Baltaeva Zamira Shanazarovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
“Erkin Vohidov lirikasida badiiy yaxlitlik”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Fil1040.
Dissertatsiya bajarilgan muassssa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Nazarov Baxtiyor Aminovich, O‘zR FA akademigi, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.55.02. 
Rasmiy opponentlar: Kurambaev Karimboy, filologiya fanlari doktori, professor; Gayipov Dilshod Qadambaevich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Erkin Vohidov she’riyatida badiiy yaxlitlik muammosini matn, talqin va ijodkor fitrati sintezida ochib berish, shoir badiiy mahorati hamda ifoda uslubi dinamikasini, poetik nutq uslubiyatining ichki rivojlanish tamoyillarini belgilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
E.Vohidov she’riyati mavzu ko‘lamining xilma-xilligi ichki va tashqi omillarga bog‘liqligi aniqlanib, janriy o‘ziga xoslik obraz yaratish mahoratiga aloqadorligi dalillangan;
ijodkor poetik dunyoqarashi bosqichlari davr muhiti, xalq ongi va ruhiyatidagi yangilanish jarayonidagi o‘zgarishlar milliy g‘oya bilan yo‘g‘rilganligi asoslanib, muallif uslubiy izlanishlari tadrijiy ravishda falsafiy mazmun, milliy ohang va ifoda uslubi jihatdan boyib borishining milliy g‘oya bilan yoritilganligi dalillangan;
shoir badiiy izlanishlarida qo‘llanilgan mavzu va ifoda usullarining xilma-xilligi, ijodkor tahlilida poetik talqin takomili muntazam tarzda davomiylik kasb etganligi ochib berilgan;
E.Vohidov adabiy mahoratining yorqin qirralaridan biri tashbeh qo‘llash va so‘z tanlashda xalq poetik ijodi hamda mumtoz meros bisotidan o‘rinli va unumli foydalanish ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Erkin Vohidov lirikasida badiiy  yaxlitlik muammosi bo‘yicha  olib borilgan  tadqiqotlar, olingan ilmiy natijalar asosida: 
E.Vohidov adabiy merosi, jumladan, she’riyatida  asosiy xususiyatlar – belgi, ohang, mushohada va falsafiy umumlashma badiiy yaxlitligi bo‘rtib turishi, vazn va adabiy turga mustaqil ijodiy yondashuvi, tuyg‘u va ong sintezi, tashbeh qo‘llanmasi, ifoda yoyiqligi hamda poetik mantiq o‘ziga xosligiga oid xususiyatlar yuzasidan olingan natijalardan F1-F-1-005 raqamli  «Qorakalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish» mavzusidagi ilmiy tadqiqotida foydalanilgan (O‘zbekiston  Respublikasi  Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 19 oktyabrdagi  17.02/253-son ma’lumotnomasi). Natijada lirikada ifoda sub’ekti, tasvir ob’ektini tahlillash malakasi shoir iste’dod darajasi, o‘ziga xos ifoda uslubi, grajdanlik pozisiyasi, asosan, ma’naviy va insoniy kamolot yo‘lidagi intilishlari, shaxs konsepsiyasi muammolariga oid qarashlari muallif «men»i talqinida  yoritilgan, xususan, adabiy talqin muallif badiiy-estetik qarashlarini chuqurlashtirish, falsafiy mushohada ba’zi jihatlarini kengaytirish, takomillashtirish, yangicha izohlar bilan boyitishga xizmat qilgan; 
shoir she’riyatida o‘z ifodasini topgan yuksak g‘oyalar, umuminsoniy kamolot bilan bog‘liq qarashlardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq rymanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 2015-2017 yillarda bajarilgan FA-A1 G006- raqamli « Qoraqalpoq xalq qo‘shiqlarining testologik tahlili va nashrga tayyorlash'' mavzusidagi ilmiy-amaliy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpoq bo‘limining 2022 yil 25 yanvardagi 17.01/19-son ma’lumotnomasi). Natijada shoir ijodida poetik ma’no va tuyg‘u mutanosibligi, mumtoz va zamonaviy she’riyat janrlari, uning obraz yaratish mahorati, so‘z qo‘llash uslubi borasidagi talqinlar ilmiy manba vazifasini o‘tagan, mavjud qarashlar qamrovini kengaytirishga xizmat qilgan; 
Erkin Vohidov ijodida badiiy yaxlitlik muammosi bo‘yicha umumlashtirilgan xulosalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining adabiy-badiiy ko‘rsatuvlarida joriy qilingan, xususan,  «Әdebiyat hәm dәo‘ir», «Assalao‘ma aliykum Qaraqalpaqstan!», «Bilimlendirio‘da reforma», «Өzbekstan ortaq үyimiz» ko‘rsatuvlari hamda radiokanalning «Әdebiy portret», «Әdebiyat hәm dәo‘ir», «Jaslar ushin», «Qayirli taң», «Tilge itibar-elge itibar» eshittirishlarida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2021 yil 03 martdagi 01-02/175-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvlar ilmiy-nazariy ma’lumotlar bilan boyitilib, ularning ilmiy-ma’rifiy saviyasi oshgan; 
Erkin Vohidov badiiy izlanishlari tadriji, adabiy muhit va boshqa omillarning bu boradagi o‘rnidan O‘zbekiston O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida 2012-2014 yillarda bajarilgan A1-XT-0-92997 – raqamli «Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari» mavzusidagi amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan. (O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2021 yil 13 fevraldagi 34-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha ilmiy-nazariy ma’lumotlar bilan boyitilgan.  

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish