Xamraeva Gulchexra Shaxobovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi hakida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «COVID-19 bilan kasallangan bemorlarni ommaviy qabul qilishda reanimatsion xizmatni tashkil etish va intensiv terapiya xususiyatlari», 14.00.33 – Jamiyat salomatligi. Sog‘liqni saqlashda menejment, 14.00.37 – Anesteziologiya va reanimatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1. DSc/Tib525.
Ilmiy maslahatchilar: Akilov Xabibulla Ataullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ibadov Ravshan Alievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, ilmiy kengash raqami: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.63.01.
Rasmiy opponentlar: Sharipova Visolatxon Xamzaevna, tibbiyot fanlari doktori; Rizaev Jasur Alimdjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Iskandarova Shaxnoza Tulkinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotining maqsadi: SARS-CoV-2 koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni ommaviy qabul qilishda reanimatsion xizmatni samarali tashkil etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish hamda intensiv terapiya xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor, koronavirus infeksiyasini davolashga ixtisoslashtirilgan ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga bemorlar ommaviy kelib tushganida xavf guruhlari respirator qo‘llab-quvvatlashning dastlabki taktikasini COVID-19 koronavirus infeksiyasining og‘ir turlarida yosh va gender mezonlari bo‘yicha amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
kasallikning asoratli kechishida SARS-CoV-2 ning qonda trom xosil bo‘lish havfi yuqoriligi sababli salbiy oqibatlar ehtimolini laboratoriya uslubiyoti yordamida erta aniqlash intensiv davolash taktikasini tanlashga ta’sir etishi asoslangan;
respirator distress sindromining og‘ir atipik shakllarida siqilgan al`veolalarning ochilishi sababli qon saturatsiyasi darajasining o‘zgarishiga tanlangan respirator qo‘llab-quvvatlash va o‘pka ventilyasiyasi rejimlarining ta’siri aniqlangan;
nafas etishmovchiligining og‘irligiga qarab yuqori oqimli nazal oksigenoterapiya, o‘pkani noinvaziv yoki invaziv mexanik ventilyasiyasini o‘tkazish mezonlarini tanlash taktikasi takomillashtirilgan;
ilk bor COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda o‘pka to‘qimasining shikastlanish xajmiga agressiv patogenlar va mikroblar assotsiatsiyasi yuqoriligining (Klebsiella pneumoniae, Pseudomonas aeruginosa i Staphylococcus aureus) ta’siri asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
COVID-19 pandemiyasi sharoitida koronavirus bilan kasallangan bemorlarga reanimatsiya yordami ko‘rsatish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlarni optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yangi koronavirus infeksiyasi COVID-19 bilan kasallangan bemorlarni ommaviy qabul qilinganda malakali tibbiy yordamni tashkil etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida «COVID-19 pandemiyasi fonida bemorlar ommaviy qabul qilinishi sharoitida malakali tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkil etish tizimini optimallashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 27 sentyabrdagi 8n-z/306-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma reanimatsiya bo‘limlarida intensiv terapiya paytida taktik kamchiliklar va texnik nosozliklar fonida patologik jarayonning tezligi va sonini kamaytirish imkonini bergan;
yangi koronavirus infeksiyasi COVID-19 bilan kasallangan bemorlarni olib borish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida «COVID-19 bilan kasallangan bemorlar ommaviy qabul qilinganda intensiv terapiya protokollarini takomillashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 27 sentyabrdagi 8n-z/306-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma barcha qabul qilingan va reanimatsiya bo‘limlarida davolanganlar uchun o‘lim darajasini 5,8%dan 2,7% gacha kamaytirib, davolanish samaradorligini oshirgan va kasalxonada qolish muddatini qisqartirish imkonini bergan;
COVID-19 pandemiyasi sharoitida koronavirus bilan kasallangan bemorlarga reanimatsiya yordami ko‘rsatish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlarni optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, «Zangiota-1» va «Zangiota-2» Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘p tarmoqli yuqumli kasalliklar shifoxonalari amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 27 sentyabrdagi 8n-z/306-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari og‘ir va o‘ta og‘ir COVID-19da nafas olishni birlamchi qo‘llab-quvvatlash usulini tanlashda takomillashtirilgan taktik yondashuvlardan foydalanish invaziv ventilyasiyaga bo‘lgan ehtiyojni 17,4% dan 6,7% gacha kamaytirish imkonini bergan.