Salaev Dilshodbek Jumanazarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini isloh qilish masalalari (NNT misolida)», 23.00.02 – Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ss128.
Ilmiy rahbar: Jo‘raev Narzulla Qosimovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ss.01.08.
Rasmiy opponentlar: Omonov Baxtiyor Axtamovich, siyosiy fanlar doktori; Dehqonov Narimon Burhonjonovich, siyosiy fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlari shakllanishi va rivojlanishi jarayonlarini taraqqiyotning yangi bosqichidagi islohotlar asosida takomillashuvining asosiy tendensiyalari tashkil etadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fuqarolik jamiyati rivoji yangi bosqichida xalq bilan muloqot tizimining “qayta aloqa” fuqaro+davlat, mahalla+davlat, NNT+davlat, jamiyat+davlat mexanizmi orqali sifat va natijadorlikka erishilishi jamiyatni baholashning muhim ko‘rsatkichi ekanligi ochib berilgan; fuqarolik jamiyati sharoitida milliy manfaatlarni ro‘yobga chiqarish yoshlar manfaati, orzu-istaklariga bevosita bog‘liq ekanligi yoshlar siyosiy ongi, ijtimoiy faolligi, tafakkuri va madaniyatini daxldorlik+ mas’uliyat+javobgarlik fazilatlari bilan rivojlantirish asoslab berilgan;
gorizontal darajada: fuqarolar - fuqarolik jamiyati institutlari bilan, vertikal darajada: fuqarolar - davlat hokimiyati organlari o‘rtasida elektron muloqot maydonini faol rivojlantirish sub’ektiv omillardan holi bo‘lgan jamiyatning negizi bo‘lishi ochib berilgan;
jamiyatda inson qadr-qimmatini yuksaltirish fuqarolik jamiyati institutlarining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy sohalarda o‘z-o‘zini boshqarish, jamoatchilik nazorati, milliy qadriyatlarga sodiqlik, manfaatlar uyg‘unligi kabi yetakchi mexanizmlar asosidagi faoliyatining natijasi ekanligi ilmiy asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini isloh qilish masalalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini yanada rivojlantirish, ularni ijtimoiy-siyosiy islohotlar jarayonida ishtirokini faollashtirish borasida ishlab chiqilgan amaliy taklif va tadqiqot natijalari asosida: fuqarolik jamiyati rivoji yangi bosqichida xalq bilan muloqot tizimining “qayta aloqa” fuqaro+davlat, mahalla+davlat, NNT+davlat, jamiyat+davlat mexanizmi orqali sifat va natijadorlikka erishilishi jamiyatni baholashning muhim ko‘rsatkichi ekanligi bilan bog‘liq ilmiy xulosalardan ilmiy xulosalardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining №PZ-20170928710-sonli “Harakatlar strategiyasini bajarish davrida mamlakatimizda ma’naviy xavfsizlikni ta’minlash masalalari” (OAV misolida) mavzusidagi loyihasi doirasidagi materiallarni yaratishda foydalanildi ( O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 7 iyuldagi 89-03-2453-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu loyiha doirasida yaratilgan “Tamaddunga da’vat”, “Ijtimoiy kapital – fuqarolik jamiyatining muhim mezoni”, nomli o‘quv qo‘llanmalarning yaratilishida dissertatsiyaning asoslantirilgan xulosalari xizmat qilgan;
fuqarolik jamiyati sharoitida milliy manfaatlarni ro‘yobga chiqarish yoshlar manfaati, orzu-istaklariga bevosita bog‘liq ekanligi yoshlar siyosiy ongi, ijtimoiy faolligi, tafakkuri va madaniyatini daxldorlik+mas’uliyat+javobgarlik fazilatlari asosida rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan tadqiqot xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining “Besh tashabbus olimpiyadasi”, “ Yosh kitobxon” kabi loyhalarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi 2022 yil 31 martdagi 04-13-23-849-son ma’lumotnomasi). Natijada, siyosiy institutlarining yoshlar ma’naviy salohiyatini yuksaltirish, yoshlar tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadiriyatlarning o‘rnini yanada mustahkamlashda ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etishi va samaradorligi oshishiga erishilgan.
gorizontal darajada: fuqarolar - fuqarolik jamiyati institutlari bilan, vertikal darajada: fuqarolar - davlat hokimiyati organlari o‘rtasida elektron muloqot maydonini faol rivojlantirish sub’ektiv omillardan holi bo‘lgan shaffof, tezkor, tahdidbardosh, korrupsiyasiz jamiyatning negizi bo‘lishi bilan bog‘liq ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining “Yangi O‘zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi”ni 2022 yilda amalga oshirishga oid davlat Dasturini ijrosini ta’minlash bo‘yicha Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining “Yo‘l haritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi ijroiya qo‘mitasining 2022 yil 8 apreldagi 01-27/166-son ma’lumotnomasi). Natijada, partiyaning Davlat dasturini bajarilishidagi ishtirokini amalga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqishga, elektorat o‘rtasida mafkuraviy-targ‘ibot ishlarini olib borishga xizmat qilgan.
fuqarolik jamiyati institutlarining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy sohalarda o‘z-o‘zini boshqarish, jamoatchilik nazorati, milliy qadriyatlarga sodiqlik, manfaatlar uyg‘unligi kabi yetakchi mexanizmlar asosidagi faoliyatining samarali natijasi jamiyatda inson qadr-qimmatini yuksaltirish darajasiga xizmat qilishi bilan bog‘liq taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 4 maydagi 285-sonli buyrug‘i asosida nashr etilgan “Fuqarolik jamiyati” o‘quv qo‘llanmasini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 23 noyabrdagi 89-03-4888–son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu qo‘llanmaning “Mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rni” (I bob, 55-bet), “O‘zbekistonda kuchli fuqarolik jamiyati shakllanishining asosiy mezonlari” (2.3-§, 56-63-betlar) kabi bob hamda paragraflarini yoritishda dissertatsiyaning asoslantirilgan xulosalari hizmat qilgan.