Toremuratov Muxammediyar Shadimuratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Qoraqalpog‘iston juft tuyoqlilari (Mammalia: Artiodastyla) faunasining zamonaviy holati, ekologiyasi va ahamiyati», 03.00.06 – Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/B324.
Ilmiy rahbar: Azimov Djaloliddin Azimovich, biologiya fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Zoologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.V.20.04.
Rasmiy opponentlar: Xolboev Faxriddin Raxmonkulovich, biologiya fanlari doktori, professor; Asenov Gappar, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Xorazm Ma’mun akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston juft tuyoqlilari faunasining hozirgi holatini kompleks o‘rganish, hayvonlar populyasiyasining transformatsiyalangan yashash hududlar sharoitiga ekologik moslashuvini izohlash va noyob turlarni muhofaza qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Qoraqalpog‘iston juft tuyoqlilari faunasining 5 ta turdan iborat - yovvoyi cho‘chqa, Buxoro bug‘usi, Ustyurt qo‘yi, sayg‘oq va jayronlarning zamonaviy soni aniqlangan;
Amudaryo quyi oqimi, Shimoli-G‘arbiy Qizilqum va Ustyurt platosining hududlarida juft tuyoqlilar alohida guruhlarining tarqalgan joylari aniqlangan;
juft tuyoqlilar populyasiyalari sonini cheklovchi asosiy omillari brokonerlik va ular yashash joylarining doimiy qisqarish sabablari ochib berilgan;
Buxoro bug‘usi, jayron, sayg‘oq, Ustyurt qo‘yi va yovvoyi cho‘chqa alohida guruhlarining uchragan joylari koordinatalari aniqlangan;
juft tuyoqlilarning 26 turdan iborat parazit gel`mintlari faunasi tarkibi aniqlangan va gel`mintlarning ba’zilari qishloq xo‘jalik hayvonlari va odamlar uchun xavfli tabiiy o‘choqli gel`mintiozlarni shakllantirishda ishtirok etishi baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Qoraqalpog‘iston juft tuyoqlilari (Mammalia: Artiodastyla) faunasining zamonaviy holati, ekologiyasi va ahamiyati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot, Mo‘ynoq, Qorao‘zak va Taxtako‘pir tumanlari hududlarida tarqalgan 2609 (895 bosh yovvoyi cho‘chqa, 1429 bosh Buxoro bug‘usi, 238 bosh Jayron, 40 bosh Sayg‘oq, 7 bosh Ustyurt qo‘yi) juft tuyoqli hayvon turlarining tumanlar kesimida taqsimlanishini aks ettiruvchi ma’lumotlar bazasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi Komitetining 2021-yil 19 oktyabrdagi № 491 – sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatilgan tumanlardagi ovlanadigan va himoyaga muhtoj turlar tarqalgan populyasiyalarni aniqlash va yashash muhitlarini muhofazalash imkonini bergan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida yashaydigan noyob va ovlanadigan juft tuyoqlilarning geografik tarqalishi, turlar tarkibi va soni yuzasidan olingan ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan kadastr ma’lumotlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining Qo‘ng‘irot va Mo‘ynoq tumani bo‘limlari amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining 19 oktyabr 2021 yil № 01/18 - 2244-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Ustyurt platosi, Sharqiy va Janubiy chink hududlarida uchraydigan noyob juft tuyoqlilar hisobini mavsumiy aniqlash va ular sonini uzoq muddatli monitoringini yuritish imkonini bergan;
Ustyurt platosi, Sharqiy va Janubiy chink hududlarida uchraydigan yovvoyi cho‘chqa, jayron, sayg‘oq va Ustyurt qo‘yi tarqalgan hududlar va ularning GAT xaritalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining Qo‘ng‘irot va Mo‘ynoq tumani bo‘limlari amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining 19 oktyabr 2021 yil № 01/18 - 2244-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, noyob turlarni brakon`erlardan muhofaza qilish, yo‘qolib ketish xavfini kamaytirish, ov ob’ektlariga qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritish imkonini bergan.