Musaeva Nigora Abrarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Quljuqtov eotsen yotqiziqlarining foraminiferalar bo‘yicha stratigrafiyasi (Markaziy Qizilqum)», 04.00.05 –Paleontologiya va stratigrafiya (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/GM103.
Ilmiy rahbar: Kushakov Abdulla Romanovich, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Neft` va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti, DSc.24/30.12.2019.GM.41.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xusanov Sultonboy Tuxtaevich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Djalilov G‘affur G‘anievich, geologiya-mineralogiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Geologiya va geofizika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Quljuqtov tog‘lari eotsen bo‘limi yotqiziqlarining stratigrafiyasini takomillashtirish va muvofiqlashtirish uchun foraminiferalar majmualarini batafsil aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Quljuqtov tog‘ining g‘arbiy va sharqiy qismlardagi eotsen bo‘limi yotqiziqlaridagi foraminiferalar o‘rganilgan bo‘lib, ular asosida stratigrafik jihatdan tabaqalanganligi va ular o‘zaro taqqoslanganligi bilan asoslangan;
Quljuqtov tog‘i paleogen yotqiziqlarining stratigrafik sxemasini O‘zbekistonning umumiy stratigrafik shkalasi, Rossiyaning umumiy stratigrafik shkalasi va Xalqaro stratigrafik shkalasi bilan o‘zaro bog‘liqligi isbotlangan;
Quljuqtov tog‘i paleogen davri yotqiziqlaridan topilgan foraminiferalar 62 avlodga mansub bo‘lib, unda 130 turdagi foraminiferalar aniqlangan;
ilk bor 13 avlodga mansub 20 turdagi foraminiferalarning monografik ta’rifi berilgan hamda 1ta yangi tur Nodosariata Mikhalevich kenja sinfi, Nodosariida hrenberg turkumi, Nodosariina Ehrenberg kenja turkumi,Vaginulinidae Reuss, oilasi, Lenticulininae Chapman & Parr & Collins, kenja oilasi, Robulus de Montfort avlodi, tur Robulus firdaus Musayeva, sp. nov. aniqlangan va taksonomik tarkibi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Quljuqtov tog‘ida bajarilgan stratigrafik tadqiqotlar eotsen yotqiziqlarining foraminiferalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
har xil turdagi foraminiferalarning tarqalish hududlarini aniqlash uchun tavsiyanoma “Toshkentgeologiya”AJda amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2021 yil 13 apreldagi 05-23-son ma’lumotnomasi). Natijada eotsen yotqiziqlarining yoshini aniqlash imkonini bergan;
foraminiferalarning qatlamlarda vertikal yo‘nalishda tarqalish sxemasi ishlab chiqilgan va tadqiqot ishlarini olib borish uchun tuzilgan tavsiyanoma “Toshkentgeologiya” AJda amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2021 yil 13 apreldagi 05-23-son ma’lumotnomasi). Natijada, tavsiyanoma Quljuqtov tog‘i paleogen davri yotqiziqlarini vertikal yo‘nalishda tabaqalashtirish imkonini bergan;
Quljuqtov tog‘i eotsen yotqiziqlaridagi foraminiferalar qoldiqlarining Rossiya, Qozog‘iston va boshqa hududlardagi foraminifera komplekslarini aniqlash bo‘yicha tavsiyalar “Toshkentgeologiya” AJda amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2021 yil 13 apreldagi 05-23-son ma’lumotnomasi). Natijada, maydon bo‘ylab tarqalgan eotsen davri qatlamlarining yoshi va stratigrafiyasini aniq belgilash imkonini bergan.