Umurzakova Muyassar Abubakirovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yassi quyosh – xavo isitgichlarning energetik samaradorligini xisoblash usullarini takomillashtirish”, 05.05.01 – “Energetika tizimlari va majmualari”,
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V 2022.1.DSc/96.
Ilmiy rahbar: Zaxidov Romen Abdullaevich, texnika fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zR FA Energetika muammolari instituti, DSc.02/30.12.2021.T.143.01.
Rasmiy opponentlar: Alimgazin Altay Shurumbaevich, texnika fanlari doktori, professor (Kozog‘iston); Iskandarov Zafar Samandarovich, texnika fanlari doktori, professor; Kolesnikov Igor` Konstantinovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muxandislik – iqtisod instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Reynol`dsning kichik (Re < 2300) sonlarida yassi quyosh-xavo isitgichlarda issiqlikni rekuperatsiyalash samaradorligi nazari- yasini rivojlantirish va uning asosida isitgitchning optimal issiqlik-texnik ko‘rsatkichlarini aniqlash uchun nomogrammani ishlab chiqish xamda Reynol`dsning kattalashgan (Re>2300) sonlarida YaQXI uchun issiqlik-energetik samaradorligi tenglamasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yassi quyosh-havo isitgichning energetik samaradorligini aniqlash usuli absorber yuzasida xosil bo‘ladigan issiqlik energiyasini konveksiya jarayoni hisobiga issitgichning kanalidagi havoga uzatilishi asosida takomillashtirilgan;
isitgichda havoning tabiiy harakatlanishida issiqlik berishni jadallashtirish hisobiga aerodinamik qarshilikni kamaytirish va issiqlik-energetik samaradorlik ko‘rsatkichlarining bog‘liqligini ifodalovchi matematik model ishlab chiqilgan;
issiqlikni rekuperatsiyalash samaradorligini issiqlik balansi, issiqlik uzatuvchi kanallarning vertikal va gorizontal joylashuvini e’tiborga olinib, uzatish nisbati kattaligi bo‘yicha aniqlash asoslangan;
yassi quyosh-havo isitgichining absorberida issiqlikni jadallashtiruvchi turbulizator uyurmalarni xosil qilish asosida xarorat va konstruktiv parametrlarining o‘zgarishi isbotlanib, issiqlik almashinuvining matematik modeli ishlab chiqilgan;
issiqlik uzatishi jadallashtirilgan yassi quyosh-havo isitgichlarining issiqlik almashinish va aerodinamik qarshiligini taqqoslashning issiqlik-energetik samaradorligi yuqori Reynol`ds (Re>2300) sonlari uchun asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Yassi quyosh-havo isitgichlarning samaradorligini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
quyosh-havo isitgichi va quritish kamerasidan iborat bo‘lgan quyoshli quritish qurilmasi irrigatsiya tizimining Sirdaryo–So‘x xavzasi boshqarmasi qoshidagi nasos stansiyalar va energetika boshqarmasiga joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 25 noyabrdagi 03/25–4514-son ma’lumotnomasi). Natijada bir yilda 59733,3 kVt∙soat elektr energiya miqdorini tejamash imkonini bergan;
yassi quyosh-havo isitgichi Sirdaryo–So‘x xavzasi boshqarmasi qoshidagi nasos stansiyalar va energetika boshqarmasiga joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 25 noyabrdagi 03/25–4514-son ma’lumotnomasi). Natijada atrof-muhitga chiqarilayotgan SO2 miqdorini 1000 tonnaga kamaytirish imkonini bergan.
yassi quyosh-havo isitgichi transformator cho‘lg‘amlarini quritish uchun Sirdaryo–So‘x xavzasi boshqarmasi qoshidagi nasos stansiyalar va energetika boshqarmasiga joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 26.02.2020 yildagi 02–13–1176-sonli ma’lumotnomasi). Natijada kutilayotgan yillik iqtisodiy samaradolik 322 600 000 (uch yuz yigirma ikki million olti yuz ming) so‘mni tashkil etgan.