Umirzakova Nargiza Akmalovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ta’limni insonparvarlashtirish kontekstida bioetikaning ontologik va gnoseologik jihatlarining metodologik tahlili», 09.00.01. – Ontologiya, gnoseologiya va mantiq (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Fal291.
Ilmiy rahbar: Muxamedova Zamira Muxamedjanovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Ramatov Jumaniyoz Sultonovich, falsafa fanlari doktori, professor; G‘affarova Gulchexra G‘ulamjanovna, falsafa fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bioetika fanining ontologik, gnoseologik jihatlari asosida ta’lim sohasini insonparvarlashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fundamental-integrativ va tizimli-integratsiya prinsiplariga tayangan holda «bioetika» fani ochiq chiziqsiz, o‘z-o‘zini tashkil etuvchi tizimlarga taalluqli bo‘lgan tirik materiya, ong shakllari, Biota va Sotsium qonunlari, jamiyat va bioetika sinergetik xususiyatlarining dialektik o‘zaro ta’siri sababli rivojlanishi, ta’limni insonparvarlashtirishda u ekotsentristik va biotsentristik dunyoqarash shakllantirishi, gnoseologik-xolistik, bioaxloqiy-tarbiyaviy, vital-aksiologik, noosferik-prakseologik  vazifalarni  bajarishi asoslangan;
inson tanasi va ruhi yaxlitligi, sog‘liq va kasallik, tiriklik, tug‘ilish, hayot va o‘lim «bioetika» fanining ontologik jihatlarini tashkil etishi, gen injeneriyalari (sun’iy urug‘lantirish, surrogat onalik, klon yaratish) va zamonaviy biotibbiy texnologiyalarning inson borlig‘iga ta’sirining axloqiy muammolari (inson a’zolari transplantatsiyasi), hayot va o‘lim chegaralari transformatsiyasiga sabab bo‘layotgan antropologik va ekzistensial (koma, evtanaziya) masalalar bioetikaning gnoseologik jihatlari ekanligi ochib berilgan; 
zamonaviy texnogen tibbiyotda inson hayoti qadr-qimmati, sog‘liq, shaxs avtonomiyasi, bemor huquqlari masalalari, inson ekologiyasiga yangi biotibbiy texnologiyalarning ta’sirlari sababli «bioetika» fani bemorning jismoniy va ruhiy yahlitligini ta’minlashi, axloqiy, huquqiy tomonlarni insoniylik qadriyatlari bilan uyg‘unlashtirishi, yangicha envayronmental ong asosida himoya qilishi hamda ta’limda aksiologik refleksiya asosida insonparvarlik mohiyatiga ega yangi tibbiy-gumanitar paradigmani shakllantirishi falsafiy jihatdan asoslangan; 
«bioetika» fani epistemologik tizimini tashkil etgan «shaxs avtonomiyasi», «xabardorlikka asoslangan rozilik», «adolat» kabi insonparvarlik tamoyillari, deontologik uslub va «ziyon etkazma», «yaxshilik qil», « shifokor-bemor o‘zaro hamkorligi» modellari kabi tibbiy-falsafiy konsepsiyalari jamiyat medikalizatsiyasi hamda tibbiyot degumanizatsiyasi sharoitida tibbiy ta’limni insonparvarlashtirishda muhim omil ekanligi ochib berilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ta’limni insonparvarlashtirish kontekstida bioetikaning ontologik va gnoseologik jihatlarining metodologik tahlili bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
fundamental-integrativ va tizimli-integratsiya prinsiplariga tayangan holda «bioetika» fani ochiq chiziqsiz, o‘z-o‘zini tashkil etuvchi tizimlarga taalluqli bo‘lgan tirik materiya, ong shakllari, Biota va Sotsium qonunlari, jamiyat va bioetika sinergetik xususiyatlarining dialektik o‘zaro ta’siri sababli rivojlanishi, ta’limni insonparvarlashtirishda u ekotsentristik va biotsentristik dunyoqarash shakllantirishi, gnoseologik-xolistik, bioaxloqiy-tarbiyaviy, vital-aksiologik, noosferik-prakseologik  vazifalarni  bajarishiga oid ilmiy yangilik «Bioetika» nomli o‘quv qo‘llanmada o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 28 dekabrdagi 676-sonli buyrug‘i, 676-648 – son nashr guvohnomasi). Natijada bioetika fanining tamoyil, uslub va yondashuvlari tibbiy ta’limning «Tibbiy biologik ish» (5510900) uchun tayyorlangan o‘quv qo‘llanmada, «Professional ta’lim» (5111000), «Tibbiy profilaktika ishi» (5510900), Davolash ishi (5510100), «Biotibbiyot muhandisligi» (5313000), «Pediatriya ishi» (5510200) ta’lim yo‘nalishlari uchun namunaviy «Bioetika modul` dastur»larida (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi 2020 yil 8 sentyabrdagi  236-sonli buyrug‘i)da aks etgan hamda O‘zbekistonda tibbiy ta’limni takomillashtirishga xizmat qilgan;
inson tanasi va ruhi yaxlitligi, sog‘liq va kasallik, tiriklik, tug‘ilish, hayot va o‘lim «bioetika» fanining ontologik jihatlarini tashkil etishi, gen injeneriyalari (sun’iy urug‘lantirish, surrogat onalik, klon yaratish) va zamonaviy biotibbiy texnologiyalarning inson borlig‘iga ta’sirining axloqiy muammolari (inson a’zolari transplantatsiyasi), hayot va o‘lim chegaralari transformatsiyasiga sabab bo‘layotgan antropologik va ekzistensial (koma, evtanaziya) masalalar bioetikaning gnoseologik jihatlari ekanligiga oid ilmiy yangilikdan O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi «Mahalla va oila» ilmiy tadqiqot instituti faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi «Mahalla va oila» ilmiy tadqiqot institutining 2021 yil 14 dekabrdagi 01-11/281-son dalolatnomasi). Natijalar zamonaviy oila muammolari echimlariga xizmat qilgan;
zamonaviy texnogen tibbiyotda inson hayoti qadr-qimmati, sog‘liq, shaxs avtonomiyasi, bemor huquqlari masalalari, inson ekologiyasiga yangi biotibbiy texnologiyalarning ta’sirlari sababli «bioetika» fani bemorning jismoniy va ruhiy yahlitligini ta’minlashi, axloqiy, huquqiy tomonlarni insoniylik qadriyatlari bilan uyg‘unlashtirishi, yangicha envayronmental ong asosida himoya qilishi hamda ta’limda aksiologik refleksiya asosida insonparvarlik mohiyatiga ega yangi tibbiy-gumanitar paradigmani shakllantirishi to‘g‘risidagi ilmiy yangilikdan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga qarashli Respublika Aholi Reproduktiv salomatlik markazi faoliyatida foydalanilgan  (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 30 dekabrdagi 0809/21549-son ma’lumotnomasi). Natijalar tibbiy kadrlarning kasbiy axloqiy kompetensiyalarini rivojlantirish, tibbiy ta’lim sohasini optimallashtirish, tibbiyot va sog‘liqni saqlash sohasini bioetizatsiya yordamida takomillashtirishga, yangi biotibbiy texnologiyalarni amaliyotga joriy etish hamda aholi tibbiy madaniyatini oshirish, sog‘liqni saqlash sohasini bioetizatsiya yordamida optimallashtirishga xizmat qilgan; 
«bioetika» fani epistemologik tizimini tashkil etgan «shaxs avtonomiyasi», «xabardorlikka asoslangan rozilik», «adolat» kabi insonparvarlik tamoyillari, deontologik uslub va «ziyon etkazma», «yaxshilik qil», « shifokor-bemor o‘zaro hamkorligi» modellari kabi tibbiy-falsafiy konsepsiyalari jamiyat medikalizatsiyasi hamda tibbiyot degumanizatsiyasi sharoitida tibbiy ta’limni insonparvarlashtirishda muhim omil ekanligi to‘g‘risidagi ilmiy yangilikdan Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish markazi; O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi ish faoliyatida foydalanilgan (Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish markazining 2021 yil 11 martdagi 03/89-son dalolatnomasi; O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi siyosiy kengashining 2021 yil 25 iyundagi 01-05/222-son ma’lumotnomasi). Natijalar fuqarolik jamiyati institutlari dasturlarini takomillashtirish, bioetizatsiya yordamida sog‘liqni saqlash sohasi xizmatlarini optimallashtirish, aholi tibbiy madaniyatini oshirish, zamonaviy hamda xalqaro talablarga javob beradigan ijtimoiy xizmat standartlarini amaliyotga joriy etish, O‘zbekistonda tibbiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan Milliy dastur loyihasini ishlab chiqishda hamda ta’lim sohasini insonparvarlashtirish orqali O‘zbekistonda tibbiy ta’limni takomillashtirishda xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish