ko‘rsatkichlari taklif etilgan;
tannarxni kal`kulyasiya qilish hamda moliyaviy natijalarni hisobga olishni mas’uliyat markazlari bo‘yicha hisoblash asosida uni hisob siyosatida aks ettirish takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Boshqaruv hisobini tashkil etish va samaradorligini oshirish yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida: 
mahsulotning tannarxi va bahosini byudjetlashtirish tamoyili asosida etkazib beruvchi, ishlab chiqaruvchi, sotuvchi bosqichlari bo‘yicha alohida hamda umumlashgan holda kal`kulyasiya qilish tizimi ishlab chiqilgan va uni hisob siyosatiga kiritish zaruriyati asoslanganligi bo‘yicha taklifidan Chet el investisiyasi ishtirokidagi "Toshkentvino kombinati" aksiyadorlik jamiyatida boshqaruv hisobini tashkil qilish va yuritishda foydalanilgan. (Chet el investisiyasi ishtirokidagi "Toshkentvino kombinati" aksiyadorlik jamiyatining 2021 yil 26 oktyabrdagi 02/760-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif natijasida kombinatda yaxlit tarzda, shuningdek uning alohida olingan tarkibiy qismlari, xususan, mas’uliyat makazlarida ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxini byudjetlashtirish asosida kal`kulyasiya qilish imkoniyati yaratilgan, ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxni alohida mahsulot turlari bo‘yicha mas’uliyat markazlariga tegishli qismini uning o‘zida hisobga olish imkoniyati paydo bo‘lgan. Natijada alohida olingan mas’uliyat markazlarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotning shu segmentga tegishli xarajatlarini hisobga olish, tahlil qilish, chetlanishlarni aniqlash, nazorat qilib borish imkoniyati yaratilgan;
mas’uliyat markazlarida xarajatlar miqdorini optimallashtirish maqsadida “AVS”, “Target kosting” va “Kayzen kosting” kal`kulyasion tizimlarni integrallashtirish asosida qo‘llash bo‘yicha bergan takliflaridan Chet el investisiyasi ishtirokidagi "Toshkentvino kombinati" aksiyadorlik jamiyati tomonidan amaliyotda foydalanilgan. (Chet el investisiyasi ishtirokidagi "Toshkentvino kombinati" aksiyadorlik jamiyatining 2021 yil 26 oktyabrdagi 02/760-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotda qo‘llash natijasida kombinatda mahsulotlar bilan bir qatorda biznes-jarayonlarini va uning tarkibiy elementlari (jarayonlar va ishlar)ni ham normativ hisob ob’ektlari safiga kiritish va alohida hisobga olish imkoniyati yaratilgan. Natijada butun kombinat miqyosida, shuningdek uning alohida segmentlari, ya’ni mas’uliyat markazlarida ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxi bilan birgalikda uning harakati bilan bog‘liq barcha biznes-jarayonlarining xarajat va chiqimlarini alohida-alohida hisobga olish imkoniyati yaratilgan, ishlab chiqarilayotgan mahsulot tanarxini tashkil qiluvchi xarajatlari bo‘yicha vujudga keladigan chetlashishlar bo‘yicha hisobni tashkil etish imkoniyatini yaratilgan;
mutaxassis-xodimlar faoliyati samaradorligini baholashning xarajat, daromad, foyda va investisiya markazlari bo‘yicha intellektual salohiyat, innovatsion faollik hamda investision jozibadorlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflaridan Chet el investisiyasi ishtirokidagi "Toshkentvino kombinati" aksiyadorlik jamiyati amaliyotida foydalanilgan (Chet el investisiyasi ishtirokidagi "Toshkentvino kombinati" aksiyadorlik jamiyatining 2021 yil 26 oktyabrdagi 02/760-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif kombinatning mutaxassis-xodimlari faoliyatini ular faoliyatining bevosita natijasini ko‘rsatadigan mas’uliyat markazlari xarajatlari va daromadlari orqali baholash imkoniyatini yaratib bergan. Natijada har bir mutaxassis-xodimning mehnati samarasini uning xarajatdagi ulushi hamda daromadga qo‘shgan hissasi orqali baholash imkoniyati yaratilgan.
tannarxni kal`kulyasiya qilish hamda moliyaviy natijalarni hisobga olishni mas’uliyat markazlari bo‘yicha hisoblash asosida uni hisob siyosatida aks ettirish takomillashtirish bo‘yicha bergan taklifiidan Chet el investisiyasi ishtirokidagi "Toshkentvino kombinati" aksiyadorlik jamiyatining strategik maqsadlarga erishish darajasini prognozlashda foydalanilgan (Chet el investisiyasi ishtirokidagi "Toshkentvino kombinati" aksiyadorlik jamiyatining 2021 yil 26 oktyabrdagi 02/760-son ma’lumotnomasi).  Mazkur taklif kombinatda  xarajat va daromadlarning bevosita ular vujudga kelayotgan ob’ektlarda, ya’ni xarajat, daromad, foyda va investisiya markazlari bo‘yicha boshqaruv hisobini tashkil qilish imkoniyatini yaratib bergan. Natijada kombinat bo‘yicha uning alohida-alohida bo‘g‘inlarida xarajat va daromadlarni hisobga olish imkoniyati yaratilgan, shuningdek xarajat hamda daromad uchun mas’ullarni erishgan ijobiy natijalari uchun rag‘batlantirish yoki salbiy chetlanishlarga yo‘l qo‘yganliriga nisbatan tegishli chora-tadbirlarni ko‘rish imkoniyati yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish