Nurmatova Maloxat Ismatovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Imidakloprid va atsetamipridning kimyo-toksikologik tahlil usullarini ishlab chiqish», 15.00.02 – Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Far51.
Ilmiy rahbar: Yuldashev Zakirdjan Abidovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent farmatsevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.04/30.12.2019.Far.32.01.
Rasmiy opponentlar: Tillaeva Gulnora Urinbaevna, texnika fanlari doktori, professor; Yuldashev Oybek Mambetovich, farmatsevtika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: imidakloprid va atsetamiprid bilan zaharlanish holatlarining ilmiy jihatdan asoslangan sud-kimyo va kimyo-toksikologik tahlil usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor biologik suyuqlik hamda ob’ektlardan imidakloprid va atsetamipridni ajratib olishning amaliy jihatdan asoslangan uslublari ishlab chiqilgan; 
imidakloprid va atsetamipridni kimyo-toksikologik nuqtai-nazardan YuQX, YuSSX, UB-SF usulida identifikatsiya qilish va tahlil uslublari ishlab chiqilgan hamda mazkur pestisidlarning miqdorini ushbu tahlil uslublarida aniqlangan; 
imidakloprid va atsetamipridni organik erituvchilar yordamida suvli muhitdan ekstraksiyalanishi, bu jarayonga ta’sir etuvchi omillar, jumladan, organik erituvchilar tabiati, eritmaning rN ko‘rsatkichi, ekstraksiya soni, elektrolitlarning ta’siri aniqlangan va olingan natijalar asosida ushbu moddalarni biosuyuqliklardan ajratib olish uslubi ishlab chiqilgan;
imidakloprid va atsetamipridni biologik ob’ektlarda saqlanish muddatlari va bu jarayonga ta’sir qiluvchi omillar ta’siri hamda mazkur pestisidlar bilan zaharlanishlar sodir bo‘lgan holatlarda ularni ichki a’zolariga tarqalishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Imidakloprid va atsetamiprid kimyo-toksikologik tahlil usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
«Biologik suyuqliklardan atsetamiprid va imidaklopridni ajratib olish va tahlil qilish» (11.06.2021 y. №8 n-r/491 va 28.07.2021y № 8n-r/ 693) uslubiy tavsiyanomalari Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazipligining 2022 yil 9 fevraldagi 08-09/4353-son ma’lumotnomasi). Natijada, pestisidlar bilan zaharlanishlarni tahlil qilish imkonini bergan;
«Imidakloprid va atsetamipridni biologik ob’ektdan ajratib olish va tahlil qilish» (11.06.2021 y. №8 n-r/490) uslubiy tavsiyanoma Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan  (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazipligining 2022 yil 9 fevraldagi 08-09/4353-son ma’lumotnomasi). Natijada, imidakloprid va atsetamiprid pestisidlari bilan o‘tkir zaharlanishlar sodir bo‘lganda biologik ob’ektlarni sud-tibbiy ekspertiza nuqtai nazaridan tahlil qilish imkonini bergan;
imidakloprid va atsetamipridning kimyo-toksikologik tahlil usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi hamda uning viloyatlardagi filiallari amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazipligining 2022 yil 9 fevraldagi 08-09/4353-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu pestisidlar bilan zaharlanish ro‘y berganda imidakloprid va atsetamipridni biologik ob’ektlar tarkibidan tezkor va aniq kimyo-toksikologik tahlilini amalga oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish