Raxmanov Mexridin Sindarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Tijorat banklari faoliyatini iqtisodiy-matematik modellashtirish yo‘llari (bank operatsiyalari misolida)”, 08.00.06 – Ekonometrika va statistika (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Iqt.1115. 
Ilmiy rahbar: Mirzaev Farhod Isamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti, DSc 29/30.12.2019.I.92.01.
Rasmiy opponentlar: Mirzaev Imomnazar Qalandarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Xotamov Ochildi Qurbanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tijorat banklari daromadini oshirishda ularning operatsiyalarini iqtisodiy-matematik modellashtirish orqali takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aksiyalarning real (bozor) va nominal narxi o‘rtasidagi farq ko‘rsatkichlarini hisobga olish orqali tijorat banklarining fond bozorida aksiyalarga ta’sir qiluvchi moliyaviy risklarni ta’sirchanlik darajasining 2024 yilgacha prognozi ishlab chiqilgan va shu asosda Gauss Copulasi modeli takomillashtirilgan; 
depozitlarni o‘tgan ma’lum bir davrdagi o‘rtacha bahosi (depozitning yig‘ma) ko‘rsatkichini hisobga olish orqali jalb qilinadigan depozitlar xajmini 2024 yigacha prognozi ishlab chiqilgan va Laplas integral formulasiga depozit qo‘yilmalari mijozlarini muddatidan oldin mablag‘larini qaytib olish ehtimoli hisoblashni kiritish taklif etilgan;
tijorat banklarida qimmatli qog‘ozlarning o‘tgan davrdagi bahosini siklik ya’ni, davriy yuqorilash va pasayishini takrorlanib turishini hisobga olish orqali aksiyalar narxining xavfsiz chegarasini 2024 yilgacha prognozi ishlab chiqilgan va Safety-first modelida lagoparobalik chiziqlaridan foydalanish taklif etilgan;
tijorat banklarida depozit qo‘yilmalari foizi stavkasi bilan beriladigan bank kreditlari foizi stavkasi o‘rtasidagi farqlanishni aksiyani real narxiga bog‘langan holda qisqartirish orqali bank mijozlari sonini oshirishi imkoniyati asoslangan va  ko‘p omilli indeks usuliga kiritish taklif etilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Tijorat banklari faoliyatini ekonometrik modellar asosida takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan takliflar asosida:
aksiyalarning real (bozor) va nominal narxi o‘rtasidagi farq ko‘rsatkichlarini hisobga olish orqali tijorat banklarining fond bozorida aksiyalarga ta’sir qiluvchi moliyaviy risklarni ta’sirchanlik darajasining 2024 yilgacha prognozi bo‘yicha taklifi “Agrobank” faoliyatiga joriy etilgan (“Agrobank” ATB boshqaruv raisining 2020 yil 28 avgustdagi 89/4-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida moliyaviy risklarni boshqarish imkoniyati yaratilgan va shu asosida bankning 441 dona aksiyalar emissiya qilib daromad darajasini tizimli ravishda yuqori bo‘lishi ta’minlangan;
depozitlarni o‘tgan ma’lum bir davrdagi o‘rtacha bahosi (depozitning yig‘ma) ko‘rsatkichini hisobga olish orqali jalb qilinadigan depozitlar xajmini 2024 yigacha prognozi bo‘yicha taklifi “Agrobank” depozit siyosatiga kiritilgan (“Agrobank” ATB Boshqaruv raisining 2020 yil 6 fevraldagi 14/2-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi natijasida aholi va xo‘jalik sub’ektlaridan jalb qilingan depozitlar miqdorini 67,3 foizga o‘sishga erishilgan;
tijorat banklarida qimmatli qog‘ozlarning o‘tgan davrdagi bahosini siklik ya’ni, davriy yuqorilash va pasayishini takrorlanib turishini hisobga olish orqali aksiyalar narxining xavfsiz chegarasini 2024 yilgacha prognozi ishlab chiqilgan taklifi “Agrobank”va “Mikrokreditbank” faoliyatiga joriy etilgan (“Agrobank” ATB Boshqaruv raisining 2020 yil 29 yanvardagi 11/2-son ma’lumotnomasi, “Mikrokreditbank” ATB Boshqaruv raisining 2021 yil 19 may 05-26/2686-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni joriy etilishi natijasida bankning bozordagi aksiyalar narxining xavfsiz chegarasini 1175 so‘m belgilash asosida bank daromadini 17,2 foizga oshirilishga erishilgan;
tijorat banklarida depozit qo‘yilmalari foizi stavkasi bilan beriladigan bank kreditlari foizi stavkasi o‘rtasidagi farqlanishni aksiyani real narxiga bog‘langan holda qisqartirish orqali bank mijozlari sonini oshirish taklifi “Agrobank” va “Mikrokreditbank“faoliyatiga joriy etilgan (“Agrobank” ATB Boshqaruv raisining 2020 yil 30 martdagi 35/5-son ma’lumotnomasi, ”Mikrokreditbank”ATB Boshqaruv raisining 2021 yil 19 may 05-26/2686-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida bank mijozlari sonini oshirish hisobiga bankning foizli daromadi o‘tgan yilga nisbatan 5,2% o‘sishiga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish