Bekbutaeva Nargiza Nurgalievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «“Olmalik KMK” AJning kamyob metallar ishlab chikarishida hosil bo‘ladigan chiqindi eritmalaridan molibdenni ajratib olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.19 – Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar kimyoviy texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T2379.
Ilmiy rahbar: Sharipov Xasan Turabovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent davlat texnika universiteti “Fan va taraqqiyot” DUK, “Olmalik KMK” AJ.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti huzuridagi DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Sharafutdinov Ulugbek Ziyatovich, texnika fanlari doktori; Tolibov Behzod Ibrohim o‘g‘li, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISiS»ning Olmaliq shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: «Olmaliq KMK» AJni kamyob metallar ishlab chiqarishida hosil bo‘ladigan sul`fat kislotali chiqindi eritmalardan molibdenni ajratib olishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuqori konsentratsiyadagi sul`fat kislotali chiqindi eritmalar tarkibida molibdenning mavjud bo‘lish shakllari va mazkur eritmalarda molibden asosan kompleks molibdenil sul`fat anionlar [MoO2(SO4)n]-(2n-2) va MoO2SO4 tarkibidagi molibdenil-ion MoO22+ shaklida ekanligi aniqlangan;
turli smolalar bilan sorbsiyalash jarayoni natijasida kislotali eritmalardan xelat kationit S-957, rN-2 gacha kislotaligi kamaytirilgan eritmalardan esa molibden A-100 Mo smolasi yordamida ajratib olinishi aniqlangan;
S-957 va A-100 Mo smolalaridan molibdenni desorbsiyalash jarayoni natijasida molibdenil-ionni molibdat ioniga rekombinatsiyasi hisobiga S-957 smolasida desorbsiya sekin va ko‘p bosqichli kechishi aniqlangan;
chiqindi eritmalardan molibdenning S-957 kationitida va A-100 Mo anionitida sorbsiyalanish jarayoni smolalarning funksional guruhlari bilan [MoO2(SO4)n]-(2n-2) kompleks anionlar va MoO22+ molibdenil-ionlarning o‘zaro ta’siri mexanizmi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
«Olmaliq KMK» AJni kamyob metallar ishlab chiqarishida hosil bo‘ladigan sul`fat kislotali chiqindi eritmalardan molibdenni ajratib olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
molibdenni sul`fat kislotali chiqindi eritmalardan sorbsiya usuli bilan ajratib olish texnologik sxemasi «Olmaliq KMK» AJning mis eritish zavodi kamyob metallar ishlab chiqarish sexida joriy qilingan («Olmaliq KMK» AJning 2022 yil 6 apreldagi AA-002628-son ma’lumotnomasi). Natijada, molibdenni chiqindi eritmalardagi miqdoridan 72% ni ajratib olish imkonini bergan;
to‘yingan A-100 smolasidan 12%li ammiakning eritmasi yordamida Mo desorbsiya qilish texnologiyasi «Olmaliq KMK» AJning mis eritish zavodi kamyob metallar ishlab chiqarish sexida joriy qilingan («Olmaliq KMK» AJning 2022 yil 6 apreldagi AA-002628-son ma’lumotnomasi). Natijada, 76,9% MoO3 tarkibli texnik tetramolibdat ammoniyni olish imkonini bergan.