Pardaev Otabek To‘xtamishovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Qattiq fazali ekstraksiyada kumush va reniylarning N,P,S-tutgan organik ligandlar bilan kompleks hosil qilishi», 02.00.01 - Noorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/K454.
Ilmiy rahbar: Daminova Shaxlo Sharipovna, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.K.01.03.
Rasmiy opponentlar: Umarov Baqo Bafoevich, kimyo fanlari doktori, professor; Fatxullaeva Muyassar, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qattiq fazali ekstraksiyada kumush va reniylarning N,P,S-tutgan organik ligandlar bilan kompleks hosil qilish xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor kumush va reniyning AVI, MAV, FAB bilan aralash ligandli 14 ta yangi kompleks birikmalar sintez qilingan;
rentgenfazaviy va spektral usullar yordamida sintez qilingan yangi birikmalarning individualligi hamda geterohalqali organik ligandlarning kumush va reniy ionlariga koordinatsiyalashuvi aniqlangan;
ilk bor 2-amino-1-metilbenzimidazol monogidrati, 2-amino-1-metilbenzimidazol sul`fat tuzlari xamda 2-aminobenzimidazol perrenat komleks birikmasining kristall strukturasi aniqlangan;
sintez qilingan birikmalarning termik xossalari aniqlangan va termoliz mahsulotlari identifikatsiyalangan;
kvant-kimyoviy usullar yordamida ligandlar va sintez qilingan birikmalarning geometrik va energetik parametrlari, atomlarda zaryadlarning taqsimoti, geometriyasi va reaksion qobiliyati aniqlangan;
ilk bor noionogen stirol-divinilbenzol sopolimeri asosidagi polimer matrisa va faollashgan ko‘mirga metall ioni tabiatidan kelib chiqqan holda AVI, MAV, FAB, dietilditiokarbamat (DEDTK), difeniltiokarbazon (Dtz), benzgidroksam kislota (BGK), tributilfosfat (TBF) va trialkilamin (TAA) larni impregnirlab, xossalari oldindan belgilangan yangi qattiq ekstragentlar olingan;
ilk bor olingan qattiq ekstragentlarning Ag(I) va Re(VII) ionlariga nisbatan sorbsion va kinetik xususiyatlari, sorbsiya jarayonining qulay sharoiti aniqlangan;
sorbent fazasida hosil bo‘ladigan komplekslar tarkibi va tuzilishining Ag(I) va Re(VII) ionlari sorbsiyasiga ta’siri ko‘rsatilgan, sorbsiya mexanizmi, desorbsion xossalar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Qattiq fazali ekstraksiyada kumush va reniylarning N,P,S-tutgan organik ligandlar bilan kompleks hosil qilish xossalarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ikkita yangi birikmalarning rentgen tuzilishi tahlili natijalari Kembrij kristallografik ma’lumotlar bazasiga kiritilgan (The Cambridge Structural Database, https://www.ccdc.cam, CCDC: 2091084, 2091085). Natijada bazaga kiritilgan yangi kimyoviy birikmalar o‘xshash birikmalarni sintez qilishda, tuzilishini tavsiflash imkonini bergan;
MN202-MAV, MN202-AVI, AU-TBF sorbentlari «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKda texnologik eritmalaridan reniy ionlarni ajratib olish jarayoniga joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKning 2021 yil 21 iyundagi 02-06-07/6452-son ma’lumotnomasi). Natijada reniyni ajratish jarayonida an’anaviy qo‘llaniladigan importli sorbentlarga nisbatan MN202-ABI al`ternativ sifatida ko‘rib chiqish imkonini bergan;
olingan qattiq ekstragentlar va sorbentlar OT-F7-48 raqamli «Polimer materiallar sirtiga immobillangan metallar nanozarrachalarining fazaviy o‘zgarishlari mexanizmini tadqiq qilish» mavzusidagi loyihada texnologik va ekologik maqsadlar uchun yangi sorbsion materiallarni yaratish va chiqindi suvlardan metall ionlarini tozalashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 4 noyabrdagi 89-06-955-son ma’lumotnomasi). Natijada reniyni sorbentlar yordamida konsentrlab spektrofotometrik aniqlash imkonini bergan.