Aliqulov Mehmonali Salohiddin o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sug‘urta tashkilotlarining investision faoliyatini takomillashtirish yo‘llari», 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Iqt1294.
Ilmiy rahbar: Xamidova Farida Abdulkarim qizi, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Karimov Norboy G‘anievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahri filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda sug‘urta tashkilotlarining investision faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sug‘urta (qayta sug‘urtalovchi) tashkilotlari investisiya faoliyatini ekstensiv tarzda rivojlantirish maqsadida ularning bo‘sh pul mablag‘larini yuridik shaxslar tomonidan chiqarilgan obligatsiyalarga joylashtirish taklif etilgan;
sug‘urta tashkilotlarida kutilmagan zararlarni oldini olish va moliyaviy barqarorligini mustahkamlash maqsadida zaxira jamg‘armasining cheklangan miqdorini sug‘urtalovchining ustav fondining 50 foizigacha oshirish taklif etilgan;
sug‘urta tashkilotlarining ixtiyorida bo‘lgan moliyaviy resurslarni joylashtirish jarayonida shaffoflikni ta’minlash maqsadida ochiq tanlov o‘tkazish lozimligi asoslangan;
investisiyalarni sug‘urtalash bo‘yicha xorijga qayta sug‘urtalashga uzatilayotgan sug‘urta majburiyatining 15 foizini ichki qayta sug‘urtalashga majburiy qoldirish taklif qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Sug‘urta tashkilotlarining investision faoliyatini takomillashtirish yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sug‘urta (qayta sug‘urtalovchi) tashkilotlari investisiya faoliyatini ekstensiv tarzda rivojlantirish maqsadida ularning bo‘sh pul mablag‘larini yuridik shaxslar tomonidan chiqarilgan obligatsiyalarga joylashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2009 yil 3 iyuldagi 68-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Sug‘urtalovchi va qayta sug‘urtalovchining investision faoliyati to‘g‘risida”gi Nizomga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar sifatida kiritildi (Moliya Vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligining 2021 yil 18 noyabrdagi KT/16-02-37-14/1405-son ma’lumotnomasi). Natijada sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) tashkilotlari uchun Kapital bozorida ishtirok etish va investision instrumentlardan keng foydalanish uchun zarur me’yoriy-huquqiy baza yaratilgan.
sug‘urta tashkilotlarida kutilmagan zararlarni oldini olish va moliyaviy barqarorligini mustahkamlash maqsadida zaxira jamg‘armasining cheklangan miqdorini sug‘urtalovchining ustav fondining 50 foizigacha oshirish taklifi “Alskom” AJ sug‘urta kompaniyasi tomonidan amaliyotga joriy qilindi (“Alskom” AJ sug‘urta kompaniyasining 2021 yil 23-noyabrdagi 04-1552-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni “Alskom” AJ sug‘urta kompaniyasi tomonidan amaliyotga joriy etilishi natijasida, sug‘urta tashkilotining sug‘urta zaxira jamg‘armasi miqdori 2020 yil 42 mlrd. so‘mni tashkil qilib, o‘tgan davrga nisbatan 113 foizga ortgan. 
sug‘urta tashkilotlarining ixtiyorida bo‘lgan moliyaviy resurslarni joylashtirish jarayonida shaffoflikni ta’minlash maqsadida ochiq tanlov o‘tkazish lozimligi asoslangan. Mazkur taklif “Alskom” AJ sug‘urta kompaniyasi tomonidan amaliyotga joriy qilindi (“Alskom” AJ sug‘urta kompaniyasining 2021 yil 23-noyabrdagi 04-1552-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida “Alskom” SKAJ sug‘urta kompaniyasining 2020 yildagi 42 mlrd. so‘m mablag‘larining yuqori stavkalarda joylashtirilishiga erishilgan. 
investisiyalarni sug‘urtalash bo‘yicha xorijga qayta sug‘urtalashga uzatilayotgan sug‘urta majburiyatining 15 foizini ichki qayta sug‘urtalashga majburiy qoldirish taklif qilingan (“Alskom” AJ sug‘urta kompaniyasining 2021 yil 23-noyabrdagi 04-1552-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif “Alskom” SKAJ sug‘urta kompaniyasi tomonidan 2022 yil uchun mo‘ljallangan Biznes rejasini ishlab chiqish loyihasiga kiritilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish