Abdullaev O‘lmasbek Ravshanbekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Xorazm vohasi haqiqiy arilari (Vespidae): taksonomiyasi, bioekologik xususiyatlari va tarqalishi», 03.00.06 – Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/B315.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Ikram Iskandarovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Xorazm Ma’mun akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.V.20.04.
Rasmiy opponentlar: Zokirov Islomjon Ilxomjonovich, biologiya fanlari doktori, dotsent; Koshhanov Dauletbay Erejepovich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Nukus davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonning shimoliy qismi Xorazm vohasi hududida haqiqiy arilar – Vespidae oilasining faunasi va turlarning bioekologik xususiyatlarini aniqlash, biotoplardagi ahamiyatini ochib berish hamda chora-tadbirlar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xorazm vohasi tabiiy va antropogen landshaftlaridagi haqiqiy arilar (Vespidae) oilasining faunasi 3 ta kenja oila (Eumeninae, Polistinae, Vespinae) 8 ta avlodga mansub 14 turdan iborat ekanligi aniqlangan;
ilk bor O‘zbekiston faunasi uchun Vespidae oilasining 4 ta turi (Antepipona nigricornis, Odynerus simillimus, Eumenes dubius, Syneuodynerus egregius), Xorazm vohasi faunasi uchun esa 11 ta turi aniqlangan;
Xorazm vohasida haqiqiy arilarning GAT texnologiyalariga asoslangan ma’lumotlar bazasi asosida tarqalish xaritasi ishlab chiqilgan;
ilk bor mintaqada Vespidae faunasining areologik tahlili asoslangan;
haqiqiy arilar zararini oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Xorazm vohasi haqiqiy arilari (Vespidae): taksonomiyasi, bioekologik xususiyatlari va tarqalishi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida: 
Quyi Amudaryo hududi va Xorazm vohasida haqiqiy arilarning tur tarkibi, tarqalishi va xo‘jalikdagi ahamiyati o‘rganilgan. Tadqiqotlar davomida 3 kenja oila, 8 avlodga mansub 14 ta Vespula germanica (Fabricius, 1793), Vespula rufa (Linnaeus, 1758), Vespa orientalis (Linnaeus, 1771), Vespa crabro (Linnaeus, 1758), Dolichovespula sylvestris (Scopoli, 1763), Polistes dominula (Christ, 1791), Polistes wattii (Cameron, 1900), Polistes gallicus (Linnaeus, 1767), Antepipona nigricornis (Morawitz, 1885), Odynerus simillimus (Morawitz, 1867), Eumenes crimensis (Blüthgen, 1938), Eumenes dubius (Saussure, 1852), Eumenes mediterraneus (Kriech, 1879), Syneuodynerus egregius (Schäffer, 1839) turlari aniqlanib, bioekologik xususiyatlari o‘rganilgan va Qoraqalpog‘iston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya qo‘mitasining 2021 yil 20 maydagi 01/18-1150-son ma’lumotnomasi). Natijada, hududda Vespidae oilasi faunasi ro‘yxati va kadastriga kiritilib, ularning arealini ma’lumotlar bazasiga tushirish, turlar tarqalgan hududlarni o‘zgarish jarayonlarini monitoring qilish, shuningdek, ularning faoliyati zararkunanda hasharotlar populyasiyasini tartibga solishda, atrof-muhit uchun zararli bo‘lgan kimyoviy preparatlardan foydalanishni kamaytirib, tabiiy biologik nazoratdagi jarayonda muhim rol o‘ynashini aniqlash imkonini bergan.
Zoologiya kolleksiyasi fondini boyitish uchun hasharotlarning Vespidae haqiqiy arilar oilasining 3 kenja oila, 8 avlod 14 ta turlarga mansub 32 nusxa hasharot namunalari Xorazm vohasidan yig‘ilgan va kolleksiyaga topshirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2021 yil 05 maydagi 4/1255-1305-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu kolleksiya namunalari Respublikamizning turli hududlarida Vespidae haqiqiy arilar tur tarkibini aniqlash uchun qiyosiy tahlil o‘tkazishda, ularning morfo-biologik va ekologik xususiyatlarini o‘rganishda va atlas tayyorlashda foydalanish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish